Jamshid al-Koshiy (vaf. 1430), Qozi-zoda ar-Rumiy (1360-1437). Mirzu Ulug`bek (1394-1449). va Ali-Qushchi (vaf. 1474) ilmiy merosi



Yüklə 30,08 Kb.
səhifə1/3
tarix20.01.2022
ölçüsü30,08 Kb.
#113838
  1   2   3
Jamshid al-Koshiy (vaf.1430), Qozi-zoda ar-Rumiy (1360-1437). Mirzu Ulug`bek (1394-1449). va Ali-Qushchi (vaf. 1474) ilmiy merosi



Jamshid al-Koshiy (vaf.1430), Qozi-zoda ar-Rumiy (1360-1437). Mirzu Ulug`bek (1394-1449). va Ali-Qushchi (vaf. 1474) ilmiy merosi

G‘iyosiddin Jamshid ibn Mas’ud Qoshiy —matematik va astronom.


1380 yil Koshon (u vaqtlar Amir Temur davlatiga tegishli bo‘lgan, hozirgi Eron) shahrida tug‘ilgan. 1413-1414 yillar Amir Temurning o‘g‘li Shohruhga bag‘ishlangan (u davda hokimiyatni Amir Temur boshqargan) astronomik jadvalni tuzgan.
Samarqandda Ulug‘bek madrasasi qurilgach, u ushbu shaharga kelib, Qozi zoda Rumiy va Ali Qushchilar bilan birga Ulug‘bek rahbarligi ostida mashhur Ulug‘bek rasadxonasining loyihalash va qurilish ishlarida ishtirok etadi. Ammo qurilish nihoyasiga yetguncha yashamaydi. Samarqandga dafn etilgan.
Uning qalamiga quyidagilar tegishli:
“Miftax al-xisab” ((forsiyda yozilgan) “Arifmetika kaliti”) - al Koshiyning asosiy asari bo‘lib, arifmetika va algebra bo‘yicha batafsil ma’lumotlar bayonotiga bag‘ishlangan. Fan tarixshunoslar tomonidan yuqori baholangan, ko‘plab ovrupa tillariga tarjima qilingan;
“Ar-Risala al-muxitiyya” ((forsiyda yozilgan) “Aylana haqida risola”) - asar π (pi) soni hamda sin 1° ni o‘z davri uchun o‘ta aniqlakda hisoblashga bag‘ishlangan;
“Zidj Xakani dar takmili zidji Elxani” ((forsiyda yozilgan) “Zidji Hoqoniy”) - Shohruhga bag‘ishlangan astronomik jadvallar.
Ulug‘bekning akademiyasi kabi qimmatli ma’lumotlar mavjud otasiga yozgan maktubi Ovrupa va Osiyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan.
Jomiy al Koshiyning matematika faniga qo‘shgan hissasi
1. Ilk bor (Ovrupada Simon Stevindan 150 yil avval) o‘n karra hisobini kiritgan va undan muntazam foydalangan.
2. Ulug‘bek hamda Qozi zoda Rumiy bilan birga ketma-ketlik yaqinligi usulini ishlab chiqqan, XIX asrda Ovrupada fransuz matematigi E.Pikar tomonidan qayta ochilgan.
3. “Nyuton binomiy” nomi bilan ataluvchi formulaga asoslangan ixtiyoriy ildiz darajalarining yaqin joylashuv usulini ishlab chiqdi.
4. Endilikda “Gorner chizmasi” nomi bilan mashhur ko‘phadni hisoblash uslubini ishlab chiqqan.
Jamshid Koshiyning fan rivojiga qo‘shgan hissasi butun dunyoda tan olingan va munosib baholangan. Uning asarlarining ko‘plab ko‘chirma nusxalari Berlin, Leyden, Sankt Peterburg, London va boshqa davlatlar kutubxonalarida saqlanmoqda. U haqda G. Zuter (Germaniya), V. V. Bartold (Rossiya), E. Kennedi, D. Knut (AQSh) va boshqalar yuqori fikr bildirishgan.

Qozizoda Rumiy - XV asr boshlarida Movoraunnahrda shuhrat qozongan ulkan matematik va astronomlardan biri. Olimning to‘liq nomi Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud.


Qozizoda aslida hozirgi Turkiyaning shimoli-G‘arbidagi Marmara dengizidan janubroqdaga Bursada tavallud topgan. Uning otasi Muhammad "Xoja Afandi" laqabi bilan ma’lum bo‘lib, Salohiddinning bolalik yillarida vafot etgan. Xoja Afandi ancha olim va komil odam bo‘lib, ko‘p yillar Bursaning qozisi lavozimida xizmat qilgan. Salohiddinning tug‘ilgan yili aniq ma’lum emas. Turkcha manbalarda u hijriy 755-765 (melodiy 1354-1364) yillar orasida tug‘ilgan, deb taxmin qilinadi.
Qozizoda boshlang‘ich ma’lumotlarini Bursadagi madrasada olib, astronomiya va matematika bilimlarini mavlono Shamsiddin Fanoriydan o‘rganadi. Lekin u yoshligidan Movoraunnahr va Xurosonda ilm-fanning yuksak darajada ekanligini eshitib, u yerga ketishga taraddud ko‘ra boshlaydi.
Qozizoda XV asr oxirlarida bir kun to‘satdan Bursadan g‘oyib bo‘ladi. Avvaliga u Xurosonga borib, u yerdagi poytaxt Samarqandning shuhrati haqida eshitadi va o‘sha shahar tarafga intiladi. Bu orada Amir Temurning yetti yillik yurishi boshlanib qoladi. Qozizoda yo‘lda Temurning ulamolari qatoriga qo‘shilib qolib, ular bilan orqaga qaytib, yurishda ishtirok etadi va shu ketishda o‘zining Bursadagi ustozi mullo Fanoriyning "Anmuzaji ulum" asariga sharh bitadi.
U Xuroson va Movoraunnahrga kelib olimlardan tahsil olib, bilimini kamolotga yetkazadi. Xususan u Temurning saroy astronomi Mavlono Ahmaddan astronomiya va matematika fanlaridan chuqur ma’lumotlar oladi. Amir Temurning yetti yillik yurishi tugagach, 1404 yil yozida Salohiddin birinchi marta Movarounnahr poytaxti Samarqandga keladi. Tez orada Salohiddin Movarounnahr va Xuroson olimlari orasida "Qozizoda Rumiy" (Usmonli turklar mulki bo‘lib qolgan Kichik Osiyo, ya’ni qadimgi Rim imperiyasi yerlarini Sharqda Rum deyilar edi) nomi bilan shuhrat qozonadi.
1405 yil boshida yuz bergan Sohibqironning vafotidan keyingi Movoraunnahrda hukm surgan notinchlik Qozizodani Ulug‘bek bilan birgalikda Xirotga ketishga majbur qiladi. Bu yerda u bir necha yil davomida bo‘lajak buyuk olimga astronomiya va matematika fanlaridan saboq beradi va unda shu fanlarga nisbatan chuqur va so‘nmas mehr uyg‘otadi. Ulug‘bek keyinchalik o‘z "Zij"ida Qozizodani minnatdorchilik bilan "ustozim" deb tilga oladi.
Ulug‘bekning o‘zi aytganidek, uning ustozi Qozizoda Rumiydir.
Ulug‘bek Samarqandda 1417-1420 yillarda Madrasa ta’sis etib, Qozizodani u yerda rais ul-muallimin nasabiga tayinlaydi va aksariyat hollarda uning darslarida o‘zi ham ishtirok etadi.
Qozizoda Samarqanddaligida juda ko‘p shogirdlar yetishtirdi. Bularning avvali va eng buyugi Ulug‘bekdir. Ikkinchi shogirdi Fathulloh Shervoniy bo‘lib, u 1449 yili Ulug‘bek o‘ldirilishi bilan darhol Kichik Osiyoga ketadi va Kastamonu shahrida mudarrislik bilan shug‘ullanadi.
Qozizoda Samarqandda uylanib, bu nikohdan bo‘lajak yirik olim Miram Chalabiyning otasi Qutbiddin dunyoga keladi.
Qozizodaning vafot etgan yili ma’lum emas. Lekin bu voqea 1426-1436 yillar orasiga to‘g‘ri keladi, deb taxmin qilinadi.
Olimning qalamiga mansub asarlar quyidagilardir: "Risola fi-l-hisob" ("Hisob haqida risola"), "Sharhi mulaxxis fi-l-xay'a" ("Astronomiya haqida qisqacha risolaning sharxi"), "Sharhi ashkol at-ta'sis", "Risola al-jayb" ("Sinus haqida risola"), "Dar bayoni istirohati jaybi yak daraja" ("Bir daraja sinusini aniqlash usulining bayoni haqida"), "Dastur al-amal va tashiq al-jadval" ("Amal dasturi va jadvallarini tuzatish"), "Misoxa" ("O‘lchash"), "Risola fi-l-hay'a va-l-handasa" ("Astronomiya va geometriya haqidagi risola"), "Sharh at-Tazkira", "Sharh Tahrir al-Majistiy", "Risola fi ilm al-hay'a" ("Astronomiya ilmi haqida risola"), "Risola fi rub' al-mujayab" ("Sinus kvadrat haqida risola"), "Lima kana halla kavni nisba irtifa’ a’zam al-jibol ila kutri al-arz kanisba sub’ ard sha’ira ila zira'" ("Nima uchun tog‘larning eng balandining Yer diametriga nisbati arpa donining bir gazga nisbati kabi ekanligi qabul qilingani"'), "Risola fi samiy al-qibla" ("Qibla azimuti haqida risola"), "Sharh hikmat al-ayn".
Ulug‘bek rasadxonasining yetuk namoyandalaridan sanalgan va Ulug‘bekdek buyuk olimni tarbiyalagan Qozizoda Rumiy qoldirib ketgan adabiy-ilmiy meros bugungi avlodning oltin mulki hisoblanadi. Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, bu olimning qator asarlari o‘z tadqiqotchilarini hanuzgacha kutib yotibdi.


Yüklə 30,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin