Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 453,17 Kb.
səhifə2/178
tarix26.11.2023
ölçüsü453,17 Kb.
#135727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178
jismoniy madaniyat

SO‘Z BOShI


Eotiboringizga xavola etilmoqda jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi o‘quv predmetining mazmuni xozirgi kunda nisbatan mustaqil lekin bir-biri bilan o‘zaro uzviy bolangan muammoli sikllardan tashkil topgan bo‘lib, oliy o‘quv yurti mutaxassislaridan jismoniy tarbiya soxasi uchun maxsus kasb-xunarga ega bo‘lgan ixtisoslikni puxta egallagan pedagogni tarbiyalashni nazarda tutadi.


Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlay-digan Oliy o‘quv yurtlarining talabalari, magistrlari, o‘rta maxsus taolim muassasalarining o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan ushbu darslik jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya bakalavri o‘quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib, jismoniy tarbiya mutaxassisiga kasb tayyorgarligining ilmiy, nazariy va amaliy materiallarini o‘zida mujassamlashtirgan va jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etish masalalarida yordam beradi.
«Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da ko‘rsatilgan kamchiliklar va muammolar «Jismoniy tarbiya»,
«Chaqiriqqacha xarbiy tayyorgarlik va jismoniy tarbiya» o‘quv predmetiga xam tegishli. Kadrlash tayyorlashning milliy modeli talablaridan kelib chiqib jaxon standartdariga javob beruvchi, ilor xalqaro tajribalarga tayanib yozilgan maxsus adabiyotlarga ayniqsa, davlat tilida yozilgan o‘quv materiallari muxtojlik katta. Biz mavjud xolatdan kelib chiqib soxaning keng ko‘lamdagi ilmiy izlanishlarining nazariy va amaliy materiallarini barchasini qamrab olish imkoniyatida yiroqligimizni nazarda tutib, rusiy zabon olimlarimizning (L.P.Matveev, A.D.Novikov, B.A.Ashmarin, M.Ya.Vilenskiy, V.M.Kachashkin va boshqa qator mualliflarning) darsliklari asosida jismoniy tarbiya naza-riyasi va metodikasining faqat umumiy asoslarinigina bayon qilishni maqsad qildik.
Darslikda avvalo, «Jismoniy madaniyat», «Chaqiriqqacha xarbiy tayyorgarlik taolimi va jismoniy tarbiya» ixtisosligi beruvchi oliy o‘quv yurti jismoniy madaniyat fakulptetlari talabalarining «Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi»ga oid nazariy bilimlar turkumini to‘la qamramay, faqat jismoniy madaniyat o‘qituvchisi uchun lozim bo‘lganlarinigina o‘z ichiga olgan. Uni mutaxassislik uchun to‘laqonli darslik deyish fikridan albatta uzoqmiz.
Rus tilida chop etilgan darsliklardan farqli o‘laroq, darslikning «Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy moxiyati» yoritilgan bobida jismoniy madaniyatning jamiyatdagi o‘rni, uning xizmatlari, sport jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘limida esa bolalar, o‘smirlar sporti, professional sport va maktab sportiga oid mavzuni kengroq berdik.
«Jismoniy sifatlarni rivojlantirish» bobida turli yoshdagi maktab o‘quvchilarining xarakat sifatlarini fiziologik asoslari va ularni tarbiyalash metodikasi, xarakat malakasi va ko‘nikmasi zaxirasini oshirish uslubiyati, taolim jarayonida sodir bo‘ladigan xatolar, ularni aniqlash va tuzatish uslubiyati, o‘qitish metodlarining moxiyatini chuqurlashtirish va samara-dorligini oshirishga oid nazariy material berishga urindik.
Darslik asosan jismoniy madaniyat fakulptetlari-ning talabalari, magistrlari umumtaolim maktablari, akademik litseylar, gimnaziyalar va boshqa turdagi o‘rta taolim va o‘rta maxsus davlat taolimi jismoniy tarbiya mutaxassislari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, bolalar, o‘smirlar sport mak-tablari trenerlari, fizkulptura va sport yo‘riqchilari va ko‘p sonli fizkulptura va sport ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan.
Tavsiya etilgan darslik Ôàðüîíà, Namangan Davlat universitetlarining, Qo‘qon Davlat Pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakulpteti o‘quv tarbiya jarayonida 1990-2006 yillar davosida sanaldi. U kamchilik va munozarali muammo-lardan xoli emas. Ayniqsa, jismoniy madaniyat atamalarini qo‘llash, ularning mazmuniga oid izoxlar baxs va fikr alma-shinuvini taqazo etadi. Shu yo‘sinda o‘zlarining fikr mulo-xazalarini bildirgan kasbdoshlarimizga oldindan samimiy minnatdorchiligimizni izxor qilamiz.
Manzilimiz: 712000, Ôàðüîíà shaxri, Ôàðüîíà Davlat universitetining o‘quv-uslubiy bo‘limi, B.Usmonxo‘jaev ko‘chasi, 19 uy.



  1. Yüklə 453,17 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin