Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 347,46 Kb.
səhifə25/62
tarix04.04.2023
ölçüsü347,46 Kb.
#124797
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
4.O\'zbek bolalar adabiyoti

HUKMLAGICHLAR ham qadimgi ajdodlarimizning totemistik ehtiqodlariga daxldor marosim qo’shiqlarining ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot tahsirida transformaciyaga uchrab, bolalar repertuariga o’tgan va bolalarcha mushohadakorlik zamirida qayta sayqallanib, yangi motivlar, yangi obrazlar hisobiga to’lishgan badihalar silsilasidir. Totemistik e’tiqod qoldiqlari bolalarning hasharotlarga munosabati ifodalangan hukmlagichlarda ravshanroq ko’rinadi. Chunonchi, bolalar orasida beshiktervatni ko’rganda uning vositasida fol ochish an’anasi mavjud:
Beshiktervat, beshiktervat,
Salima xolam nima tug’adi?
Beshiktervat o’ng oyog’ini ko’tarsa-o’g’il, chap oyog’ini ko’tarsa-qiz tug’ilishiga yoyilgan.
Ertapishar xilili uzum xol tashlaganda xonqizi, tillaqo’ng’iz hasharotlari ko’payadi. Bolalar orasida xalilipazak yoki hasanak nomlari bilan ham yuritiladigan xonqizi sirtida nuqtasimon xolchalar borligidan unga xol deb murojaat qilishadi:
Xol, xol, xol,
Otang o’ldi,
Onang o’ldi,
Borib xabar
Olmaysanmi?
Rivoyatga ko’ra, xonqizi aslida podsho qizi bo’lgan-u, qashshoq bir cho’ponni sevgani uchun g’azablangan otasi uni «Iloyo, qumursqaga aylan!»- deya qarg’agan emish. Shu qarg’ish tutib, u hasharotga aylanganmish. Xonqizi deyilishi shundan qolganmish. Tillaqo’ng’iz, kaltakesak, chumolixo’r arslon, ilonga ham shu xildagi murojaat tarzida to’qilgan hukmlagichlarda totemistik qarashlar saqlangan. Qarg’a, musicha, to’rg’ay, bedana, qaldirg’och, laylak va boshqa qushlarga oid hukmlagichlarning ma’lum qismida totemizm ta’siri bir qadar sezilsa-da, taqlidiy so’zlar faolligida to’qilgan aksar namunalarida bu ta’sir, asosan, so’ngan. Taqlidiy so’zlar hukmlagichlarda ma’lum poetik vazifani bajaradi:
-Qurvaqajon, vaq-vaqa,
Ko’zing nega bundaqa?
Bugun o’sma qoymadim,
Shuning uchun shundaqa.
Taqlidiy so’zlar yordamida yaratilgan bunday hukmlagichlarning ko’pchiligi totemistik aqidalar ta’siridan xoli bo’lib, bevosita bolalar dunyoqarashini, ularning voqelikka hayratomiz munosabatlarini, idrok va zavqlaridagi o’zgachalikni aks ettiradi.
Umuman, yalinchoqlar bolalarning tabiat bilan yuzma-yuz muloqotda bo’lishlariga yo’l ochgan bo’lsa, hukmlagichlar hayvonlar va nabotot olami bilan jonli munosabatda bo’lishlarini ta’minlagan , shu asosda bolalarda hayotsevarlik fazilatlarini shakllantiruvchi ekologik va estetik-axloqiy shuur tarbiyalangan.
Ayonki, kattalardan farqli o’laroq bolalar, asosan, narsalar yoki ko’rimli predmetlar vositasida fikr yuritishadi. Bolalarning fikri dastlabki bosqichda faqat aniq obrazlargagina aloqador bo’ladi. Bolalarning bevosita o’z og’zaki ijodiyotiga mansub qo’shiqlar va oyinlar ana shunday fazilatlari bilan ajralib turadi. Ular bolalar kundalik turmushining asosini tashkil etgan holda kichkintoylar ma’naviy olamini butun murakkabligi bilan aks ettiradi.
Bolalar ilk qo’shig’ini hali 2-5 yoshlarida to’qishadi. Harakatga omuxta zavqlardan jilolangan bu qo’shiqlar QIQILLAMAlar bo’lib, kichkintoylarning ritmni tuya borishlari zamirida shovqin solib kuylashlariga asoslangan. Aslida bular to’qilmaydi, balki raqsga tushib yo biror harakatga omuxta holda bir necha bora qichqirib aytiladigan va hajman ikki satrdan oshmaydigan quvonchdan tug’iladigan va boshqalarga tez «yuqadigan» badihalardir. Ular ritmik oynoqiligi va ohangdorligiga ko’ra bolalar qalbiga jiz etib yopishib, jo’r bo’lish istagini oyg’otgan nogahoniy ibora va gaplarning harakat vaznida qichqirib-baqirib aytiladigan qaytariqlardir. Bolalar ularni ko’pincha kattalar yoki tengqurlarining nutqidan ilib olib, hakkalab chopish vaznidagi ritmga mos qiyqirib aytadilar: Laka-lak, laka-laka-lak,
Shamolda uchdi kapalak,-
deya kapalakni quvsalar;
Chapak-chapak, chapakcha.
Yotar joyi katakcha,-
deya bir-birlariga hazil qiladilar va h.k.
Bolalar ulg’aygani sari hayotni teranroq anglay boradilar. Bu hol ularning maishiy qo’shiqlari silsilasini tashkil etuvchi TO’RTLIKlari, AYTISHUVlari va KATTA QO’SHIQlarida ifodalangan.

Yüklə 347,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin