Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar fanining o’quv-uslubiy ma
12-ma’ruza.Mathcad dasturini umumiy ko‘rinishi.
Reja 1.MathCAD dasturini umumiy ko‘rinishi bilan tanishish.
2.MathCAD dasturida uskunalari bilan ishlash.
Tayanch so’zlar: Mathcad 2000, untitled, *.mcd fayl kengaytmasi, File menyusi, Edit menyusi, View menyusi, Insert menyusi, Format menyusi, Math menyusi, Symbolics menyusi, Windows menyusi, Help menyusi, Tollbar buyrug’i, Graph uskunasi, Evaluation uskunasi, Calculus uskunasi, Boolean uskunasi, Programming uskunasi, Symbolic uskunasi.
MathCAD dasturini umumiy ko‘rinishi bilan tanishish. Mathcad 2000 professional dasturining oynasi bilan tanishamiz. Uning oynasi quyidagicha
Mathcad dasturi untetld1 deb hujjat yaratadi. Uning kenggaytmasi *.mcd hisoblanadi. Mathcadda yaratilgan faylning umumiy ko`rinishi masalan, misol.mcd. Mathcad oynasi barcha windows oynalari kabi besh qismdan iborat.
- Sarlavha satri. Bunda sistemali menyu, hujjatning nomlanishi va windowsning 3 ta oynani yig`ish, oyna o`lchamlarini o`zgartirish, oynani yopish tugmalari joylashgan.
- Menyu satri. Mathcadning menyu bo`limlari joylashgan bo`lib, menyulariga [File], [Edit], [View], [Insert], [Format], [Math], [Symbolics], [Windows], [Help] bo`limlari bor.
- Asboblar paneli satri. Asosan asosiy ishlarni bajaruvchi asboblar joylashgan bo`lib, foydalanuvchining harakatiga mos undagi asboblar o`zgarib turadi.
- Ishchi maydon. Barcha amallar va hisoblashlar bajariladigan joy. Unda kursor [+] qizil rangda bo`ladi.
- Holat satri. Ishchi maydondagi holat bo`yicha axborot ko`rsatib turadi.
Mathcadda matn, son yoki formula yozilishi bilankursor o`z korinishini o`zgartiradi va fragment –fragment tanlab oladi (-rasmga qarang). Mathcadhujjatida amallarini tushunish va bajarish chapdano`ngga, yuqoridan pastga qarab bajariladi. Agarfunksiya e`lon qilinmagan, o`zgaruvchining qiymatiberilmagan bo`lsa, formula, o`zgaruvchining nomi qora rangda bo`ladi.
Kursorko`rinishi
Mathcadda ishlash uchun asosan [Matn] asboblar paneli bilan ishlanadi. Uni ekranga chiqarish uchun [View->Tollbar->Math] buyruqlar algoritmi bajariladi. Unda [Calculator] hisob kitob amallari va yozuvlarini bajarish uchun, [Graph] grafiklarni chizish uchun, [Matrix] vektor va matritsalar bilan ishlash, [Evaluation] qiymatlarni o`zlashtirish, natijani chiqarish uchun, [Calculus] integral va differensiallarni hisoblash , [Boolean] mantiqiy amallar uchun, [Programming] dasturlash va loyihalashtirish uchun, Greek grek harflari bilan ishlash uchun, [Symbolic] turli simbolik amallar uchun rejalashtirilgan. Mathcadda arifmetik amallar tipografik yozuv (matematikada qanday yozilsa) bilan ustma-ust tushadi. Mathcad murakkab matematik, algebraik formulalarni hisoblashga mo‘jallangan bo‘lsa ham, unda oddiy arifmetik amallar foydalanishni ham bilish talab etiladi. Masalan, 5-3=2 ni bajarish uchun 5-2=
yozuvi yoziladi va natijaning o`zi ekranga chiqadi.
Matematik amallar
Mathcadda hisoblash jarayonida bir nechta amallar bo`lsa ham, matematikqoida asosida bajaradi. Masalan, (2*5/10)-(5/4*20) ni hisoblash uchun yozilsa,
Mathcadda hosil bo`ladi. Mathcadda amallarni yozilishi
bo`yicha yozish shartdir. MS Office dasturining 2007 dan yuqori versiyalarida Mathcad hujjatlarini to`g`ridan tog`ri chaqirib ishlash mumkin. Masalan, shu o`quv qo`llanmaning Mathcadda amallarining hammasi shunday qilingan.
Munosabat amallari
Mathcadda munosabat amallarga misol sifatida sonlar, o`zgaruvchilarni, funksiyasolishtirib 1 va 0 qiymatlarini olish mumkin.Masalan, 5= =5=1, 2>3=0, 5≥2=1 va boshqamisollarni olish mumkin. Birinchi misoldagibirinchi tenglik munosabat tenglik,ikkinchisi natija chiqaruvchi tenglikdir.Mathcadda trigonometrik funksiyalar,integral, differensiallar ham hisoblashmumkin. Mathcadda funksiyalar ustasi
Insert Function
mavjud, uni ekranda chiqarish uchun asboblar panelidan f(x) asbobini bosish kerak. Ekranga [insert function] muloqot oynasi chiqadi (-rasm). Funksiyalarning bir nechta guruhlari mavjud. Ulardan kerakligini tanlab, o`ng tomondan esa kerakli funksiyani tanlash mumkin. Masalan, trigonometrik funksiyalar guruhidan cos tanlansa, ekranga cos(■) hosil bo`ladi. ■ ni o`rniga soni kiritib, [=] tugmasi bosilsa, cosning shu sondagi qiymati chiqadi (cos(0)=1, cos(3.14)=-1). Funksiyalarni yozish orqali ham chaqirish mumkin.
Mathcadda aniq integrallarni hisoblash juda oddiy bo`lib hisoblanadi. Integralni yozish uchun [Math]->[calculus] asboblar panelidan integral tanlanadi. Ekranga integral belgisi chiqadi, so`ng funksiya kiritiladi, [tab] tugmasini bosib, funksiyani integrallash parametrik kiritiladi, [tab] tugmasini bosib, quyi chegara, [tab] tugmasini bosib, yuqori chegara kiritiladi, so`ng bitta bo`sh joy tugmasi bosiladi va natijani chiqaruvchi tenglik bosiladi. Mathcad integral, diferensiallarni tezda hisoblash son qiymatini qaytaradi. Masalan,
Mathcadda arifmetika va matematikaning ixtiyoriy hisoblash jarayonlarinibajarish mumkin. Masalan,