Osiyo davlatlaridan 35 tasida dengizga bevosita chiqish imkoniyati mavjud. Bu holat ularning dengiz savdo yo‘llariga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqishiga imkon beradi. Qit’adagi 47 ta davlatdan 34 tasi respublika, 13 tasi monarxiya boshqaruv shakliga ega. Osiyoda dunyodagi 5 ta mutlaq monarxiyadan 4 tasi (Saudiya Arabistoni, Ummon, Qatar, Bruney) joylashgan. Ma’muriy-hududiy jihatdan Osiyodagi 6 ta davlat federativ tuzilishga ega — Hindiston, Pokiston, Iroq, Malayziya, Nepal va Birlashgan Arab Amirliklari.

Osiyo 5 ta subregionga bo‘linadi: Markaziy, Janubi-g‘arbiy, Janubiy, Janubi-sharqiy va Sharqiy Osiyo. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston Respublikalari Markaziy Osiyo subregionini tashkil qiladi.
Afrika hududining subregionlarga ajratilishi
Afrika subregionlarining xalqaro geografik mehnat taqsimotidagi o‘rni