Javoblar davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro" asarining "Xotima" qismidagi Alisher navoiyga oid qismini to'liq o'qing hamda tahlili eting!



Yüklə 17,97 Kb.
səhifə1/2
tarix31.12.2021
ölçüsü17,97 Kb.
#113065
  1   2
Javoblar davlatshoh Samarqandiyning Tazkirat ush shuaro asarin


JAVOBLAR
1. Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro" asarining "Xotima" qismidagi Alisher navoiyga oid qismini to'liq o'qing hamda tahlili eting!

  Turkiy va forsiyda yozgan. Davlatshoh Samarqandiyga shuhrat keltirgan yirik asari "Tazkirat ushshuaro"dir ("Shoirlar tazkirasi", 1486 y.da yozib tugʻallangan). Tazkiralar Alisher Navoiyga bagʻishlangan boʻlib, juda kup ilmiytarixiy manbalar asosida yaratilgan. Asar muqaddimayetti bob (tabaqa) va xotimadan tashkil topgan. Muqaddimada asarning yozilish sabablari hamda Labid (7-asr), Mutanabiy (915965), Abu Aʼlo al-Maariy (973—1058) kabi 10 nafar mumtoz arab shoiri haqida yozilgan, asosiy boblarda esa 10—15-asrlarda MovarounnahrXuroson va qoʻshni mamlakatlarda yashab ijod etgan 150 dan ortiq shoir va olimlar faoliyati tadqiq etilib, ularning tarjimai holi haqida maʼlumot va asarlaridan namunalar keltirilgan. Tazkiraning xotima qismida Davlatshoh Samarqandiy bilan zamondosh boʻlgan Jomiy, Navoiy, Xoja Afzaliddin Muhammad, Amir Ahmad Suhayliy, Xoja Shahobiddin Abdulla Marvarid hamda Xoja Osafiylar haqida maʼlumot berilgan. Tazkira 10— 15-asrlardagi adabiy jarayon, uning namoyandalari hayoti, ijodini hamda madaniyilmiy va tarixiy sharoitni oʻrganishda muhim manba. "Tazkirat ush-shuaro" Hindiston (18871924), Angliya (1901), Tehron (19581960)da toʻliq nashr etilgan. Ayrim qismlari rusinglizfransuznemisturkoʻzbek tillariga tarjima qilinib, chop etilgan

Ushbu asar xotimasining Alisher Navoiyga bag’ishlangan qismi Navoiyni ulug’lash bilan boshlangan. Ya’ni uning sharofatli nomi kitob muqaddimasining ziynati, saodat devoniga asosiy mazmun ekanligi ta’kidlangan. Navoiyning har tomonlama yetuk inson bo’lganligini Samarqandiyning “Oftobni ta’riflash aql xiraligidan nnishona” degan ta’rifidan ham anglab yetsak bo’ladi. Ushbu asarda Navoiyning ulug’ fazilatlari alohida keltirib o’tilgan. Navoiyning otasiga alohida ta’rif berib, ul zot Sulton Abulqosim Boburning yaqin kishisi ekanligi, saroy ayonlari o’rtasida o’z o’rniga egaligi, shuningdek, farzand tarbiyasiga ham befarq bo’lmagani va shu sababli Alisherdek nodir inson dunyoga kelib, kamol topgani haqida so’z yuritiladi. Sulton Abulqosimning iste’dodni parvarish qiluvchi himoyalovchi insonligi, Sulton Husayn podsholigi davrida ulug’ amir din-u davlat homiysi bo’lganligi, “Xamsa”ning turkiycha javobi, asardagi “Layli va Majnun” dostoniga alohida to’xtaladi. Shuning bilan birgalikda Alisher Navoiyning saxovatpeshaligi haqida ham gapiriladi. Navoiy boshchiligida butun mamlakatda obodonchilik ishlari amalga oshirilganligi, madrasalar, masjidlar, rabotlar qurilganligi alohida ulug’lanadi. Uning savobga ishora qiluvchi so’zlari mana shu ishlari orqali o’z isbotini topdi deyiladi. Agarda Navoiyning butun qilgan ishlarini ushbu kitobda keltirib o’tiladigan bo’lsa cho’zilib ketishi, shuning uchun Xirot atrofida amalga oshirgan ishlari xususida so’z yuritilishi haqida ta’kidlangan, ya’ni bu kitobda keltirilgan savob ishlar Navoiy amalga oshirgan yaxshi amallarning bir qismigina xolos.




Yüklə 17,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin