Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Jismoniy tarbiya darsini taxlili



Yüklə 453,17 Kb.
səhifə131/178
tarix26.11.2023
ölçüsü453,17 Kb.
#135727
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   178
jismoniy madaniyat

Jismoniy tarbiya darsini taxlili


Xar qaysi o‘qituvchi o‘zining va kasbdoshining darsini taxlil qila olish malakasi va ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. To‘ri tashkil qilingan pedagogik kuzatish va darsning taxlili jismoniy tarbiya mutaxassisini fikrlash faoliyatini va o‘qituvchilik maxoratini shakllanishi va yuksalishiga zamin yaratishi amalda isbotlangan.
Taxlil ikkiga: umumiy va maxsus bo‘ladi. dasrning umumiy taxlili deganda: dars zichligi, darsda jismoniy yukni bajari-lishi va darsning o‘quv tarbiyaviy yo‘nalishidagi komponentlari umumlashtirish orqali yakuniy baxolanishi tushuniladi.
Odatda maktab pedagogika kollektivi vakili, maktab ilmiy bo‘lim mudiri yoki maktab direktori darsini aloxida komponentini (o‘qituvchi, o‘qituvchi faoliyatini, darsda o‘zlash-tirishi va shunga o‘xshashlarni...) ajratib olib darsni ayrim qisman taxlil qilish mumkin.
Taxlilining bu shakli dars uchun to‘la baxo berish imkonini bermaydi.

  1. Darsning taxlilidan maqsad:

  • maktab o‘qituvchisining ish faoliyati bilan tanishish va uni o‘rganish;

  • maktabda jismoniy madaniyat fanini o‘qitishning xolatini va o‘quvchi nazariy bilimlari, amaliy xarakat, malaka va ko‘nikmalarni qanday darajadaligini o‘rganish;

  • maktabda ommaviy fizkulptura solomlashtirish va sport ishlarini uni borishini taxlillash;

  • ilor ish tajribasini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatishdir.

Taxlil uchun darsni kuzatish va taxlil natijalarini qayd qilish oson jarayon emas. Amalda dars taxlili uchun oldindan savollar yozilgan anketalardan, chizmalardan, grafiklardan, kartochkalardan foydalandik, bu taxlilni yuzakiligiga yo‘l qo‘ymaydi, darsni tub mazmunin, qo‘yilgan vazifalarni xal qilinishini to‘ri baxolashga sharoit yaratadi.

  1. Jismoniy madaniyat darsini taxlilida yoritilish lozim bo‘lgan masalalar:

  • o‘qituvchilar va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi;

  • darsning mazmuniga, tashkil qilinishi, o‘tkazilishiga to‘la darsni kiritish (tayyorlov) asosiy va yakunlov qismlari bo‘yicha baxo berish;

  • o‘qituvchini va o‘quvchini faoliyatini baxolash;

  • darsning tashkiliy daqiqasiga unda qo‘llaniladigan iboralar, atomlar, nutq, muomala, madaniyatiga baxo

berish;

  • darsning taxlilini yakuniy matnga, o‘qituvchiga maslaxat lozim bo‘lsa tavsiya va ko‘rsatmalar.

  1. Taxlilchini dars boshlanguncha bajaradigan ishlari.

Taxlil uchun darsni kuzatilishini boshlanguncha taxlilchi sinfning pedagogik xarakteristikasi, o‘quvchilarning
yoshi, jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkich-lari, soligini xolati, o‘zlashtirish, natijalarini o‘rganadi. O‘qituvchining umumiy va kasbi bo‘yicha ish staji, xaqida umumiy bo‘lsada maolumot oladi. Darsning o‘tkazish joyi, muddati, darsni mavzulari, reja grafigi bo‘yicha tartib nomeri, ro‘yxat bo‘yicha sinf o‘quvchilarining (qizlar, bolalar) sonini, darsning jadval bo‘yicha nomeri, darsni boshlanishi va tugallanishi muddatlarini qilish shart.

  1. O‘quvchilarni dars davomidagi intizomi, xulqi, o‘zla-rini tutishi vu ularning faoliyatini tashkil qilishni o‘zlashtirni taxlili:

  • jismoniy mashqlarni bajarishga o‘quvchilarni munosa-bati, materialga qiziqishini uyota olish masalalari;

  • dars intizomini buzilish sabablari;

  • darsga o‘qituvchini munosabati;

  • o‘qituvchining ko‘rsatma va buyruqlarini ishorasi;

  • onglilik-faollik darajasi;

  • o‘quvchilarni mashq bajarishlarini baxolash (ritm, surat, temp, intensivlik meoyor);

  • darsda ularning xakalik, navbatchilik va gruppalarga bosh bo‘lishdek majburiyatlarini bajarishga munosabatlari.

  1. Darsda o‘qituvchining raxbarlik roli, o‘zini tutishi va faoliyatini taxlili;

Raxbarlik roli: o‘ziga ishonish, qatoiyat, tirishqoqligi, talabchanligi, o‘quvchilar orasida obro‘yi, ular bilan muloqoti va ularga munosabati, sinfni qo‘lda tutishi.
O‘zini tutishi: bardamligi (emotsional xolati), sustkash-ligi, o‘zini tarbiyalash, bolalarga nisbatan ziyrakligi, sezgir-ligi, ishchanlik fazilati.
Nuqti: ovozi, buyuruqlarini, ko‘rsatmalarini, to‘riligi, muomala va nutq madaniyati.
O‘qituvchining tashqi qiyofasi: kiyim bosh (spor formasi), xipchanligi, epchilligi, qomati.
O‘qituvchining o‘quvchi bilan yakkama-yakka muloqati: aktivligi, passivligi (sustligi), ishonchi, dadilligi, qatoiyan, ulgurishi.

  1. Fizkulptura darsida tarbiyaviy ishni amalga oshiri-lishi: diqqatni tartiblanishni va mashqni bajarilishiga qiziqish uyotish, intizom, qattiq tutish, o‘rtoqlik, kollekti-vizm va boshqa sifatlar. Axloqiy tarbiyanng xilma-xil uslub- lanishidan foydalana olish (tushuntira olish, ishontira olish, maolum axloq normalariga rioya qilishga o‘rgati olishi, rabatlantirish va boshqalar) ularning maqsadga muvofiqligi, unumligi.

O‘quv predmeti bo‘yicha dunyoqarashini shakllantirish, xarakat malakasi va ko‘nikmasini shakllantirishiga boliq bo‘lgan bilimlar bilan taominlashi. Dars jarayoni davomida fizkulptura aktivini tayyorlash, o‘qituvchini mashulotlaridan ozod qilingan o‘quvchilar bilan ishlashi.

  1. Taxlilchini saviyasini taxlilini sifatiga taosiri: Darsni kuzatish va uning taxlilini ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, o‘quv tarbiya faoliyatini barcha tomonlarini ko‘z o‘ngida tutish uchun, maosul darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talabini qo‘yadi.

Kuzatilganki, bir vaqtni o‘zida moxiyatiga yetib va baxolash mavjud vaziyat (xolat) uchun maqsadga mos keladigan qarorni nazarda tutib, fikr ayta olish dars o‘tkazayogan o‘qituvchi fikrini o‘qiy olish (u nima qilmoqchi), tavsiyanoma belgilash, xujjatlarni kuzatish protokollaridan, rejalar so‘roq, varaqalari va boshqalarni to‘ri tuzata olish va undan foydalanish. Darsga beriladigan tavsiyanomadagi maslaxatlar-ni, matnini tushunarliligi masalalari taxlilini sifatiga taosir etadi. Biz quyidagi foydalanishga tavsiya qilayotgan dars pedagogik taxlilning tayyor sxemasi fizkulptura metodislari, metod birlashmalar boshliqlari, viloyat, noxiya, shaxar, xalq taolimi nazoratchilari, umumtaolim maktablarining jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilari va oliygoxlarining jismoniy tarbiya kulliyoti talabalari bilan amaliyotda bir necha yil davomida ko‘rindi va ish jarayonida qo‘llash mumkin degan xulosaga kelindi.



Yüklə 453,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin