Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Elektron o’quv materiallarini yaratish texnologiyalari



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə78/126
tarix11.10.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#130010
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126
Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги (1)

3. Elektron o’quv materiallarini yaratish texnologiyalari. Elektron o’quv materiallari va ularning turlari: elektron darslik, elektron o’quv qo’llanmasi, elektron ma’lumotnoma, elektron majmua, elektron katalog va boshqalar. Elektron o’quv materiallarini yaratish bosqichlari va texnologiyasi; elektron o’quv materiallarini yaratish printsiplari; HTML va JavaScript asosida elektron o’quv materiallarini yaratish. Zamonaviy dasturlash tillari asosida elektron o’quv materiallarini yaratish (Delphi, Visual Basic, CQQ va boshqalar). PowerPoint va FrontPage muhitida ilovalar yaratish. Hypermethod muhitida multimediali ilovalar va elektron o’quv materiallarini yaratish. O’quv materiallariga ovoz berish texnologiyasi va uning vositalari.
4. O’qitishning zamonaviy texnik vositalari. Audiovizual axborot: manbalari, o’zgartiruvchilar, tashuvchilari. Audiovizual madaniyat: tarixi, kontseptsiyalari, tuzilmasi, faoliyat ko’rsatishi. Inson tomonidan audiovizual axborotni qabul qilishning psixofiziologik asoslari. Audiovizual texnologiyalar: rasm va rasmga olish, optik proektsiya (statik va dinamik) va uning vositalari, tovush yozish (analogli va raqamli) va uning vositalari, televidenie va videoyozuv (analogli va raqamli) va uning vositalari, kompyuterlar va multimediali vositalar. O’qitishning audiovizual texnologiyalari: tele va videokonferentsiyalar, ularni tashkil etish, audio, video va kompyuterli o’quv qo’llanmalari, audio, video va kompyuterli materiallarning banki, audio, video va kompyuterli o’quv qo’llanmalarini yaratishning didaktik printsiplari. O’qitishning interaktiv texnologiyalari.
Mazkur kurs yakunida o’qituvchilar zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonida qo’llay olish bo’yicha pedagogik mahoratlarini oshiradilar, bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • axborotlarni saqlash, qayta ishlash, tarqatish va namoyish qilish tamoyillarini bilishi;

  • ta’limda qo’llash mumkin bo’lgan texnik vositalar va ularning tavsiflarini bilishi;

  • ta’lim jarayoni va ilmiy izlanishlarda Internetdan foydalanishi;

  • ta’lim jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish metodologiyasini bilishi;

  • dasturiy ta’minotning asosiy turlarini bilish va ulardan foydalanishi;

  • fan sohasida ilmiy izlanishlarning dasturiy ta’minotidan foydalanishi;

  • ta’lim jarayonida amaliy masalalarni echishda axborot tarmoqlarini qo’llashi;

  • masofaviy ta’lim elektron o’quv-metodik resurslaridan foydalanishi;

  • multimediali hujjat va loyihalarni yaratishni bilishi;

  • interaktiv interfeysning asosiy xossalari va vazifalarini tavsiflashi;

  • turli darajadagi kompyuter tarmoqlarining imkoniyat va vazifalarini tavsiflashi;

  • kompyuter tarmoqlari orqali olinadigan axborot xizmatlari turlarini tavsiflashi; 

  • elektron pochta ishining asosiy tamoyillarini tushunishi;

  • gipermatn texnologiyasi asosini tushunishi;

  • Internetning asosiy texnologik tamoyillarini tushunishi;

  • HTML asoslarini bilishi;

  • Web-sahifa va Web-saytlar yarata olishi;

  • fanlarni o’qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishi;

  • pedagogik dasturiy vositalardan foydalana olishi;

  • zamonaviy dasturlash tillari haqida tushunchalarga ega bo’lishi;

  • fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning maqsadi, mazmuni va vazifalarini bilishi;

  • axborot texnologiyalarini o’qitishda joriy etishning didaktik tamoyillarini bilishi;

  • axborot texnologiyalaridan darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etishi va uning mazmunini yarata olishi;

  • axborot texnologiyalaridan mustaqil ta’limni tashkil etishda foydalanishi;

  • ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va ulardan dars jarayonida foydalanishi;

  • o’z-o’zini takomillashtirish, rivojlantirish, nazorat qilish ko’nikmasiga ega bo’lishi;

  • axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash sohalarini bilishi;

  • axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ularning didaktik imkoniyatlaridan foydalana olishi;

  • Internet ta’limiy resurslari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;

  • axborot va kommunikatsiya texnologiyalari tuzilmasi va ta’minotini, texnik va dasturiy vositalarini egallashi;

  • pedagogik dasturiy vositalarni va ularni yaratish tamoyillarini bilishi;

  • pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini o’zlashtirishi;

  • pedagogik dasturiy vositalarni tanlay olishi;

  • pedagogik dasturiy vositalardan o’quv jarayonida samarali foydalana olishi.

O’qituvchilar masofaviy o’qitish kurslarini yaratishda ta’lim oluvchilar motivatsiyasi, o’quv maqsadlarining qo’yilishi, o’quv materiallarini qabul qilishga sharoitlar yaratish, o’quv materiallarini etkazish, teskari aloqa, baholash kabi talablarni inobatga olishlari zarur.
Taklif etilayotgan «Ta’limda axborot texnologiyalari» kursini malaka oshirish tizimida joriy etilishi o’qituvchi kadrlarning innovatsion bilimlarni egallashlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan mo’ljallangan vazifalarni amalga oshirish zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanishni hamda o’quvchilarda omilkorlikni shakllantirish maqsadida internet – resurslardan keng foydalanishni ko’zda tutadi, bu esa o’z navbatida o’qituvchi kasbiy madaniyatining bir qismi va umumta’lim maktablarida ta’lim muhitini tegishli o’zgarishi sifatida o’qituvchilarning yuqori saviyadagi axborot madaniyatiga ega bo’lishini ko’zda tutadi.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin