Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 453,17 Kb.
səhifə26/178
tarix26.11.2023
ölçüsü453,17 Kb.
#135727
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   178
jismoniy madaniyat

Xarakat ritmi deganda, ativ muskul zo‘riqishi va taranglashishining maolum vaqt ichida passiv va kuchsiz xarakat fazalari bilan boliq xolda namoyon bo‘ladigan xarakterli tomonlarini tushunamiz. Bu xususiyat xar qanday to‘liq xarakat aktida mavjud bo‘ladi. Shunday qilib, xarakat ritmining fazoda maolum vaqt davomida zo‘riqishning xarakat tizimi tarkibida nisbatan to‘ri va o‘z o‘rnida uyushtirilishi bilan belgilashimiz mumkin. Xar qanday, xatto noto‘ri bajarilgan xarakat akti tarkibida xam (xarakat bo‘laklarining uzun qisqaligiga boliq) maolum xarakat ritmi bor.
Demak ritm ratsional, to‘ri, yuqori natijaga olib keluvchi yoki noratsional, noto‘ri, natija samarasini pasaytiruvchi bo‘lishi mumkin. Ritmni majburiy sharti mavjud xarakat tarkibida kuchli, uni boshqa bo‘laklariga nisbatan uru beradigan, eotiborga loyiq xarakat tarkibidagi xodisa (xarakat)ning borligi ularning o‘rin almashinuvini maolum vaqt intervalida takrorlanishidir.
Ratsional sport texnikasini egallashning eng axamiyatli ko‘rsatkichlaridan biri jismoniy mashqni bajarishda muskul zo‘riqishining to‘ri va o‘z vaqtida navbatlashuviga erishishdir. Xarakatning aksent (eotibor) beradigan qismiga eng kuchli zo‘riqish to‘planadi. Bu zo‘riqishdan kelib chiqqan xarakat maolum vaqt passiv davom etadi. Aksent berilgan davrning intensivligi qanchalik kuchli bo‘lsa, ish samarasi shuncha yuqori bo‘ladi, xarakatning passiv fazasidan to‘laqonli foydalanish mumkin. Trenirovkalar taosiridan zo‘riqishning keskin kucha-yishi va pasayishi xamda xarakatning aktiv va passiv faza-larining davomiyligi cho‘zilishi mumkin. Yuqori malakali sportchilarda xarakat ritmi standart sharoitda turun xarak-terda bo‘ladi.
Xar qanday aniq xarakat faoliyati maolum shaxs tomonidan texnik jixatdan yuqori maqom darajasida bajarilsa shu mashqni bajarishdagi ratsional ritm eotiborimizga tushadi. Lekin uni xar qanday ritmga xam abstrakt xolda qo‘llash mumkin bo‘ladigan «ritm» deb qarash noto‘ridir. Xar bir sportchini individual xususiyatlari evaziga xarakatni bajarishda o‘z ritmi bo‘ladi. Lekin ritmdagi variatsiya belgilangan chegarada ushbu faoliyatning asosiy ratsional strukturasidan chiqmasligi kerak. Shunga ko‘ra, ritm xarakat faoliyati tarkibidagi aloxida-aloxida elementlarni bir butun qilib bolaydi, xarakatni tezlashtirish yoki sekinlashtirish bilan uning umumiy ritmik shakli o‘zgarmaydi. Jismoniy mashqlarning ritmlari inson tomonidan ongli ravishda ratsional texnikaning oboektiv qonunlari asosida shakillantiriladi va boshqariladi.
Taolim jarayonida shuullanuvchi yoki o‘quvchiga xarakatning aksent berilgan qismlariga vaqtning qisqa muddatlarida katta zo‘riqishni to‘plab, uni ishlataolsa, asosan ishlayotgan muskul-larni birlashtirib ularga dam berish imkoni yaratiladi. Natija esa yaxshi bo‘ladi. Yuqori malakali sportchilar, sirk artistlari mashq bajarishdagi o‘zlari uchun moslab shakllan-tirgan ritmlar asosida xarakatning aksent beradigan qismi-gagina katta zo‘riqishda bajaradilar.
Xarakatlarning kuchi inson jismi yoki uning ayrim qismlari xarakatiga taosir qiladigan ichki va tashqi
kuchlarga bo‘lamiz.

Yüklə 453,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin