Jismoniy madaniyat nazariyasi va


Aholining mehnat faoliyatini himoya qilish va ijtimoiy turmush madaniyatini rivojlantirishda kasaba uyushmalari, turli partiyalar, jamg’arma uyushmalarining o’rni



Yüklə 203,59 Kb.
səhifə40/43
tarix08.02.2023
ölçüsü203,59 Kb.
#123160
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Jismoniy madaniyat nazariyasi va

1.Aholining mehnat faoliyatini himoya qilish va ijtimoiy turmush madaniyatini rivojlantirishda kasaba uyushmalari, turli partiyalar, jamg’arma uyushmalarining o’rni
O’zbekiston Respublikasining Konstituqiyasi, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi va boshqa qarorlarida mehnatkash aholi va ishchi-xizmatchi yoshlarning mehnat faoliya­tini himoya qilish va ularning ijtimoiy turmush mada­niyatini tobora rivojlantirib borish masalalariga alohida diqqat-e’tibor qaratilgan. Bu o’z navbatida fuqarolarniig mehnat va yashash faoliyatini yaxshilash omillaridan biri bo’lgan jismoniy tarbiya vositalari, ayniqsa, halq milliy o’yinlari ekanligini e’tirof etishni taqozo qiladi.
Mexnat jarayonini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish har bir ishchi, mehnatkash va aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi ziyolilarning mehnat qobiliyati, jismoniy sog’lomligi, tetikligiga bog’liqdir. Anna shu jihatlar maqsaddagidek amalda bo’lsa, ularning oilalarida doimo yaxshi muvozanat saqlanishi, ya’ni ijtimoiy-madaniy turmush darajasi ko’ngildagidek bo’lishi tabiiydir. Bu, o’z navbatida, mamlakatimiz aholisining moddiy-maishiy ta’minotini yuzaga keltiruvchi, uni ri­vojlantirish usullarining tayanchidir.
Masalaga shu jihatdan baho berilsa, jismoniy tar­biya, sport, sayohat va xalq milliy o’yinlarini aholining kundalik turmush darajasiga chuqur singdirish lozim bo’ladi. Buning uchun esa jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqaruvchi davlat idoralariga bevosita jamotchilik yo’llari bilan ko’maklashish va mustaqil ravishda faoliyat ko’rsatishlarini hayotning o’zi talab etadi. Ana shu vazifalarni amalga oshirishda Respublika kasaba uyushma­lari federatsiyasi kengashi, uning tarkibidagi jismo­niy tarbiya-sport jamiyati («O’zbekiston»), shuningdek «Dinamo», «Yoshlik», «Talaba» sport jamiyatlari, mudofaaga ko’maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti hamda ular­ning viloyat, shahar, tumanlardagi quyi organlari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Ta’kidlash lozimki, O’zbekistonning mustaqilligi yurtimizda demokratik tamoyillar asosida ko’p partiyaviylik jarayonlarini yuzaga chiqardi. Mehnatkash aholi va ziyolilarning ishlab chiqarish va kasb-hunar turlari, munosabatlariga ko’ra turli partiyalar vujudga keldi. Ular «Halq demokratik» (XDP), «Milliy tiklanish», «Fido-korlar», «Adolat» soqial-demokratik partiyalari nomi bilan faoliyat ko’rsatib, mamlakatning xo’jalik siyosiy, madaniy va boshqa sohalarida o’z vazifalari va mavqelariga egadir.
Mamlakatimizda yangi yunalish bo’yicha shakllangan va istiqlol sari rivojlanib borayotgan 20 dan ortiq jamoat tashkilotlari, uyushmalari mavjud. Ular o’z nomlari, maqsadlari yuzasidan «Navro’z», «Mahalla», «Ma’naviyat va ma’rifat», «Sog’lom avlod uchun», «Ekosan», «Kamolot» va hokazo deb ataladi va ma’lum maqsad yo’lida fao­liyat olib boradi.
Yukorida ta’kidlangan barcha tashkilotlar, uyushmalar­ning asosiy maqsadi demokratik tamoyillar asosida barcha Qonunlar, farmonlar va qarorlarni amalga oshirishga qaratilgan. Bu esa Vatan va xalqning osoyishtaligi, aholi-ning mehnat faoliyatini hnmoya qilish xamda ularning ijtimoiy-madaniy turmush darajasini yanada yaxshilash bilan ifodalanadi.

Yüklə 203,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin