Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 347,46 Kb.
səhifə5/62
tarix04.04.2023
ölçüsü347,46 Kb.
#124797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
4.O\'zbek bolalar adabiyoti

Birinchi toifaga, yuqorida eslatilganidek xalq pedagogik tafakkuriga yo’g’rilgan va aksaran bolalarga nasihat shaklida bitilgan esa-da, asoson, kattalarning hayotiy-axloqiy tajribalarini ular tili, didi va nuqtai nazarlaridan ifodalagan hammabop mumtoz nasihatnomalar, diniy-axloqiy manoqiblar va hikmatlar kirsa, ikkinchi toifaga ma’lum qismi hammabop va ma’lum qismi bolalar yoshi, didi va saviyasiga muvofiqlashtirilgan ilmiy-ma’rifiy (poznavatelnoy) yo’nalishdagi asarlar kiradi. Qolaversa, bolalar badiiy adabiyoti ham ular o’qishiga mo’ljallanganligi tufayli bolalar kitobxonligi tarkibida harakatda bo’lada. Shu uch jarayon yagona oqimga aylangan holda bolalar kitobxanligi mundarijasini tashkil etadi va uning uzluksiz davomiyligini ta’minlamoqda.
Bolalar adabiyotining umumadabiyotga aloqadorligi. Bolalar adabiyoti umumbadiiy adabiyotning ajralmas tarkibiy qismi sifatida o’zaro qator mushtarakliklarga va farqli xususiyatlarga ega. Ular o’rtasidagi mushtarak xususiyatlar tubandagilardan iborat:
1. Bolalar adabiyoti ham, umuman badiiy adabiyot singari so’z san’ati hisoblanadi. So’z uning uchun ham asosiy material bo’lib, voqelikni obrazli ifodalash vositasidir. Binobarin, bolalar uchun g’oyaviy-badiiy barkamol asarlar yozadigan ijodkorlar ham so’z san’atkori sanaladilar. Ular ham umumadabiyotni yaratuvchi yozuvchilar bilan teng nufuzga egadirlar. Qolaversa, bolalar adabiyoti bilan kattalar adabiyoti o’zaro taqdirdosh ham.
2. Bolalar adabiyoti ham umumbadiiy adabiyot ish ko’radigan xalqchilik haqqoniylik va yuksak badiiylik umda (prinsip)lariga tayanadi.
Bolalar adabiyotining xalqchilligi shundaki, u avvalo, xalqning asrlar davomida yaratgan eng ilg’or qarashlari va hayotiy tajribalari ruhida farzandlarini tarbiyalashni ko’zlaydi. Xalq hamma zamonlarda mehnatkashlikni, halollikni, rostgoylikni, to’g’rilikni, Vatanni sevishni, kattani hurmat qilib kichikka shafqatli bo’lishni sharaflab kelgan, ishyoqmaslik, tekinxo’rlik, subutsizlik, yolg’onchilik, o’g’rilik, shafqatsizlik, toshbag’irlik, xoinlik, g’iybatkashlik kabi insoniylikni tahqirlovchi xislatlarni qoralagan. Bolalar adabiyoti xalqni o’z kelajagi bo’lgan yosh avlodga ana shu sohadagi dono aqidalar va ijodiy an’analarini singdirishda xizmat qilmog’i darkor.
Bu-olijanob maqsad. Uni amalga oshirish yuksak burch va mas’uliyatni talab qiladi. Binobarin, bolalar uchun yoziladigan asarlar ham yuksak badiyatga ega bo’lmog’i shart. Ularda hayot haqqoniyko’rsatilmog’i, insoniylikni, mehnatni sharaflovchi, bolalarda kelajakda kim bo’lmoqlarini belgilab olishlarida ko’maklashuvchi g’oyaviy-badiiy barkamollik ufurib turmog’i zarur. Xom-xatala, hayotni boyab-bezab bayramdagiday tantanavor qilib ko’rsatuvchi bitiklar bolalar ma’naviy olamiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Realizm-bolalar adabiyotining ham asosiy ijodiy metodi sanaladi. Biroq bolalar uchun yoziladigan asarlarda voqelikning haqqoniy va aniq ifodasi goho romantika, goho fantastik boyoqqa sug’orilgan holda aks etishi mumki.Bu asarning qiziqarliligini, emocionaligini kuchaytiradi va o’qimishligini ta’minlaydi. Umuman, bolalar adabiyoti realizmida umuminsoniylikni qadrlash, ijtimoiy adolatni, ezgulikni sharaflash ruhi ustivor bo’ladi.
3. Bolalar adabiyoti ham umumbadiiy adabiyotda mavjud barcha turlar(proza, poeziya va dramaturgiya ) va janrlarda ish ko’radi. Shuni ta’kidlash joizki,badiiy adabiyot janrlarga qanchalik boy bo’lmasin, bolalar adabiyotida ularning bolalar dunyoqarashi va estetik idealiga muvofiq keladiganlaridangina foydalaniladi. Bolalar nasrida roman, qissa, hikoya; poeziyasida she’r, masal, doston; dramaturgiyasida esa drama va komediya janrlari faol bo’lsa-da, mumtoz sheriyatdagi muxammasot namunalari, ruboiy, fard, qit’a, shuningdek, dramaturgiyadagi tragediya janrlariga murojaat qilinmaganini qayd qilishga to’g’ri keladi. Buning sababini bu janrlarda ifodalanadigan voqelik kattalar turmushi va dunyoqarashiga xos murakkabliklarga daxldorligi bilan izohlanadi.Aksincha xalq nasrining shakli bo’lgan ertak janri bolalar adabiyotiga ayricha qimmat kasb etgan. U bolalar nasrida adabiy ertak-novella,ertak-qissa, ertak-roman; poeziyasida she’riy adabiy ertak, naql-ertak, topishmoq-ertak va nihoyat dramaturgiyasida ertak-drama, ertak-kamediya, ertak-opera va ertak-film singari talay xilma-xil oraliq janrlarning yuzaga kelishi va qaror topishiga ta’sir ko’rsatgan. Bu hol bolalar adabiyoti genetik asoslarini belgilashda, folklor nechog’li rol oynaganini yaqqol ko’rsatib turibdi.
Ammo bolalar adabiyotining umumbadiiy adabiyotdan ayri xususiyatlari ham borki, bular uning mustaqil hodisa-alohida adabiy saltanat sifatidagi mohiyatini belgilaydi.

Yüklə 347,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin