Izlov-qidiruv ishlarini loyihalashda geologo-iqtisodiy samaradorlikni iqtisodiy asoslash va baholash



Yüklə 123,5 Kb.
səhifə1/7
tarix08.11.2023
ölçüsü123,5 Kb.
#131296
  1   2   3   4   5   6   7
Geologik qidiruv laximlari loyihasining geometrik elementlarini joy (tabiy sharoit) ga ko‘chirish.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa
Geologik qidiruv laximlari loyihasining geometrik elementlarini joy (tabiy sharoit) ga ko‘chirish.
Reja:
  1. Neft va gaz konlarini sanoatidagi qiymatini aniqlovchi asosiy omillar
  2. Izlov-qidiruv ishlarini baholash tamoyillari va iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari

  3. Izlov-qidiruv ishlarini loyihalashda geologo-iqtisodiy samaradorlikni iqtisodiy asoslash va baholash

  4. Quduq qurilishining loyihaviy davomiyligini asoslash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Neft va gaz konlarini sanoatidagi qiymatini aniqlovchi asosiy omillar

Mineral xomashyolarni istalgan turining tabiiy to’plamini sanoat ahamiyatida baholash geologik-qidiruv ishlarining yakuniy bosqichi hisoblanadi va konni ishlatishni loyihalash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Neft va gaz konlarini geologik-iqtisodiy baholashning asosiy vazifalari zaxiralarning miqdori va sifati, ularning yotish sharoitlari va qazib chiqirishni aniqlash asosida sanoat bahosini belgilashdan iborat. Natijada baholanadigan konning tarmoq iqtisodidagi ahamiyati, uni o’rganish va ishga tushirishning tartibi va ketma-ketligi aniqlanadi. Geologik-iqtisodiy baholash konni o’zlashtirish sharoitlarining butun geologik-texnik-iqtisodiy kompleksiga, konni ishlatishning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini unga o’xshash konlarning ko’rsatkichlari bilan solishtirishga asoslanadi va geologik ma’lumotlar aniqlanmagan sharoitlarda yechiladi, ya’ni muvofiq ravishda baholanadi, bashoratlanadi va hisobga olinadi.
Neft va gaz konlarini sanoat ahamiyatida baholash konlarni har tomonlama o’rganishga yo’naltirilgan regional va mukammal geologik, geofizik, fizikkimyoviy, gidrogeologik va tadqiqotlarni boshqa turlarining keng kompleksiga asoslagan. Sanoat ahamiyatida baholash asosida konlarni ishga tushirishni maqsadga muvofiqligi aniqlanadi, ularni o’zlashtirish navbati belgilanadi, ishlatish loyihasi tuziladi va amalga oshiriladi. Baholash qanchalik to’g’ri amalga oshirilganiga bog’liq holda neft va gaz sanoatini rivojlantirishga kapital mablag’larning hajmi va taqsimoti belgilanadi. Shuning uchun sanoat ahamiyatida baholashning asosini neft va gaz konlarini izlash, qidirish va ishlatish jarayonida olinadigan har tomonlama o’rganilgan va sifatli birlamchi materiallar tashkil etishi lozim.
Neft va gaz konlarini sanoat ahamiyatida baholashning ishonchliligi baholash ko’rsatkichlarini asoslash bo’yicha masalalarni to’g’ri metodik va texnik yechimi qo’llanilganda ishlarning amalga oshirish bosqichlariga bog’liq bo’ladi. Boshlang’ich bosqichda konlarning qidirilganligi va o’rganilganligi ularning zaxiralarini quyi toifalarga kiritish imkonini beradi. Ishlatishning yakunida, ya’ni olinadigan zaxiralar to’liq qazib chiqarilgan va dala sharoitlarida o’lchanganda ishonchli bo’ladi. Konda birorta quduq burg’ilanmagan, ishlarning birinchi davrida shu neftgazli hududda joylashgan konlarga o’xshashligiga asoslangan holda umumiy baholash mumkin. Bu davrda zaxiralar konning maydon birligiga baholanadi.
Konning sanoat bahosi shartli ravishda uch guruhga bo’linadigan omillar bilan aniqlanadi: 1) sotsial-iqtisodiy; 2) tog’-geologik; 3) iqtisodiy-geografik.
Sotsial-iqtisodiy omillarga quyidagilar kiradi: konning xalq xo’jaligidagi va mudofadagi ahamiyati, shu hudud va butun davlatning neft va gaz zaxiralari bilan ta’minlanganlik holati, davlatning issiqlik-energetika balansining istiqbollari.
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: shu turdagi mineral xomashyo ishlab chiqarishning zamonaviy darajasi; uni kompleks konlardan yo’ldosh olish imkoniyati yoki xomashyoning nisbatan tejamkor va ekologik toza turi bilan almashtirish.
Konning sanoat ahamiyatini aniqlovchi tog’-geologik omillardan eng muhimlari konning o’lchamlari, zaxiralarning konsentratsiyasi, neft va gazning tovar sifati va uyumlarni ishlatish sharoitlarini belgilovchi geologik tuzilishining murakkabligi hisoblanadi.
Tog’-geologik va texnologik omillar mineral xomashyoning miqdori va sifatini, uni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qazib olish va qayta ishlash imkoniyatini belgilaydi. Zaxiralar balansi holatini sotsial-iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda tahlil qilish konni birinchi navbatda ishga tushirish uchun ajratish imkonini beradi.

Yüklə 123,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin