Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


) Ob’ekt va sub’ektning o’zaro kommunikativ munosabati



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə61/126
tarix11.10.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#130010
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126
Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги (1)

1) Ob’ekt va sub’ektning o’zaro kommunikativ munosabati tarbiyaviy texnologiya modelida asosiy faoliyat ko’rsatuvchi deb e’tirof etiladi. Unda tarbiyalashni amalga oshiradigan o’qituvchi yoki shaxslar guruhi, shuningdek manfaatlari doirasida tarbiyaviy o’zaro ta’sir ko’rsatishni tashkil etuvchi shaxs yoki ijtimoiy muhit guruhi (masalan: sinf guruhi) tushuniladi.
2) Tarbiyaviy reja asosida tarbiyalashning bir maqsadga yo’naltirilganligi, tarbiyaviy texnologiya unsurlarini modellashtirishda o’qituvchi tomonidan belgilangan hamda ob’ektni tarbiyalashdan ma’lum bir maqsadni ko’zlash yoki faraz qilishdir. Ushbu jarayon asosida o’qituvchi ishtirokida olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatning bir maqsadga qaratilganligi aniq mazmunga ega tarbiyaviy vositalarda, shakl va metodlarda ifodalanadi.
3) Uzluksiz faoliyatli tarbiyaviy jarayon tarbiyaviy texnologiyaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, ta’limning uzluksizligini va nafaqat ta’lim muassasalarida olib borilishini bildiradi. Ota-ona yoki avlod-ajdodlarga xos bo’lgan nutq, tafakkur, mehnat, ijod qilish qobiliyati va boshqa iste’dod alomatlarining irsiyat orqali bolaga o’tishini ta’minlovchi biologik omillarning (layoqat va iste’dod mudroq holatda bo’lib, uning uyg’onishi uchun oilada va ta’lim-tarbiya muassasalarida qulay sharoit yaratish talab etiladi) hamda shaxsga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan, shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi oila, maktab, do’stlar va tengqurlar davrasi kabilarni o’z ichiga oluvchi mikromuhitning uzluksiz tarbiyaviy jarayonda ta’siri beqiyosligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, oila muhiti shaxsning shakllanishida o’ziga xos muhim tarbiyaviy maskan bo’lib, nihoyatda keng tarmoqli ta’sir etish quvvatiga ega. Ota-onaning tarbiyalanganligi va tarbiyaviy tajribalarni mukammal bilishi, bola tarbiyasida doimiy nazorat va javobgarlik hissi o’zbek oilasi uchun eng qadrli burch sifatida e’zozlanadi. Bularning barchasi tarbiyalanuvchi sub’ektga nisbatan komil inson shaxsiga xos sifatlarni shakllantirishga qaratilgan.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin