Resurslarning qidirilganligi - neft va gaz manbalari va zaxiralari strukturasi va nisbatini tavsiflaydigan miqdoriy ko’rsatkichlardan biri. Boshlang’ich manbalar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti ma’lum vaqtda neft va gazning A, B va C1 toifali joriy va olingan zaxiralarini huddi shu vaqtda hamma toifada baholangan manbalari va zaxiralari nisbati orqali aniqlanadi, ya’ni
Bunda, A+ B +C1 +C2 +C3 +Д1 +Д 2 - mos keluvchi toifalardagi joriy manbalarni baholash; Q - konni ishlatish boshlangandan buyon zaxiralar baholangan vaqtgacha olingan neft va gaz debiti.
Geologik-qidiruv ishlari rejasi ko’rsatkichlari - yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan hamda ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil qilish uchun foydalaniladigan ko’rsatkichlar. Ko’rsatkichlar quyidagilarga bo’linadi: 1) geologik-qidiruv ishlari bo’yicha; 2) mehnat bo’yicha (ish haqqining umumiy fondi); 3) mablag’ bo’yicha (foyda, byudjetga to’lov, byudjetdan ajratilgan pul); 4) iqtisodiy rag’batlantirish; 5) kapital qurilish bo’yicha; 6) yangi texnikani tadbiq etish bo’yicha; 7) moddiy texnika ta’minoti bo’yicha.
Geologik-qidiruv ishlarini samaradorligi ko’rsatkichlari - bajariladigan geologik-qidiruv ishlari ahamiyatini va sarflanadigan mablag’lar hisobiga olingan natijalar samaradorlini aks etuvchi iqtisodiy ko’rsatkichlar sistemasi. Quyidagi ko’rsatkich turlari ajratiladi: a) geologik tashkilot faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichi; b) geologik-qidiruv ishlarining umumiy iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichi; v) geologik-qidiruv ishlarini qiyosiy iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichi.
Izlov-qidiruv ishlarini loyihalashda geologo-iqtisodiy samaradorlikni iqtisodiy asoslash va baholash
Izlov-qidiruv burg’ilash maqsadli komplekslarni ochish va ularning geologik-fizikaviy xossalarini (parametrlarini) o’rganish; neftgazli qatlamlar va gorizontlarni ajratish va oqimga sinash; uyumlarning zaxiralarini baholash; mufassal geofizik va qidirish ishlarini uchun obyektlarni ajratish maqsadida amalga oshiriladi.
Izlov-qidiruv ishlarini bajarishni zarurligini asoslash izlov ishlari natijasida geologik-iqtisodiy tavsiyalar asosida amalga oshiriladi.