Jadvallar orasidagi bog’lanish


Ro’yxat bilan bog’langan maydon xususiyatlari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə3/4
tarix27.04.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#115554
1   2   3   4
Jadvallar orasidagi bog

Ro’yxat bilan bog’langan maydon xususiyatlari.

 

Jadvalimizni “Konstruktor” (“Loyihalash”) holatida ochib, ro’yxat bilan bog’langan maydon xususiyatini ko’ramiz. Bu xususiyatlar “Podstanovka” (“Almashtirish (tanlash)”) ilovasida keltirilgan.



  “Tip elementa upravleniya” (“Boshqaruv elementi turi”) – boshqaruv elementini turini tanlash (maydon, ro’yxat, ro’yxatdan iborat maydon);

  “Tip istochnika strok” (“Qator manbaa turi”) – manbaa turi tanlash (jadval yoki so’rov, qiymatlar iborat ro’yxat, maydonlar ro’yxati);

  “Istochnik strok” (“Manbaa qatori”) – bu qatordan ro’yxatni tashkil qiluvchi qiymatlar o’rin olgan. Qiymatlar o’zaro “;” bilan ajratiladi. Qiymatlarni qo’shish, o’zgartirish va o’chirish mumkin. Qator  oxiridagi   tugmani bosish orqali qiymatlarni ustun shaklida ko’rgan holda o’zgartira olamiz.

  “Prisoyedinenny stolbets” (“Bog’langan ustun”) – bog’langan ustunlar soni;

  “Chislo stolbtsov” (“Ustunlar soni”) – jami ustunlar soni;

  “Zagolovki stolbtsov” (“Ustunlar sarlavhasi”) – har bir ustundagi birinchi qiymatni ustun sarlavhasi sifatida olish;

  “Shirina stolbtsov” (“Ustunlar kengligi”) –ustunlar kengligini o’zgartirish;

  “Chislo strok spiska” (“Ro’yxatdagi qatorlar soni”) – qiymatlardan iborat ro’yxatdagi qatorlar soni;

  “Shirina spiska” (“Ro’yxat kengligi”) – ro’yxat kengligini o’zgartirish;

  “Ogranichitsya spiskom” (“Ro’yxat bilan cheklanish”) – ro’yxat qiymatlaridan boshqa foydalanuvchi qiymatlarini kiritishga cheklov qo’yish;

  “Razreshit neskolko znacheniy” (“Bir nechta qiymatlarga ruxsat berish”) – bir nechta qiymatlarni tanlashga ruxsat berish;

  “Razreshit izmeneniye spiska znacheniy” (“Ro’yxat qiymatlarini o’zgartirishga ruxsat berish”) – ro’yxatdagi qiymatlarni o’zgartirishga ruxsat berish;

  “Forma izmeneniya elementov spiska” (“Ro’yxat elementlarini o’zgartirish formasi”) – ro’yxatdagi qiymatlarni o’zgartirish uchun MBdagi biror formani tanlab olish;

  “Tolko znacheniya istochnika strok” (“Manbaa qatoridagi qiymatlarnigina”) – faqatgina manbaa qatorida keltirilgan qiymatlarnigina ko’rsatish. Boshqa qiymatlar bo’lsa, ular bo’sh holda ko’rsatiladi.

 

 


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin