Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 347,46 Kb.
səhifə26/62
tarix04.04.2023
ölçüsü347,46 Kb.
#124797
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62
4.O\'zbek bolalar adabiyoti

TO’RTLIKbolalar ijodkorligida g’oyat keng tarqalgan. Shaklan ixchamligi, xilma-xil poetik niyatlarni ifodalashga qulayligi, turli-tuman maqsadlarga muvofiqlashtirishga o’ngg’ayligi, ommaviyligi va ijro jarayonining serqirraligi sababli bolalar o’tmishda ham, hozir ham unga faol munosabatdadirlar. Ularda barcha yoshdagi bolalarning qalb kechinmalari-orzu va armonlari, o’kinchu alamlari, quvonchu zavqlari, xullas, hayotga munosabatlari tarovatlanib turadi.
To’rtliklarda bolalar dunyoqarashining shakllanish jarayoni ko’zgudagidek tovlanib namoyon bo’ladi. Ularda o’zbek bolalarining o’tmishdagi mashaqqatli hayotiga oid manzaralarni ham: Etikchamni boyi bor,
Kiyay desam juda tor.
Boyvachcha kunda kiyar,
Ko’nasiga1 bizlar zor;
qolaversa, har qanday havaslarining faqat ota-onalari g’amxo’rligi va mehribonligi tufayli amalga oshishini ham aniq va tiniq ifodalay olgan:
Otam meni o’qitsa,
Sochlarimni to’qitsa.
Atlas koylak kiygizib,
Onam yuzimdan o’psa.
MASXARALAMAlar esa satirik ruhdagi, aniqrog’i, bolalarning voqelikka sinfiy-ijtimoiy nuqtai nazardan tanqidiy munosabatlarini ifodalashi va ijro etilishi jihatidan tegishmachoqlardan farq qiluvchi badihalardir. Tegishmachoqlar ham, masxaralamalar ham shovqin solib aytilishlariga ko’ra o’zaro o’xshasalar-da, birinchisi – bevosita ob’ektga qaratilgan bo’lib, ko’pchilik tomonidan ijro etilsa, ikkinchisi – ayni ijro jarayonida ob’ektga qaratilgan bo’ladi. Masxaralamalar yakka holda - soloda aytilaveradi, goho hattoki deklomaciya qilinishi mumkin.
Masxaralamalarda bolalar sinfiy mavqelarini ayonroq ko’ra boshlashlari tufayli sinfiy dunyoqarashlarining kurtak ota borishidan tug’ilgan tanqidiy munosabatlarini ifodalash etakchi tamoyildir. Dastlabki bosqich bo’lganidan bu jarayon birmuncha jo’n va soddaroq kechadi. Bolaning ijtimoiy hodisaga tanqidiy munosabatini ifodalaovchi sinfiy nazari oddiy tashqi belgilarni ajratib ta’kidlash shaklida zuhur topadi:
Yomg’ir yog’aloq,
Echki sog’aloq.
Boylar bolasi –
Qorni dumaloq.

Yüklə 347,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin