Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy- fiziologik asoslari FAN DASTURI 3-Kurs
Bilim sohasi:
100000 – Ta’lim
Taʼlim sohasi:
100000 - Ta’lim
Taʼlim yoʻnalishi:
60112200 – Jismoniy madaniyat
Samarqand-2023
Fan/modul kodi SpIn204
382TFT20123
Oʻquv yili 2023-2024
Semestr 4
ECTS – Kreditlar 4
Fan/modul turi Tanlov fan
Taʼlim tili Oʻzbek
Haftadagi dars soatlari 4
Fan nomi
Auditoriya mashgʻulotlari (soat)
Mustaqil taʼlim (soat)
Jami soat
Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy- fiziologik asoslari
60
60
120
Fanning mazmuni (FM) FO’M1 Fanning o‘qitish maqsadi - Oliy ta’limning fundamentalligi real dunyodagi jarayonlar, ob’ektlar va hodisalar orasidagi munosabatlarni ajratib bila olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda asos sifatida qabul qilingan. Davlat ta’lim standartlari tayyorlanayotgan kadrlarning ko’nikma va malakalariga Yuqori talablarni qo‘ymoqda. Shu talablar zamonaviy sharoitlardan bevosita kelib chiqqan bo‘lib, ularning maqsadi ta’lim olayotgan yoshlardan milliy intellektual elitani shakllantirishdan iborat. Gumanitar ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘yilgan DTS talablari ichida Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasi faniga doir talablar alohida o‘rin tutadi. Bu esa o‘quv rejalarda o‘z ifodasini topdi.
Ushbu dasturda Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy- fiziologik asoslari fani bo‘yicha talabalarni sportda tarbiyalash, sog‘lomlashtirish, davolashlash va tiklanishga qaratilgan yo‘nalishlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida xizmat tizimi bilan tanishtirish, sportchi organizmida tinch holatda va jismoniy mashqlar vaqtida yuzaga keladigan fiziologik jarayonlarni aniqlash, kasallik turlariga qarab davolash jismoniy mashqlarni tashkil qilish va uni o‘tkazish, har bir muolajani gigienik sog‘lomlashtirish ahamiyatini yuzaga keltirish va sport shikastlanishlarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatish kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi
Bu fanni vazifas jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarni gigiyenik omillarga rioya qilgan holda,organizmning fiziologik imkoniyatlarini hisobga olgan holda,patologik holatlar va shikastlanishlarda tiklanishni to’g’ri tashkil etishni to’g’ri yo’lga qo’yishni o’rgatishdan iborat.
FM2 Faning vazifasi - Fan va taʼlim integratsiyasi mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda innovasiyalarni taʼlim tizimiga keng jalb etish, zamonaviy axborot-kommunikasiya tizimidan keng foydalanish.