Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi


-MAVZU . G’AFUR G’ULOM - BOLALAR SHOIRI VA NOSIRI



Yüklə 347,46 Kb.
səhifə46/62
tarix04.04.2023
ölçüsü347,46 Kb.
#124797
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62
4.O\'zbek bolalar adabiyoti

11-MAVZU . G’AFUR G’ULOM - BOLALAR SHOIRI VA NOSIRI
Reja:

  1. G’afur G’ulomning hayot va ijod yo’li.

  2. G’afur G’ulom – bolalar shoiri.

  3. Adib qissalarining g’oyaviy-badiiy mundarijasi.



Tayanch tushunchalar: qissa, ctilizatsiya, interpretatsiya, tarixiy haqiqat, badiiy haqiqat, milliy istiqlol, tamoyil, tanqidchilik, dramaturgiya, publitsistika.

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi va halq shoiri G’afur G’ulom XX asrdagi o’zbek adabiyotining fenomenal namoyandasi bo’lib, nafaqat kattalar, balki bolalar uchun ham samarali ijod etgan va shu hizmati bilan o’zbek bolalar adabiyotining shakllanishi hamda taraqqiyotiga munosib hissa qo’sha olgan betakror so’z san’atkoridir. XX asrning 20-yillaridan to 60-yillarigacha kechgan salkam yarim asrchalik muddat davomida o’zbek bolalar she’riyati va nasri uning turli davr va turli yoshdagi bolalarning orzu-havaslari, o’kinchu armonlari, quvonchu shodliklarini ifodalovchi serjarang she’rlarini ichiga olgan «Turg’un va O’rdak» (1935), «Mukofot» (1940), «Tongotar qo’shig’i» (1949), «Bari seniki» (1953), «Komsamol» (1953), «Bir g’uncha ochilguncha» (1955), «Siz mening yoshligimsiz» (1958), «Bayram maktubi» (1969), «Oylashni o’rganamiz» (1970), «Farzandlarimga» (1983) she’riy to’plamlari va «Netay» (1930), «Tirilgan murda» (1934), «Yodgor» (1936), «Shum bola» (1936-1963) kabi quvnoq qissalari bilan jilolanib takomil topdi. Binobarin, yangi adabiy hodisa sifatida yuzaga kelgan o’zbek bolalar adabiyoti tarihini ham G’afur G’ulom ijodiyotisiz tasavvur qilish mumkin emas.


G’.G’ulomning o’zbek bolalar adabiyotini rivojlantirish sohasidagi hizmatlarini alohida umumlashtirish yo’nalishidagi ilk urinishlar XX asrning o’rtalaridayoq yuzaga kelgan edi. O’shanda pedagogika bilim yurtlarida o’qishga mo’ljallangan bolalar adabiyoti faniga oid o’quv qo’llanmalari va xrestomatiyalarida G’.G’ulom alohida ijodkor sifatida taqdim etilib, uning haqida portret-maqola va asarlaridan namunalar berila boshlangan edi.1 Keyinchalik pedagogika institutlarida bolalar adabiyotining alohida fan sifatida o’qitila boshlanishi tufayli bu an’ana yangi bosqichga ko’tarildi va birmuncha chuqurlashdi.2 Nihoyat akademik S.Mamajonov ulug’ shoirning o’zbek bolalar adabiyotini rivojlantirishdagi hizmatlarini bir qadar yahlitrroq umumlashtiruvchi ijodiy portretini yaratdi.3Shoir vafotidan o’n yil o’tgach, uning xotirasini hurmatlash ma’nosida akademik V.Zohidov ham buyuk iste’dod sohibining bolalarga atagan she’riyatidagi didaktik mohiyatga nazar solib, «Ulug’ shoir o’gitlari» risolasini yozdi.4 Qolaversa, G’.G’ulomning bolalarga atalgan asarlari xususida H.Yoqubov, A.Akbarov, A.Abrorov va boshqalarning tadqiqotlarida ham yo’l-yo’lakay munosabatlar bildirgan.5 Biroq mazkur tadqiqotlarning aksariyati sho’rolar mafkurasiga toyintirilgan holda amalga oshirilgan edi. Shu sababli G’.G’ulomning bolalarga atalgan asarlarini istiqlol mafkurasi nuqtai nazaridan baholash va umumlashtirishni davrning o’zi taqozo etmoqda. Zero, ulug’ san’atkor tavalludining 90 yilligiga bag’ishlangan tantanada so’zlagan nutqida Prezidentimiz I.Karimov xuddi shu haqiqatni ifodalab: «... bugungi hayotimizda va kelajak avlodni o’stirishda G’afur G’ulomning ijodi, albatta, beqiyos ahamiyatga ega»,- deya e’tirof etgan edi.
G’afur G’ulomning bolalar shoiri va nosiri qiyofasiga otalik va murabbiylik tuyg’ulari chuqur singishib ketgan. Bunda etimlikda kechgan bolalik hotiralari ta’siri ayricha rol oynaganini alohida ta’kidlash joiz. Shu holat uni qo’liga qalam olib ilk she’rini yozishga undagan edi. «Bir kuni, - deb yozgan edi u o’zining «Kechmish va kechirmishlarimdan» xotiranomasida, - bolalar bog’chasidagi yetim bolalardan 15 tasini bizning internatga o’tkazdilar. Men bu go’daklar bilan birga tunab qoldim. Kechasi uxlamay, kuzatuvchilik qilib chiqdim. Shu kecha o’z yetimligim, boshimdan kechirganlarim va shu yetim bolalar ahvoli... to’g’risida she’r yozdim. Shu she’rimni birinchi she’rim desam bo’ladi”. O’sha ilk she’ridayoq u bolalarning ham hazrati Odam farzandi ekanligini, binobarin, ular ham insonday yashash va ulg’ayish huquqiga ega ekanliklarini ularning o’z tillaridan favqulodda bir ko’tarinkilik bilan ifoda etgan edi.
Biz Odam bolasimiz,
Odamning donasimiz.
Biz o’sib ulg’ayamiz,
Olim bo’lish g’oyamiz.8

Shunisi e’tiborliki, O’zbekiston qahramoni, xalq yozuvchisi Said Ahmad «Imom al-Buhoriy saboqlari» jurnali bosh muharriri bilan qilgan suhbatida shoirning «Sharaf qo’lyozmasi» she’ridagi:


Qadim o’zbek halqisan,


Asl Odam avlodi! –
satrlariga munosabat bildirib aytadi: «darvinizm avj olgan, odam maymundan tarqalgan degan mafkura ustuvor bo’lgan, «maymunning odamga aylanishida mehnatning roli» alohida bo’rttirib ko’rsatilgan bir davrda: «Sen maymundan tarqagan emassan, asl Odam alayhissalom avlodisan» deb aytish osonmidi? Axir hazrati Odam alahissalom tuproqdan yaratilganini, butun insoniyat Odam Ato bilan Momo Havodan tarqalganini kim bilmaydi, kim bunga shubha qiladi? Yo’q, darvinizm buni tan olmas edi. G’afur G’ulom esa, yo’lini qilib: «qadim o’zbek xalqisan, Asl Odam avlodi!» deb baralla ayta olgan»9. Aslida-chi, u bu haqiqatni ilk she’ridayoq ifoda etgan edi. Shu tariqa tu bolani ham inson sifatida ko’rish va hurmat qilish lozimligini uqtirib, ilohiy xilqat darajasiga ko’tarib e’zozlash namunasini ko’rsatdi.
Falakning kajravligini qarangki, yetimlik bo’lajak shoir qismatiga ancha ilgari-hali u to’qqiz yasharlgidayoq kirib kelgan edi. Bu haqda u alam bilan yozgandi: Otam 1912 yilda 44 yoshida mazkur qo’rg’ondagi mahallasida o’z hovlimizda vafot qildi. Hovli bo’lganda ham qanday deng? Qo’rg’ontegida, ya’ni «na dne»da 25 kvadrat sarjinli zaxkash, tutday to’kilay deb turgan hovlida o’pka shamollashidan o’ldi. Unga hech kim doktor ham chaqirgani, banka ham qoygani ham, pentsilin bilan ham ukol qilgani ham yo’q. Biz besh etim bola qola berdik. Men 9 yoshda eng kichik singlim – Bahri 6 oylik edi… Shu zaylda taqdir taqozosiga ko’ra u tirikchilikning barcha mashaqqatli ko’chalariga kirib chiqa boshladi. Eng muhimi, yetimlik dastidan o’ksib, umidsizlanmadi; yashash uchun kurashdi, o’z iqroricha, shu «kurashlarning nash’alarin emib» ulg’aydi, kurash uning uchun yashash mazmuniga, yashash esa kurashdan tug’ilgan hayotiy saboqlarini eldoshlariga badiiy so’zlash shakliga kira bordi. Shu tariqa bolalik uning ijodida yetakchi mavzuga aylana bordi. U bolalik mavzuiga nafaqat o’tmish nuqtai nazaridan, balki o’tmishu bugunning o’zaro muqoyasasi hamda nurli kelajakka zamin hozirlayotgan bugun nuqtai nazaridan ham muttasil murojaat qilib turdi. Nasrda ham, she’riyatda ham bolalik mavzuini badiiy tadqiq etishga jiddiy yondashdi. O’tmishdagi bolalikning foje’ qismatini «Netay», «Shum bola» va «Mening o’g’rigina bolam» asarlarida yoritsa, bugungi kun kishilarida bolalikka nisbatan tug’ilgan yangicha munosabatlarni «Yodgor» qissasida ifodaladi. «Sen yetim emassan» she’ri esa mavzuga o’tmish va bugunning o’zaro muqoyasasi negizida yondashishning cho’qqisi bo’ldi.
G’afur G’ulom yetimlikda ulg’ayganini umr boyi unuta olmadi. Yetimlik uni o’ksik qalb sohibiga aylantirgan va mudom ta’qib etganligi tufayli bolalarga atab qaysi mavzuda she’r yozmasin, o’sha zahoti xotirasi qatlaridagi yetimlik armonlari uyg’onishi tabiiy edi. Kattalar uchun yozilgan va XX asrdagi o’zbek she’riyatida voqeaga aylangan «Sen yetim emassan»da ham, bolalarga atab bitilgan «Bayram maktubi» va boshqa qator she’rlarida ham bu holni kuzatish mumkin. Inchunin, shoirning roppa-rosa ellik ikki yasharligida yaratgan «Bayram maktubi» she’rida o’qiymiz:

O’ttiz sakkiz yil burun


Bugungi siz bilan teng
O’n to’rt yoshlarda edim.
Tongsiz, uzun kechqurun
qora qoynin ochar keng
Ko’z o’ngida uchurum.

Maktab qayoqda deysiz?


Nonning hatto o’zi yo’q,
Bo’z yaktak, yirtiq ishton,
Eshiksiz, o’tsiz, nursiz,
Vayronalar qup-quruq,
Halq tentirar parishon
Oq podshoning urushi
Yurtni yergacha toptab,
Tekkan edi tinkaga.
Och qo’shinning yurishi
Er yuzini gur o’rtab,
O’xshardi alangaga.
Rus mustamlakachiligi siyosatining butun fojeasini bolalik xotirasi vositasida shu xilda fosh etarkan, qonxo’r fashistlar ming-minglab bolalarni ota-onalaridan ayru etib, yetim qoldirayotganidan jirkanganida yana o’sha «o’ninchi yillar sargardonligi»ni eslamay, o’tolmaydi:

Yetimlik nimadir-


Bizlardan so’ra.
O’ninchi shillarning
Sargardonligi;
Isitma aralash
Qo’rqinch tush kabi
Xayol ko’uzgusidan
O’chmaydi sira
Men yetim o’tganman,
Oh, u yetimlik...
Voy bechora jonim,
Desam arziydi,
Boshimni silashga
Bir mehribon qo’l,
Bir og’iz shirin so’z
Nondek arzanda.
Men odam edim-ku...
Inson farzandi...
Inson farzandining mehrga zor bunday kunlari uning ozurda qalbida o’chmas iz qoldirgandi. Buning ustiga fashizmga qarshi janggohlarda «boyi barobar o’stirgan» jigargo’shasi Jo’radan ajraldi. Urush tugaganidan sal o’tmay yana bir farzandi jovidoni Basharni ajal olib ketdi. Yana O’zar, Yashar va Gavhar otlig’ farzandlari ham peshonasiga sig’madi. Ustma-ust kelgan bunday judolik hasrati, tabiiyki, shoirni «Zo’r karvon yo’lida yetim bo’tadek, intizor ko’zlarda xalqa-xalqa yosh» bilan «Osmon to’la yulduzlar, qani sening yulduzing?» – deya o’rtana-o’rtana bo’zlattirgan esa-da, qaddini buka olmadi. O’z iqroricha: «Asaldan ajragan mumday sarg’arib, ini yo’q aridek to’zg’imadi» (182-b). Bu o’rinda shuni ham unutmaslik lozimki, «G’afur G’ulom va uning avlodi xususida mulohaza yuritilganda, - deb yozgan edi adabiyotshunos Rahmon Qo’chqor, - bizningcha, bu ijodkorlar tarjimai holini, o’sgan muhitini, bir lahza bo’lsin, yoddan chiqarmaslik lozim. Muhitni, faqat ijtimoiy-siyosiy vaziyat, mafkura ta’sirinigina emas, balki ularning bolaligi, shaxsiy taqdiri bilan bog’liq tafsilotlarni ham”.
Agar e’tibor bersak, bu avlod ijodkorlarining aksariyati XX asr boshidagi xonavayron mamlakatning nochor oilalarida «tanasidan qon oldirgan bemor» (Hamza) holiga solingan yurtda ko’z ochdilar. Buning ustiga ularning murg’ak boshida yetimlik, ayriliq azoblari basma-bas yog’ildi.
Mana shu ahvolda ularning boyniga galstuk, ko’ksiga komsomol nishonlari qadaldi. Goyo boshlarini silaguvchi qo’l, iste’dodlarining qadriga yetguvchi homiy topildi. Bu - ularning «egasi» chiqqanidan, uzatilgan qo’l aslo bosh silash uchun emas, balki bu tilda boshlarni iskanjada saqlash uchun cho’zilganidan dalolat beradi. Biroq bu havfni vaqtida va to’laligicha anglash, his qilish, uning oqibatlarini oldindan bilishga yaroqli tajriba bu yosh ko’ngillarda ne qilsin?» (O’zAS, 2003, 10 yanvar). G’afur G’ulom ijodkor sifatida ana shunday murakkab jarayonda shakllandi. Shu sababli u «ko’ksiga komsomol nishoni»ni taqqan o’sha tuzumni homiy sifatida ko’rdi, unda yangi hayotni kurishdagi ishtirokidan mamnunligini armonli hotiralarga yo’g’irib ifodalashdan tasalli topdi:

To’g’ri, sizning sinfda


Yüklə 347,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin