Jahon xo’jaligida intergratsion jarayonlarning rivojlanishi.
2.2Jahon xojaligining rivojlanish boshqichlari va tendensiyalari. О‘zbekiston bir necha xalharo va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar bilan ham yaqindan hamkorlik qilmoqda. О‘zbekiston Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo-iqtisodiy sherigi hisoblanadi. 1994 yil oktabrda О‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoki о‘rtasida diplomatik munosabatlar о‘rnatilgan. О‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bо‘lish maqsadida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Xususan, 1995 yil JST ga kuzatuvchi sifatida kirdi, respublikada JST ga a’zo bо‘lish bо‘yicha ish olib boradigan ishchi guruh tashkil etildi. 2005 yil oktabrda ushbu ishchi guruhning 3-yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi.
Mamlakatda iqtisodiy va siyosiy barqarorlikka erishish yо‘lida mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab respublikada barqaror investitsiya muhiti shakllantirildi, xorijiy investorlar uchun huquqiy kafolatlar va bir qator qonuniy imtiyozlar yaratildi. Xorijiy investitsiyalar birinchi navbatda sanoatning ustuvor tarmoqlarini, xususan yoqilg‘i-energetika majmuasini jadal rivojlantirish, xalq xо‘jaligining ilm talab sohalarida yangi quvvatlarni barpo etish; respublikaning importga qaramligini kamaytirish; respublikaning eksport imkoniyatlarini kuchaytirish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini kо‘ta-rish, kichik va о‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish, qadimiy hunarmandlik va an’anaviy kasbkorlarni tiklash; о‘zaro manfaatli loyihalarni hamkorlikda yaratish yо‘nalishlarida sarflanmoqda. Xorijiy firmalar, xalqaro tashkilotlar respublikaning kimyo, gaz, neft sanoati, irrigatsiya tarmoqlari, qishloq xо‘jaligini rivojlantirish bо‘yicha yirik investitsiya loyixalarida ishtirok etmoqda.
О‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bо‘yicha respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishning qisqa na uzoq muddatli tarmoq dasturlari ishlab chiqildi: xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bо‘yicha mintaqaviy dastur; Davlat investitsiya dasturi; 2005-2008 yillarda tо‘qimachilik sanoatini, 2005—2010 yillarda qurilish materiallari sanoatini, 2005—2010 yillarda qishloq xо‘jaligi mashinasozligi sanoatini rivojlantirish va zamonaviylashtirish bо‘yicha dasturlar shular jumlasiga kiradi.
AQSH, Germaniya, Fransiya, Turkiya davlatlari, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya, Germaniya, Fransiya na boshqa mamlakatlar banklari kreditlari hisobidan Kо‘kdumaloq gaz-neft koni о‘zlashtirildi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, “Zarafshon-Nyumont” О‘zbekiston — AQSH qо‘shma korxonasi, SHо‘rtan gaz-kimyo majmuasi, yuzga yaqin yengil sanoat korxonalari qurilib foydalanishga topshirildi. Paxta xom ashyosini xalqaro bozor talablariga javob beradigan tayyor mahsulot darajasiga qayta ishlashning jami siklini qamraydigan yangi texnologiyalarni joriy qilish bо‘yicha ham loyihalar amalga oshirildi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalar Xitoy, Koreya, Yaponiya, AQSH, Rossiya, Germaniya, Malayziya, Turkiya va boshqa davlatlardan jalb etildi. Shu jumladan, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi qator xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan О‘zbekiston iqtisodiyotidagi ustuvor sohalarni va infratuzilmani rivojlantirishga oid loyihalarga imtiyozli mablag‘ ajratildi. Faqatgina 2000 - 2005 yillarda О‘zbekistonga jami 2312,7 mln. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb etildi (2000 yilda -85,7; 2001 yilda - 387,5; 2002 yilda - 3,55; 2003 yilda -532,7; 2004 yilda - 433,6 mln.; 2005 yilda — 518,2 mln. AQSH dollari miqdorida)
Xulosa Xalqaro iqtisodiy integratsiya bu - milliy xO'jaliklar (davlatlar) o'rtasida ko'p tomonlama o'zaro barqaror aloqalarning rivojlanishi va mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelgan mamlakatlaming iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan birlashuvi bo·lib. ishlab chiqarish tarmoqlarining turli daraja va kO'rinishdagi o'zaro aloqadorligini ifoda etadi. lahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion jarayonlar asosan ikki darajada (mikro - transmilIiy korporatsiyalarning tashkil etilishi orqali, makro - iqtisodiy 44 siyosatni davlatlararo muvofiqlashtirish siyosati orqali) amalga oshiriladi. Jahon xo'jaligida iqtisodiy integratsion jarayonlarning asosida bir qator obyektiv omillar yotadi: xO'jalik hayotining yanada baynalmilallashuvi; xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; umumjahon ahamiyatga ega bO'lgan ilmiy-texnika inqilobi (lII); milliy iqtisodiyotning ochiqlik darajasi kuchayishi va boshqalar. Jahon xO'jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsionjarayonlar natijasida butun bir valyuta birligiga (dollar. evro, rubl, sO'm va h.k.lar), moliyaviy byudjetga, davlatlararo yoki millatlararo boshqaruv tizimiga asoslangan mintaqaviy xo'jalik tannoqlari tashkil topadi. . G'arbiy Yevropa. Shimoliy Amerika. Osiyo - Tinch oktani mintaqalari Zamonaviy jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy .... integratsiya markazlari bo'lib hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy rivojlanishidagi dolzarb masalalardan biri uning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvidir. Shu bois, YO'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o·tayotgan mamlakat nuqtai nazaridan respublikamiz samarali iqtisodiy munosabatlami rivojlantirish maqsadida, dunyo mamlakatlarining integratsiyalashuv strategiyalarini o'rganish. uni atrofticha tahlil qilish va ular haqida yetarli bilimga ega bO'lish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. «Xalqaro iqtisodiy integratsiya»ning asosiy tushunchalari va tavsiftari taqqoslanganda. ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi darajasi integratsiyaga ta'rif berishning asosiy omili ekanligi asos bo·ladi. Real iqtisodiy integratsiya qatnashuvchi mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy kO'rsatkichlarining muayyan tengligini nazarda tutuvchi ish lab chiqarishning xalqaro umumlashgan darajasini ifodalaydi. lahon mamlakatlarining turli xiI mintaqaviy uyushmalar bilan o'zaro aloqadorligi respublikamizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuviga olib .keladi. O'zbekiston BMT, MOH. Yel, NATO, ASEAN va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo 45 davlatlar bilan o'zaro hamkorlik qilib kelmoqda. O'zbekistonning jahon miqyosida, global darajada amalga oshirilayotgan strategik integratsiyaviy vazifasi - mamlakatning,barcha xo'jalik yurituvchi subyektlariga tashqi dunyo bilan o'zaro hamkorligi uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga javob beruvchi shart - sharoitlami yaratishga qaratilgan. Ushbu vazifaning amalga oshirilishi O'zbekistonning globallashuv jarayonlarida to'liqroq ishtirok etish imkonini beradi. Shu sababli ham ushbu jarayonlar haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish nafaqat iqtisodchi mutaxassislar uchun. balki boshqa soha xodimlari uchun ham foydadan holi emas.