Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 347,46 Kb.
səhifə47/62
tarix04.04.2023
ölçüsü347,46 Kb.
#124797
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62
4.O\'zbek bolalar adabiyoti


Partalarda o’tirib,
«Alifbe» yirtmaganman
Ammo yang tartibda
O’qituvchilik qilib-
Bir nafas tinmaganman. (78-b)

Chindan-da, u «yangi tartibda o’qituvchilik» - murabbiylik qilib yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo’sha oldi. U nainki ota, balki murabbiy va ijodkor sifatida ham bolalarni dil-dilidan suydi, ular ozor chekkanda «jonini hovuchlab» turdi:


Biror tong bittasi yo’talib qolsa,


Jonimni hovuchlab dilim uradi.
Yarim dam ko’zimdan yo’qolib qolsa,
Tug’ma chanqov kabi tilim quradi. (196-b.)

Shoir qalbi bolalar sho’hliklaridan surur tuyib yashashga tabiiy mayl hosil qilganligidan o’zini ular «chuvvosidvn» ayru his etolmaydi.


Biror kech quyoshdan kechroq uyg’onib,


Bolalar chuvvosin eshitmay qolsam.
Kun boyi gangiyman dovdir surgalib,
Goyoki zehnimda allanima kam. (206-b.)

Shu zaylda bola «nafasidan ufurgan atr»dan etuk satrlar to’qiy boradi. Diqqat qilinsa, yuqorida keltirilgan har ikkala to’rtlikda ham bola va tong obrazlari muvoziy holatda borilayotganini payqash qiyinmas. Bu esa, o’z navbatida, bolalikka insoniyat tongi sifatida qarashga yo’l ochgan. Natijada shoir poetik talqinida bolalik «ko’ngildagi bahor, tongotardagi nahor», «tashnalikni qondiruvchi buloq», «jahoniy boylik» va «Naqdina borliq» («Siz mening yoshligimsiz») sifatida kishilikning tongotari qiyofasini ola borgan. Tong va tongotar – bolalik ramziga aylangan. Chunonchi, tongotar eli kengliklar boylab esarkan, porloq istiqbol umidi shahodatiga aylangan («O’rinbosarlar salomi»), yurtni sharaflab otadigan tongda ozodlik nafasi ufurib turadi («Ulug’ kun bayrami-tinchlik bayrami»), bolalik tongi – musaffolik timsoli. Undan «atr isi gukraydi» («Mening o’lkam»), tong musaffoligi-bolalar fikri, uy-hayolining musaffoligi niishonasi («Bayram tongida»), birinchi sentabr tongining otashi esa murg’ak ongu shuurlarga nur bag’ishlovchi qutlug’ tongning otishi timsoli bo’lib, o’qish, o’rganish va bilim olishni boshlab berib, yosh aqllarda yorug’lik indiradi. («Bugunning she’ri»), bu tongning nafasi pokiza va bokira, u onglarga musaffolik bag’ishlaydi («Bu yil birinchi sinfga kiradigan o’g’il-qizlarimga atab yozgan she’rim»), tongotar-kunning boshlanishigina emas, umrning ham boshlanishi. Tongda balqigan quyosh olamni munavvar etsa, uyg’ongan shuur esa umrni munavvar etadi («Gilam»), tonggi musaffoligu muattarlikka teng keladigani yo’q, shoir shu musaffolik va muattarlik tarqatuvchi mayin elni hush ko’rgani bois salomat nafasining ham shu qadar hush bo’lmog’ini istaydi («Toshhon degan oyqizlarga»), binobarin, hayot tongotardek mudom tiniq va yangilanishda, o’zgarishda va tarovatlanishda («Mening kelajagim bor»). Aftidan u bolalarga atagan she’riy to’plamlaridan birini «Tongotar qo’shig’i» she’ri nomi bilan nomlaganida ham shu mantiqdan kelib chiqqan ko’rinadi.


G’.Gulomning o’smirlar kitobxonligining asosini tashkil etgan «Netay», «Yodgor» va «Shum bola» qissalarida shu muammo tahlil qilindi. Adib asarlarida etimlikni keltirib chiqargan sabab va oqibatlarga badiiy nazar solish yo’lidan boradi. Uning talqinicha, yetimlik-mohiyat e’tibori bilan o’gaylik ham. Chindan-da, o’z otasi yo onasi (ba’zan har ikkovi)dan bevaqt ajralib, o’gay ota yoki o’gay onadan shafqat emas, shafqatsizlik ko’rgan bolakayning achchiq va alamli qismati-shunday foje’ qismatdir. Bunday holatda yetimning o’gayligi birmuncha shaxsiy fojea sanalishi mumkin. Ammo G’afur G’ulom masalani shu holda echish yo’lidan bormagan, aksincha u o’tmishdagi nobop tuzum va bemehr jamiyatning shafqatsizligi ham o’lganni tepkilab, etim-esirlarga o’gaylik qilishi fojeasini ochishga harakat qildi va aytish mumkinki, bunga muvaffaq ham bo’ldi. Bu jihatdan Netay va Shum bola-qoravoyning etimlik qismati talqini e’tiborni tortadi.
«Netay» qissasida baxtsiz bir o’zbek qizining fohishaxonaga tushishdan iborat fojeali qismati hikoya qilingan. G’afur G’ulomning o’zi Netayning real tarixiy shaxs ekanligini ta’kidlar ekan, uning fohishaxonaga qanday tushganligini va undan qanday qutulib, turmush qurib, o’z hayotini qayta qurganligini o’z og’zidan eshitganligini va bu voqea unga orom bermay, uni darhol qissa qilib bitganligini, aslida uni roman qilish niyati bo’lib, shu niyatini keyinga surganligi sababli bu asari «roman konspekti» darajasida qolib ketganligini tarjimon A.Naumov bilan qilgan suhbatida e’tirof etgan edi.21
G’afur G’ulom Netay boshiga tushgan etimlik fojeasi sabablarini Dukchi eshon voqeasi bilan asoslashga harakat qiladi. Adabiyotshunos H.Yoqubov e’tiroficha; «Yozuvchi – hatto asar syujetiga u qadar bog’lanmagan 1898 yilgi Dukchi eshon voqeasining reaktsionligini ta’kidlaydi. Buning ahamiyati shundaki, povest yaratilgan yillarda va undan keyingi uzoq vaqtga qadar (1949), Rossiyadan O’rta Osiyo terretoriyasining bir qismini ajratib olishga qaratilgan Dukchi eshon voqeasiga O’zbekistondagi tarixshunoslar va adabiyotshunoslar goyo «progressiv» harakat deb qarar edilar. G’afur G’ulom povestda bu harakatni qoraladi va asar qahramoni Netayning boshiga tushgan falokatlarning boshlanishiga shu harakat oqibatidagi betinchlik ham sabab bo’lganini asar kompozitsiyasida ko’rsatdi.» Chindan ham adib shunday yo’l tutdi va o’z niyatini tasdiqlab olish maqsadida Zavqiy va Muqimiylarning Dukchi eshonni fosh etuvchi asarlarini dalil qilib ko’rsatdi. H.Yoqubov bu dalillar tahlili «povest kompozitsiyasida pishiq ishlanmagan»ligini ko’rsatsa-da, har qalay Dukchi eshon voqeasining reaktsionligini ma’qullaydi va eng yomoni, «ma’suma yetim qiz Netay» fojeasining asosiy sababchisi ekanligi haqidagi fikridan qaytmaydi . Shunisi ajablanarliki, G’afur G’ulom nasri haqidagi salmoqli tadqiqotida akademik S.Mamajonov ham shu fikrni aynan qo’llab-quvvatlab, shunday yozadi: «Dukchi eshon voqeasi bilan xalq boshiga kelgan baxtsizlik o’lganning ustiga chipqon bo’ladi: Netaylar oilasini ham boshqalar qatori ko’chada sargardon qilib haydaydi. Podadan ajralgan qo’ziday yosh Netay qo’qon ko’chalarida tentirab yuradi. Boylar unga bir burda non berish o’rniga «xudo bersin» deb o’tib ketaveradilar, boyvachchalar esa «hali g’o’ra» deb vahshiy niyat bilan nazar soladilar». Ana shu mantiqdan kelib chiqib, S.Mamajonov ham Dukchi eshon harakatining reaktsionligiga xayrixohlik bildirib: «G’.G’ulom birinchi bo’lib o’z asarida Dukchi eshon voqeasining reaktsion mohiyatini ochib berdi», - deya qayd etadi. Aslida esa, H.Yoqubov va S.Mamajonovlarning bu mulohazalari mutlaqo asossiz bo’lib, G’afur G’ulomning hodisaga zamonasozlik nuqtai nazaridan qarashlarini oqlashga qaratilgan edi. Sinchiklab qaralsa, Netay va netaylar boshiga tushgan bu kulfatga Dukchi eshon isyoni emas, balki shu isyonning kelib chiqishga va uni qonga boyab xalqni xonavayron qilgan, shu asnoda o’z zo’ravonligini ko’rsatib mamlakatda mustamlakachilik siyosatini barqaror etgan chorizm bosqinchilari sababchi emasmidilar?! Qolaversa, ular bu yurtni bosib olmaganlarida, zulm va zo’ravonlik qilmaganlarida Dukchi eshon isyon ko’tararmidi?! Hamma balo shundaki, buni na G’afur G’ulom va na uning shu asarini o’rgangan tadqiqotchilar o’sha zamonda ayta olmas edilar. Aybni bosqinchidan emas, o’zimizdan axtarish o’sha 30-yillardagi sho’ro mafkurasida o’ziga xos tamoyilga aylanmoqda edi. Zero, xuddi o’sha davrlarda qarshilik ko’rsatish harakati namoyandalarini - «bosmachi», xalqimiz milliy g’ururini kuylagan ijodkorlarni «millatchi» tamg’asi ostida qarash avj olmoqda edi. Qolaversa, chorizmning mustamlakachilik siyosatini qoralash emas, balki O’rta Osiyoning Rossiyaga ixtiyoriy qo’shib olinishining progressiv oqibatlarini idealashtirish tamoyili shakllanmoqda edi. Shu sababli chorizm mustamlakagiligini emas, balki Dukchi eshon isyonini qoralash osonroq va zamonasozlik siyosatiga mos tushardi. Shunga qaramay, garchi qaysi tuzumligi aniq ko’rsatilmasa-da, S.Mamajonov: «O’sha tuzum Netayning yoshligi, bor-yo’g’ini o’g’irlaydi, taqdirini fojeali qiladi,» - deya to’g’ri va asosli xulosaga kelgan edi. Chindan ham o’sha mustamlakachilik asoratiga giriftor qilingan kishini kishi tomonidan ekspluatatsiya etishga asoslangan shafqatsiz tuzum Netayni yetimlikka mubtalo qilibgina qoymadi, balki unga o’gaylik ko’zi bilan qarab islovotxonaga kiritib qoydi.
G’afur G’ulom «Shum bola» qissasida etimlik fojeasini ifodalashda zamonasozlik yo’lidan bormadi, aksincha o’tmishdagi nobop tuzumning antigumanistik mohiyatini badiiy tadbiq qilish yo’lidan bordi, o’sha nobop tuzumning nainki mehnatkashlar ommasiga, balki ularning bolalariga ham muruvvatsizlik qilganini, shafqatsizlik bilan ularni ham ma’naviy, ham jismoniy majruh qilishga chog’langanini butun fojeasi bilan ochib tashlash va fosh etishni ko’zladi. Rost, asar qahramoni Shum bola aslida jismoniy yetim, otasiz, beva ona qaramog’ida qolgan sho’x-shaddot bola. Asarda garchi hammasining ham ota yo onasi, yoki har ikkalasining ham bor yoxud yo’qligi eslatilaverilmasa-da, har qalay Shum bolaning Omon, Yo’ldoSh, It Obid, Bit Obid, Turobboy, Husni, Solih, Abdulla, Po’latxo’ja va Miraziz singari tengqurlari ham aslida o’Sha nobop tuzumning o’gay nazari tufayli qay darajadadir ma’naviy yetimlikka giriftor qilingan Shumqismat bolalar hisoblanadilar. O’sha nobop tuzum, zulm va tengsizlikka, kiShini kiShi tomonidan ekspluatatsiya qiliniShiga asoslangan Shafqatsiz jamiyat bunday bolalar taqdirini o’z holiga tashlab qoyganligi tufayli ular ham haqsiz-huquqsiz yetimlar safida sanalishlari tabiiy. G’afur G’ulomning san’atkorligi Shundaki, u bu shum bolalarni o’sha shum jamiyatning shunchaki hosilalari sifatida ko’rsatibgina qoya qolmadi, aks holda bu bolalar ham o’sha shum jamiyatning qiyin-qistovlari tilga olingan «Mallajin, Karim jinni, Mayramxon, Xolparang jip-jinni, Tojixon, Juft kaptar, Olimjinni, Eshon oyi, Avaz jinni»lar safini to’ldirishardi. So’ngra adib bu jinnilarning qanday qilib jinni bo’lganliklari sabablari bayoniga o’tarkan, bunga o’Sha nobop tuzumga xos adolatsizlikni vaj qilib ko’rsatadi. Aytaylik, Karim jinni ilgari bo’zchi bo’lib, bozori kasod bo’lganidan Shu koyga tushgan bo’lsa, Eshon oyi eri Mattixon To’raning singlisini oynaSh tutganidan shu koyga tushgan. Xolparang baxmal to’qirkan, do’kon-dastgohiga o’t tushganidan jinni bo’lgan esa, Mayramxonning asli ismi Mamatraim bo’lib, temirchilik bilan shug’ullangan ekan, temir-tersak buyumlar zavoddan chiqa boshlagach, uning ham korxonasi sinib, jinni bo’lib qolgan ekan. Hullas, adib turli kasb-kor egalarining shu xilda jinnilikka giriftor etilganini ko’rsatarkan, «Toshkentda jinni ko’p edi,»deya eslatishni unutmaydi. Zero, o’sha shafqatsiz tuzum shum bolalarni ham o’z iskanjasida ezib shu koyga solishi mumkin edi. Ammo G’afur G’ulom talqinidagi Shum bolalar yashashdan iborat ulug’ niyatda edilar. Ana shu umidvorlik ularni hayot qay koyga solib sinamasin, biribir, hayotdan o’z o’rnini topishga qasd qilib yashashga o’rgatdi. Pirovard-oqibatda ular yetimlikni engdilar, o’gay nazarni sindirdilar va eng muhimi, o’zlarini anglash va qadrlash tuyg’usini tuya boshladilar. «Shum bola» qissasidagi yetimlik qismatidan shunday saboq chiqarish mumkin.
«Yodgor» qissasida yetimlik syujetni harakatga solgan motiv. Unda yetim go’dak Yodgorning qismatiga munosabat hal qiluvchi rol oynaydi. S.Mamajonov to’g’ri ta’kidlaganidek: «Yodgor» poetik ma’lum jihatidan ramzli nom. Go’dak Yodgor asarda tasvir ob’ekti bo’lmasa ham yozuvchi uchun yangi insoniy munosabatlarni ko’rsatib berish uchun ola bir vosita rolini oynaydi, xolos. Bu go’dak Mehri va Jo’ralar, ularning ota-onalarining qalb dunyosini ochib beruvchi bir kalitdir, ohu go’dak asar voqeasini yaratadi, konfliktga keskin tus beradi, syujetni o’stiradi va uni ikkiga bo’lib tashlab, keyin yana bir-biriga qo’ohadi, Shu go’dak xarakterlarni rivojlantiradi, ochadi. U asardagi voqealar va odamlarni bir-biri bilan munosabatga kirituvchi, asarning hamma bo’lagini yozuvchining ko’rish markaziga bog’lab, tortib turuvchi magnitdir: Mehrining o’z sevganiga shu go’dak halaqit beradi. Jo’raning «aybsiz aybdor» bo’lib onasi, aka va ammalari oldida ta’naga qolishida shu go’dak sababchi bo’ladi, xuddi sxuningdek, Jo’raning insoniyligini ochib beruvchi, Saodat sevgisini sinovdan o’tkazuvchi va Mehriga hayot haqiqatini tushuntirgan ham shu go’dak – «Yodgordir». Ko’rinayotirki, bu jarayonning barchasida Yodgorga yetim deb qaralmaydi, qolaversa, unga o’gaylarcha munosabat ham ko’rsatilmaydi, balki unga odam bolasi sifatida- Jo’ranig arzanda o’g’li sifatida qarash yetakchi tamoyilga aylangan. Shu sababli na Jo’ra oilasi, na Saodat va uning oilasi a’zolarida, demakki, yangicha voqelik ta’sirida shakllanayotgan jamiyatda Yodgorga nisbatan o’gay qarashni sezmaysan, kiShi. Rost, asar boshida, vaqtincha bo’lsa-da, muhabbat ko’zini ko’r qilgan Mehri va eskicha qarashlar asoratidagi uning ota-onasidagina shunchaki badnomlik malomatiga qolmaslik niyatida bemavrid va nikohsiz tug’ilgan boladan qutulish zaruriyatga aylangan esa-da, aslida bu ham o’sha go’dakka o’gaylik munosabatini anglatmaydi, balki uni tirik yetimlikka giriftor qiluvchi sababga aylanadi va shu asosda asar syujetining izchil harakati ta’minlanib turiladi.



Yüklə 347,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin