Jismoniy madaniyat nazariyasi va


Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonun, qarorlar boshqarishning asosiy manbalari



Yüklə 203,59 Kb.
səhifə2/43
tarix08.02.2023
ölçüsü203,59 Kb.
#123160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Jismoniy madaniyat nazariyasi va

2. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonun, qarorlar boshqarishning asosiy manbalari
Barcha o’quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanilayotgan fanlar kabi jismoniy tarbiya va sport­ni boshqarish fani eng avvalo O’zbekiston Qonunlari, Prezident Farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Vәazirlar Maxkamasining qarorlariga tayanadi. SHu bilan birga, sog’lom avlodni tarbiyalashda xizmat qiluvchi milliy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlar hamda xalq pedagogikasiga asoslanadi.
Bu fanning asosiy xuquqiy tayanchi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xisoblanadi. Unda fuqarolarning o’z sog’liqlarini yaxshilash, bilim va madaniy saviyalarini oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari kafolatlangan. O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida"gi Qanuni jismo­niy tarbiya va sport harakatini yuritish, unga rahbarlik qiluvchi davlat hamda jamoat idoralarining vazifalari, burchlari va xuquqlarini belgilab bergan. Bu jarayonlar fanni o’rganish va mutaxassislar tayyorlash faoliyatida muxim omil xisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim tutrisida"gi Qanuni barcha turdagi o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslari, darsdan tashqari ommaviy-soglomlashtirish sport tadbirlarini tashkil qilishga yo’l ochib beradi. Bu jarayonlar ham tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatlarining eng muxim tarmog’i sifatida o’z o’rniga egadir.
1993 yilning mart oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan “Sog’lom avlod uchun”or­deri ta’sis etildi. Uning Nizomiga ko’ra sog’lom avlodni tarbiyalab yetishtirish mas’uliyati maktab, tarbiya muassasalari kabi sport tashkilotlari zimmasiga ham yuklangan. Bu yo’lda qalinadigan ishlarning mazmuni va raxbarlik usullari jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani tarkibining asoslaridan biriga aylandi.
O’zbekistonda barcha sohalardagi yutuqlarni ta’minlash mutaxassis kadrlarga bog’liq, ekanligi e’tirof etildi. SHu sababdan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi. Jismoniy tarbiya hamda sportni tashkil qilish va boshqarishda uning ahamiyati bekiyosdir.
Muhim tomonlaridan yana biri shundaki, Respublika Hukumati va mutasaddi vazirliklar, davlat hamda jamoat tashkilotlarining maxsus qarori bilan "Alpomish" va "Barchinoy" maxsus testlari ishlab chiqildi va uni amalda qo’llash joriy etildi. Buning mazmuni va tashkiliy jixatlari asosan sport tashkilotlari hamda jamiyatlari zimmasida bo’lganligi uchun o’zining muhim manbai sifa­tida tan oladi.
O’zbekiston Davlat madaniyat va sport ishlari Vazirligi rasmiy ma’lu-motlariga qaraganda, 1991 yilda 38 kishiga xalqaro toifadagi sport ustasi unvoni berilgan, 350 kishi esa sport ustasi unvoniga sazovor bo’lgan.
Ma’lumki, 1992 yilning yozida Barselonada (Ispaniya) bo’lib utgan yozgi XXV Olimpiya o’yinlarida O’zbekistonning 17 nafar sportchisi qatnashdilar. Ular orasida Galieva R., CHusovitina O. /gimnastika/, SHmonina M. /yengil atletika/ oltin me-dal, Sirtsov S. /og’ir atletika/, Asrabaev /o’q otish/ ku-mush medal va Zaxarevich V. /kilichbozlik/ bronza medali sovrindorlari bulishdi. 1996 yil Atlanta (AQSH)da ugka-zilgan XXVI Olimpiya o’yinlarida A.Bagdasarov (dzyu-do) kumush, Q T laganov (boks) bronza medaliga sazovor bo’lishdi. 2000 yil Sidneydagi (Avstraliya) XXVII Olimpiya uyinlarida MAbdullaev boks buyicha oltin; Artur Taymazov (kurash) kumush, Rustam Saidov, Sergey Mi­xaylov (boks) bronza medallarini qo’lga kiritdilar. O’z­bek kurashi bubicha Xalqaro kurash assotsiatsiyasi to’zildi va 3 marta jahon chempionati o’tkaziddi. Umuman, Respub­lika sporti taraqqiyotning yangi boskichga ko’tarildi.

Yüklə 203,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin