Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar fanining o’quv-uslubiy ma
MATLAB tizimida oddiy hisoblash jarayonlarini dasturlash. MATLAB tizimida dasturlash elementlari. MATLAB tizimining integrallashgan muhiti(interfeysi) universal interfaol rejimda ishlaydi va unda mexanika, matematika, fizika, muxandislik vaboshqaruv masalalarini yechish, turli xil mexanik, energetik va dinamiksistemalarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish imkoniyatlarimavjud. Bir tomondan, MATLAB tizimidandasturlash tili sifatida foydalanib,tizimda mavjud (yoki foydalanuvchi o’zi tuzgan) funksiyalar, hisoblashalgoritmlari asosida turli xil masalar ustida har xil hisoblashlarini o’ta tez vayuqori aniqlikda olish mumkin bo’lsa, ikkinchi tomondan, virtual laboratoriyasifatida yuqoridagi tizimlarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlilqilish mumkin.
MATLABdasturlash tilida boshqa dasturlash tillari kabi lotin alifbosiningA dan Z gacha barcha katta va kichik harflari, 0 dan 9 gacha arab raqamlaridanfoydalaniladi. Katta va kichik harflar, xuddi C++ dasturlash tilidagidek, hamo’zgaruvchi sifatida, ham ozgarmas sifatida bir-biridan farq qiladi. Lotin alifbosi harflaridan tashqari, arifmetik, mantiqiy va taqqoslash amallari hamda klaviaturadagi maxsus belgilardan foydalaniladi.
MATLABning ishchi varag’i tom ma’noda uch qismga bo’linadi:
1. Buyruqlarni kiritish maydoni – buyruqlar satridan tashkil topgan. Har birbuyruq satri >> simvoli (bu simvol avtomatik tarzda buyruqlar satrining boshida bo’ladi va uni yozish shart emas) bilan boshlanadi;
2. Natijani chiqarish maydoni – kiritilgan buyruqlarni qayta ishlangandan so’ng hosil bo’lgan ma'lumotlar (analitik ifodalar, natijalar va xabarlar) nio’z ichiga oladi;
3. Matnli izohlar maydoni - ro’y bеrgan xatoliklar yoki bajarilgan buyruqlarga izohlar, turli xaraktеrdagi xabarlar.
Buyruqlar Enter tugmasini bosish(bir marta) orqali amalga oshiriladi.O'zgaruvchi nomi nechta va qanaqa belgi yoki belgilardan iborat bo'lishidanqat'iy nazar, lotin harflaridan boshlanib, 63 ta belgidan oshmasligi shart. Agar buyruq o'zgaruvchi nomi yozilmay bajarilsa, buyruq natijasi maxsusans(inglizcha “answer”-“javob”) o'zgaruvchisi orqali beriladi.
Ishchi sohadagi o’zgaruvchilar haqidagi ma’lumotlarni who yoki whos buyruqlari orqali ko’rish mumkin.
>> whos
Name Size Bytes Class
a 1x1 8 double array
ans 1x1 8 double array
b 1x1 8 double array
c 1x1 8 double array
d 1x1 8 double array
g 1x1 8 double array
h 1x1 8 double array
j 1x1 8 double array
k 1x1 8 double array
s 1x1 8 double array
Grand total is 10 elements using 80 bytes
MATLAB da barcha ma’lumotlar matritsa yoki massiv ko’rinishidatasvirlanadi. Yuqoridagi whos buyrug’i natijasidan ko’rinib turibdiki, hattokiskalyar o’zgaruvchilarni umumiy holda 1x1 o’lchovli massiv(matritsa) deb qaralar ekan.