Jismoniy madaniyat fakulteti axborot xati



Yüklə 39,5 Kb.
tarix25.11.2023
ölçüsü39,5 Kb.
#134219
Ахборот хати 23 йил 27 октябрь


BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI


AXBOROT XATI

Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida 2023 yil 21-22 noyabr kunlari “Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo va echimlar” mavzusida Xalqaro miqiyosidagi ilmiy anjuman o‘tkaziladi.


Shu munosabat bilan Siz rahbarlik qilayotgan ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilari, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda soha mutaxassislarini anjumanda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishga taklif etamiz.
Ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi: Pedagogika, tibbiyot, farmakologiya va sport ta’lim muassasalari jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. Jismoniy tarbiya va sportning o‘quvchilar, talabalar va oila hayotidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan izlanishlar, tajribalar va ularning natijalari bo‘yicha ilmiy asoslangan fikrlar muhokamasi.
Anjumanda quyidagi yo`nalishlar bo`yicha sho`balar tashkil qilinadi:
1-sho`ba. Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining muammo va yechimlari;
2-sho`ba. Oilada va mahallalarda yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish muammolari va yechimlari;
3-sho`ba. Yosh sportchilarnilarni tayyorlashning noan’anaviy vosita va uslublari;
4-sho`ba. Jismoniy tarbiya va sport sohasida aholini ommaviy sog‘lomlashtirishning innovatsion sport klasterini tashkil qilish;
5-sho`ba. Sport sohasida iqtidorli yoshlarni saralab olish va maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish masalalari.
6-sho`ba. Imkoniyati cheklangan yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb qilish yo‘llari.
Taqdim etiladigan ma’ruza tezislari (maqolalar)ni rasmiylashtirishga quyilgan talablar
Barcha ma’ruza tezislari (maqolalar) tahririyat tomonidan anonimlashtirilgan holatda tekshiriladi va tekshiruvdan ijobiy o‘tgan ma’ruza tezislari (maqolalar) nashr etiladi. Ma’ruza tezislarida berilgan ma’lumot uchun mualliflarning o‘zlari javobgar hisoblanishadi.
Maqola va tezislar “Antiplagiat” dasturi orqali tekshiriladi, matnning haqiqiyligi 65% kam bo‘lmasligi kerak.
- Matnlar hajmi A4 formatda, Microsoft Word matn muharriri yordamida, Times New Roman 14 o‘lchamli shriftda, 1,5 interval oraliqda masofa tashlangan holda tayyorlanadi, (yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm va o‘ngdan 1,5 sm);
- birinchi qatorda maqola yoki tezisning nomi sahifaning o‘rtasida bosh va qalin harflarda, ikkinchi qatorda muallifning ismi-sharifi, ilmiy darajasi, unvoni, ish joyi, lavozimi, telefon raqami va elektron manzili ko‘rsatiladi;
- maqola va tezislar 1 (bir) nusxada tahrir qilingan holda elektron shaklda tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi;
- maqola va tezislarning hajmi 2 betdan kam bo‘lmagan va 5 betdan oshmasligi lozim;
- maqola va tezislarda rus, ingliz va o‘zbek tillarida qisqa annotatsiya, kalit (tayanch iboralar) so‘zlar ko‘rsatiladi;
- tezis yoki maqola oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi, barcha havola (snoska)lar tik qavs ichida ko‘rsatiladi [1];
Konferensiya to‘plamida nashr etilgan ilmiy tezislar (maqolalar) GOOGLE SChOLAR, xalqaro bazasida indeksatsiyalanadi, hamda to‘plamga UDK, BBK, ISBN kutubxona indekslari kitob raqami beriladi.
Ishtirokchilar konferensiyaning yalpi majlisida “Eng yaxshi maqola” va “Eng yaxshi ma’ruza” va bir qancha shu kabi nominatsiyalar sertifikat bilan taqdirlanadilar.
Har bir tezis uchun 20 000 (yigirma ming) so‘m to‘lovi bor.
Eslatma: Materiallar 2023 yilning 15 noyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Konferensiya koordinatori: BuDPI, Jismoniy madaniyat fakulteti
Manzil: г. Бухара, 200100, М.Икбол 11
тел.: +998 (65) 221-26-82;
E-mail: yasha19731115@mail.ru
Yüklə 39,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin