Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar fanining o’quv-uslubiy majmuasi



Yüklə 9,75 Mb.
səhifə9/108
tarix10.12.2023
ölçüsü9,75 Mb.
#139555
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108
Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar fanining o’quv-uslubiy ma

Metodning maqsadi: mazkur metod talabalar yoki qatnashchilarni mavzu bo’yicha tayanch tushunchalarni o’zlashtirish darajasini aniqlash, o’z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu bo’yicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo’llaniladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:

    • ishtirokchilar mashg’ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;

    • o’quvchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo’lgan so’zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruhli tartibda);

    • o’quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qo’llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;

    • belgilangan vaqt yakuniga yetgach o’qituvchi berilgan tushunchalarning to’g’ri va tuliq izohini uqib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;

    • har bir ishtirokchi berilgan tog’ri javoblar bilan uzining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o’z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.



Namuna: “Moduldagi tayanch tushunchalar tahlili”

Tushunchalar

Sizningcha bu tushuncha qanday ma’noni anglatadi?

Qo’shimcha ma’lumot

Web-texnologiyalar va ularning tasnifi

Web texnologiyaning integratsion sifatlari korporativ tarmoqlarda qo’llash uchun juda muhim bo’lib hisoblanadi.

WEB - texnologiya nima uchun kuchli integratsion imkoniyatlarga ega ? Sababi, WEB texnologiya uchun axborotlar bilan ishlash texnologiyasi rivojlanishining 30 yillik davri asos bo’lib Xizmat qildi. 

HTML va unda Web-sahifa tayyorlash

HTML da yozilgan Web sahifa odatda brauzer deb nomlanuvchi maxsus dastur yordamida quriladi. Bu so’zning o’zbekchaga to’g’ridan – to’g’ri tarjimasi «sharxlovchi dastur» manosini beradi.

Internet ehtiyoji uchun SGML tilining malum bir qismi tanlab olindi va HTML (Hyper Text Markup Language) deb nomlandi.

Flash – texnologiyasi va unda Web-sahifa tayyorlash

Flash MX – Web sahifalaridagi animatsiyalar, bezaklar va boshqa manbalarni o’z ichida saqlagan yuqori darajali dizaynlar yaratish uchun mo’ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi.

Flash elementlarini saytda tasvirlab berish uchun , brouzerda Flash-player o’rnatish zarur. 

Macromedia Dreamweaver MX Web-muharririda Websahifa tayyorlash

Dreamweaver paketi taklif etadigan muomala usuli zamonaviy foydalanuvchi uchun odatiy bo’lib qolgan grafik oynali interfeys printsiplariga asoslanadi.

Dreamweaver paketi o’sha sinfdagi boshqa dasturlar bilan taqqoslaganda ancha aniq, moslashuvchan va shu bilan bir paytda kuchli interfeys hisoblanadi


Izoh: Ikkinchi ustunchaga qatnashchilar tomonidan fikr bildiriladi. Mazkur tushunchalar haqida qo’shimcha ma’lumot glossariyda keltirilgan.



Yüklə 9,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin