Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar fanining o’quv-uslubiy majmuasi


-ma’ruza:Dasturiy vositalar va ularning tasnifi



Yüklə 9,75 Mb.
səhifə11/108
tarix10.12.2023
ölçüsü9,75 Mb.
#139555
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108
Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar fanining o’quv-uslubiy ma









1-ma’ruza:Dasturiy vositalar va ularning tasnifi.


Reja
1.Dasturiy vositalar.
2.Dasturiy vositalarning tasnifi.
3.Pedagogik dasturiy vositalar.
4.Pedagogik dasturiy vositalarning xususiyatlari.
Tayanch so’zlar:Software,Hardware,API,Interfeys,System software,Amaliy dasturiy ta 'minot ,CASE texnologiyasi,Asosiy dasturiy ta'minot, Arxivlashtirish dasturlari,Antivirus dasturlari,Drayverlar,Linux,Windows,Grafik muxarrirlar,HTML,MS Office,Rastrli grafika,Vektorli grafika,Corel Draw,iSpring,
Dasturiy vositalar.
Axborot texnologiyalarining eng muhim tarkibiy qismlari - apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta'minot (software) lardir.
Apparat ta’minoti - birinchi navbatda kompyuternin gasosiy va qo‘shimcha qurilmalaridir.
Dasturiy vosita(ta’minot) bu - kompyuterning ikkinchi muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur boigan dasturlarni o‘z ichiga oladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog’lanish qanday amalga oshiriladi? Avvalo, ular orasidagi bog‘lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bogianish apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bogianish - dasturiy interfeys,apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bogianish - apparat-dasturiy interfeys deyiladi. Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vosita-lari bilan muloqotda boiadi. Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan o‘zaro muloqoti foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Dasturiy vositalarning tasnifi.
Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo‘yicha tasniflash mumkin:
- tizimli dasturiy ta ’minot;
- amaliy dasturiy ta ’minot;
- dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Tizimli dasturiy ta’ minot (System software) - kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Application program package) aniq bir predmet sohasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari -yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan.

Yüklə 9,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin