3. Amerika Qo’shma Shtatlarida jismoniy tarbiya dasturi Amerika sporti rivojlanishining bosh markazini o’rta maktablar, kollej va universitetlar tashkil qkladi. To’liqsiz o’rta va o’rta maktablarda jismoniy tarbiya bo’yi cha majburiy darslardan tashqari, makta5 va maktabdan tashqari sport ishlari keng rivojlangan. M akta b o’quvchisiga sport turini tanlash huquqi berilgan. Sportning suvda suzish, engil atletika, futbol, basketbol, voleybol turlari bo’yicha maxsus inshootlarga ega bo’lgan maktablarda bir tomonlama sport mutaxassisligi beriladi. Shu sababdan sport musobaqalari juda ko’p o’tkaziladi. Bundan tashqari, bolalar politsiya qoshidagi sport uyushmalari, kichik xristian assotsiatsiyalari, skaut otryadlarida sport bilan shug’ullanadilar. Undan keyingi bosqich kollej va universitetlar hisoblanadi. Amerika Qo’shma Shtatlari universitetlarida jismoniy tarbiya dasturi uch bo’limdan iborat: 1 kursda barcha talabalar uchun o’quv rejasi asosida majburiy darslar.
Oliy o’quv yurti ichidagi sport mashg’ulotlari, bu mashg’ulot fakultativ shaklida tashkil qilinib, talabalar o’rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan.
Universitetlararo sport, bu iqgidorli sportchilarni o’z ichiga oladi.
Oliy o’quv yurtlariaro sportda shug’ullanuvchilarga yotoqxonada bepul yashash va ovqatlanishga imkoniyat berilishi, ularni sport bilan ko’proq shug’ullanishga otlantiradi. Talabalar sporti rahbarligini ko’pgina tashkilotlar, ayniqsa, oliy o’quv yurtlariaro sport milliy assotsiatsiyasi olib boradi. AQShda sportni rivojlaitirishda havaskor dtletlar uyushmasi va Milliy Olimpiya qo’mitasi asosiy rahbarlik qiladi. Shu sababdan, bu tashkilotlar o’rtasida doimiy kelishmovchilik va o’zaro tortishuvlar mavjud. Bunga asosiy sabab moliyalashtiradigan yagona tizimning yo’qligidir. Bu ko’ngilsizliklarni bartaraf qilish uchun havaskorlik sporti haqidagi qonun qabul qilingan va AQSh Kongressi havaskorlik sporti harakatiga tegishli barcha faoliyatlarni Milliy Olimpiya qo’mitasiga yuklatilgan. AQSh Milliy Olimpiya qo’mitasi sportchilarni Olimpiya o’yinlari va Panamerika o’yinlarida qatnashish uchun tayyorlaydi. Shu bilan birgalikda, xalqaro sport harakatiga aloqador bo’lgan masalalar bilan shug’ullanadi. Germaniya, Angliya, Frantsiya, Yaponiya, Koreya, Xitoy va boshqa taraqqiy qilgan mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportga rahbarlik ishlari davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, sport federatsiyalari, turli uyushmalar, Milliy Olimpiya qo’mitalari ham boshqaruzchilikda faol ishtirok etadi. Sportdan foyda oladigan tashkilotlar, idoralar horijiy mamlakatlarda juda ko’p. Ular o’yinlar paytida savdo, tijorat, reklama kabi faoliyatlardan maqsadli foydalanadilar. Shu sababdan matbuot, televidenie sport markazlari, inshootlarida sportni keng targ’ib qilishda faollik bilan ishtirok etadi. G’Professional sport. Sport klublar, uyushmalar, sport sindikatlari va trestlari (horijdagi faoliyat ko’rsatuvchi tashkilotlar) tomonidan sportning bu yo’nalishi tashkil etiladi. Professional sportchilar shaxsiy va chakana savdo qiluvchi tashkilotlar, xodimlar bilan shartnomalar (kontrakt) tuzadi va ularga xizmat qiladi. Bu jihatlar jahonning barcha mamlakatlariga xos xususiyatga aylandi. Ya’ni engetuk va ishonchli sportchilar kelishilgan narxda sotib olinadi yoki sotiladi. Bunda sportchilarning shaxsiy roziligi, xohishi va tashabbusi asosiy rol o’ynaydi. Professional sportning yana bir o’ziga xos jihati borki, sportchilar cheklanmagan yoki havaskorlik sportidagi qoida yoki normativlardan ustunroq bo’lgan holatlarda (vaqt, texnik-taktik qoidalar va hokazolar) bellashadilar. Masalan, og’ir va mutloq og’ir vazndagi boks, tennis va boshqa sport turlarida bu jihatlar ko’proq uchraydi. Xulosa qilib aytganda, horijiy mamlakatlardagi jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish va boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari bo’lsada, ular xalqaro sport harakatlari talablari doirasida amalga oshiriladi. Ularning eng asosiy maqsadi katta va professional sportni rivojlantirish, uning negizida esa jismoniy trabiya va sport bilan shug’ullanuvchilarni ko’paytirish ko’zda tutiladi.