Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish
O‘zbekiston Respublikasi Konstutitsiyasining 79- va 93-moddalarida qayd etilganidek, amnistiya akti asosida javobgarlikdan va jazodan ozod qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan Senat vakolatlariga kiradi.
Amnistiya normativ xususiyatdagi akt bo‘lib, u muayyan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutatidigan jinoyat qonunini bekor qilmasdan, sud hukmining qarorlarining asosli va qonuniyligini shubha ostiga qo‘ymasdan, jazodan yoki jinoiy javobgarlikdan ozod qiladi, jazoni yengil jazo bilan almashtiradi, yoxud belgilangan muddatlarni qisqartiradi, shuningdek, sudlanganlikni bekor qiladi.
Odatda amnistiya aktlari birinchi navbatda voyaga yetmaganlar, qariyalar, shuningdek, ayollar, homilador ayollarga, shuningdek, boshqa belgilar: jinoyatning xususiyatli va og‘irlik darajasi (ehtiyotsizlikdan sodir etilga, qasddan sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlar) ko‘ra qo‘llaniladi. Ammo boshqa, ijtimoiy-siyosiy asoslarga ko‘ra ham amnistiya aktlari qabul qilingan bo‘lib, ularning doirasi an’anaviy tartibda emas, balki alohida tartibda belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |