Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Jismoniy tarbiya darsining vazifalari va unga qo‘yilgan talablar



Yüklə 453,17 Kb.
səhifə117/178
tarix26.11.2023
ölçüsü453,17 Kb.
#135727
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   178
jismoniy madaniyat

Jismoniy tarbiya darsining vazifalari va unga qo‘yilgan talablar


Jismoniy tarbiyada pedagogik jarayonning natijalari jismoniy tarbiya darslarida olib boriladigan o‘quv- tarbiyaviy ishlarning sifatiga boliq. Bunga xar bir dars zamiridagi qator vazifalarni xal etish bilan erishiladi.
Jismoniy tarbiya darslari taolim berish (o‘qitish), tarbiyalash va solomlashtirishdek jismoniy tarbiya jarayoni- ning umumiy vazifalaridan kelib chiqib, xar bir dars uchun aniq «Tanishtirish», «O‘zlashtirish», «mustaxkamlash»,
«Tako-millashtirish»dek mazmunga ega bo‘lgan xususiy vazifalarni qo‘yish va uni xal qilishni nazarda tutadi.
Taolim berish vazifalari bolalarni jismoniy tarbiya dasturda tavsiya qilingan mashqlarni bajarishga, o‘rganilgan mashqlarni mustaxkamlash va takomillashtirishga, shuningdek, malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga xamda o‘rganilgan mashqlarni turli sharoitda amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishga yo‘naltiriladi. Taolim vazifalarini izchil ravishda bajarish jismoniy tarbiya dasturidagi butun o‘quv materiallarini izchil va mustaxkam o‘rganishga olib keladi.
Taolimning ayrim vazifalarini xal etish uchun nisbatan uzoq vaqt yoki qator ketma-ket darslar zarur vazifalar boshqa xillarini xal etish uchun esa bir darsning o‘zi kifoy qiladi. Masalan, arqonga maolum usulda tirmashib chiqish va uni bajarishda xarakatlar ketma-ketligini bir darsning o‘zida texnik jixatdan mukammal o‘rganib olish mumkin emas. Bu umumiy vazifa, buni xal qilish uchun turkum darslar lozim. Qolaversa, shuullanuvchini xarakat koordinatsiyasi, jismoniy tayyorgarligi, o‘zlashtirish qobiliyati (qabul qilishi), o‘zlashti-rilayotgan xarakatga o‘xshash xarakat zaxirasiga xam boliq.
Arqonni oyoqlari bilan ushlab tirmashib chiqishga bir darsda o‘rgatish mumkin. Bu kichik xususiy vazifa bo‘lib, uni mazkur darsning aniq vazifalaridan biri sifatida xal qilinadi. Taolimning vazifalari, yuqoridagilardan tashqari o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sport, soliqni saqlash, chiniqish, jismoniy mashqlarni to‘ri bajarish xaqidagi nazariy bilimlarini oshirishlari bilan xam xal qilinadi. Jismoniy tarbiya darslarida faqat taolim-tarbiya emas, balki insoniy fazilatlar eotiborlilik, diqqatini boshqara olishi, intizomi, irodasi, saranjomliligi, maqsadga inti-lishi, mustaqilligi va qiyinchildiklarni yengishdagi qatoiyyati va boshqalarni qo‘shib tarbiyalash talab qilinadi.

Yüklə 453,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin