1- seminar мashg’ulot: Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uningo’qituvchi faoliyatida tutgan o’rni. Dars maqsadi: O’qituvchilik kasbining faxrli va mas’uliyatli jihatlarini yoritib berish, o’qituvchilik kasbining ijtimoiy mohiyatini ochib berish, talabalarga pedagogik ko’nikmalarni egallash yo’llarini o’rgatish, pedagoglik kasbiga qiziqish uyg’otish.
Identiv o’quv maqsadlar: O’qituvchilik kasbining faxri va mas’uliyatli jihatlarini farqlaydi.
O’qituvchining kasbiy va shaxsiy sifatlarini taqqoslaydi.
Pedagogik ko’nikmalarni o’rganadi va ularning o’qituvchi faoliyatidagi o’rnini tahlil qiladi.
Kerakli jihozlar:darsliklar, o’qituvchilik kasbiga doir materiallar, mahoratli o’qituvchilarning pedagogik faoliyatini ifodalovchi lavhalar, pedagogik faoliyatga doir hujjatlar, ko’rgazmali materiallar.
Ishni bajarish tartibi:
O’qituvchilik kasbiga doir materiallar bilan tanishib chiqish;
O’qituvchida bo’lishi lozim bo’lgan anatomo-fiziologik xususiyatlarni aniqlash.
Pedagogik ko’nikmalarni o’rganish.
Pedagogik ko’nikmalarni tartibga solish.
O’qituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlarini aniqlash.
Mahoratli o’qituvchilarning faoliyatini tahlil qilish.
O’z faoliyatini ularga qiyoslash.
Mashg’ulotni yakunlash.
Adabiyotlar Xoliqov G’Pedagogik mahoratG’Darslik.T.:Iqtisod-moliya nashriyoti, 2011- 420 b.
N.N. Azizodjaeva G’Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratG’ T.: O’zbkiston yozuvchilar uyushmasi. 2006 - 159 b.
ZiyomuxammedovG’ Pedagogik mahorat asoslariG’ T.:TIB-KITOB, 2009-183b