Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə5/126
tarix11.10.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#130010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги (1)

3-savol bayoni:
Pedagogik mahoratni shakllantirish mumkin. Pedagogik oliy o’quv yurtlarida birinchi kunlardan kasb tarbiyasiga alohida e’tibor berilishi zarur. Bo’lajak o’qituvchining shakllanishi ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Asosiy o’rinni psixologik-pedagogik fanlar tizimi egallaydi (pedagogika nazariyasi va tarixi, yangi pedagogik texnologiya, pedagogik mahorat, psixologiya). Mutaxassislik fanlar fundamental bilim berish bilan birgalikda bo’lajak o’qituvchini dunyoqarashini, metodologik bilimlarini shakllantiradi.
Pedagogik mahorat amaliyot davrida yanada rivojlanadi va talabalarda amaliy ko’nikma, malakalar tekshiriladi. Pedagogik mahorat rivojlanishida muhim o’rinni bo’lajak o’qituvchini ijtimoiy - pedagogik faoliyati bajaradi. Bu faoliyat qancha mazmunli va keng bo’lsa, shuncha uning samaradorligi oshadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, hech qanday oliy ta’lim muassasasi tayyor holdaga mahoratli pedagogni etkazib bera olmaydi. Mahoratga erishishning eng samarali va to’g’ri yo’li o’z-o’zini tarbiyalashdir. O’z-o’zini tarbiyalash usul va vositalari nihoyatda ko’p, qolaversa o’qituvchilikning o’zi ijodiy soha hisoblanadi, izlanishni talab etadi.
Nazorat savollari:

  1. Pedagogik mahoratni shakllantirish yo’llarini aniqlang.

  2. Pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy omillarini ko’rsating.

  3. Pedagogik mahoratni shakllantirishda pedagogik-psixologik va mutaxassislik fanlarining o’rnini aniqlab, bir-biri bilan qiyoslang.

  4. O’z-o’zini tarbiyalashning pedagogik mahoratni shakllantirishdagi ahamiyatini tahlil qiling.

  5. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini o’rganib chiqing.

  6. Har birining ta’rifini keltiring.

  7. Ular o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlang.

  8. Pedagogik faoliyatning komponentlarini o’rganib chiqing.

  9. Har bir komponentni taqqoslang.

  10. Tarbiyaning bugungi kundagi asosiy vositalarini ko’rsating.

Mustaqil ish topshiriqlari:
1. «Xalq ta’limi», «Boshlangich ta’lim» - oynomalarida pedagogik mahoratga oid maqolalarni o’qib tahlil etish.
2. O’z pedagogik mahorat sifatlariga baho berish.
3. O’z-o’zini tarbiyalash usullarini o’zlashtirish.
Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar:
1. Pedagogik mahorat - yuksak darajada pedagogik faoliyat yuritishga o’zini yo’naltira bilish uchun zarur bo’lgan shaxsiy xususiyatlar yig’indisidir
2. Pedagogik mahoratni quyidagi tarkibiy qismlar tashkil etadi:
- insonparvarlik (gumanistik) yo’nalishi;

  • kasb bilimdonligi;

  • pedagogik qobiliyatlar (didaktik, tashkilotchilik, pertseptiv, sugestiv, akademik);

  • pedagogik texnika.

3. Pedagogik mahoratning asosiy poydevori - kasbiy bilimlardir.
4. Pedagogik texnika - bu o’qituvchi xatti-harakatini tashkil etish shakli.
5. Pedagogik mahoratni shakllantirish mumkin. Pedagogik oliy o’quv yurtlarida birinchi kunlaridan kasb tarbiyasiga alohida e’tibor berilishi zarur. Bo’lajak o’qituvchining shakllanishi ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid adabiyotlar



  1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O’zbekiston”, 2017.

  2. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017yil, 6-son,70-modda.

  3. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O’zbekiston”, 2017.

  4. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. G’G’ Xalq so’zi gazetasi, 2017.16 yanvar, №11

  5. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O’zbekiston”, 2017.

  6. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017yil, 6-son,70-modda.

  7. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O’zbekiston”, 2017.

  8. A. Xoliqov G’Pedagogik mahoratG’Darslik.T.:Iqtisod-moliya nashriyoti, 2011- 420 b.

  9. N.N. Azizodjaeva G’Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratG’ T.: O’zbkiston yozuvchilar uyushmasi. 2006 - 159 b.

  10. B. ZiyomuxammedovG’ Pedagogik mahorat asoslariG’ T.:TIB-KITOB, 2009-183b

  11. Omon Suvanov. “Yuksak mahorat sohiblari” o’quv-uslubiy qo’llanma. T.: -2017. 200 b.

  12. Omon Suvonov pedagogikasi. H. Abdukarimov.O’quv-uslubiy qo’llanma .T.:-2017, 65 b


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin