Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Gigienik omillar jismoniy tarbiya vositasi sifatida



Yüklə 453,17 Kb.
səhifə34/178
tarix26.11.2023
ölçüsü453,17 Kb.
#135727
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   178
jismoniy madaniyat

Gigienik omillar jismoniy tarbiya vositasi sifatida


Gigienik omillar shaxsiy va jamoat gigienasi talab-larini o‘z ichiga olib, mexnat gigienasi, ovqatlanish, dam olish va tashqi muxitning zararli faktorlari va boshqalar jismoniy mashqlarni bajarish (dars, mustaqil mashq qilish, trenirovka) mashulotlarida gigienik talab va normalarga rioya qilishni taqazo etadi. Ular jismoniy mashqlar taosirchanligini, Samara-dorligini oshirishini ilmiy, amaliy jixatdan isbotlagan.
Gigienik sharoitni yetarli darajada taominlash, jismo-niy tarbiya uchun foydalaniladigan moddiy-texnik baza, sport anjomlari, jixozlar va mavjud kiyim-boshning xolatiga boliq.
Jismoniy mashqlar, tabiatning solomlashtiruvchi kuchla-ri va gigienik omillarni ratsional qo‘llash inson salomat-ligini mustaxkamlaydi va jismoniy qobiliyatlarni rivojlan-tiradi.
Jismoniy mashqlar bilan shuullanish mashulotlari inson xayotiy faoliyatining organik qismiga aylansagina jismoniy tarbiya tizimining solomlashtirilishiga yo‘nalti-rilgan prinsipni amalga oshirishning imkoni bo‘ladi. Boshqa tomondan, kerak bo‘lgan gigienik normalarga rioya qilinsagina jismoniy mashqlar kerak bo‘lgan samarasini beradi. Jismoniy tarbiyaning maxsus vositasi xisoblanmasa xam gigenik omillar jismoniy tarbiyaning vazifasini to‘laqonli xal qilish uchun axamiyat kasb etadi. Pedagogik jarayon qanchalik puxta tashkil-lanmasin, ovqatlanish, uyqu kun tartibiga rioya qilinmasa, shuningdek, mashulotlar tibbiyot talablariga javob bermay-digan joy va jixozlar bilan o‘tkazilsa, ular albatta samarasiz bo‘ladi. Mana shuning uchun maktablardagi jismoniy tarbiya dasturlariga gigienaga oid bilimlar mazmunini ifodalovchi nazariy maolumotlar uchun mavzular tavsiya qilingan. Ular jismoniy tarbiya jarayonidan tashqaridagi insonning xayotiy faoliyatini tashkillovchi va jismoniy tarbiya jarayoni tarki-bidagi vositalardir.


    1. Jismoniy mashqlarning taosirini belgilovchi omillar


Xar xil jismoniy mashqlarning samarasi turli xil yoki turli xildagi jismoniy mashqlar bir xil tarbiyaviy taosir ko‘rsatishi amaliyotda isbotlangan. Demak, bu jismoniy mashqlar doimiy bir xil taosir xususiyatiga ega emasligining isbotidir.
Tarbiya jarayonida jismoniy mashqlarning samarali taosirini belgilay oladigan omillarni bilish pedagogik jarayonni boshqarishni osonlashtiradi. Bu omillar quydagicha guruxlanadi:

  1. O‘qituvchi va o‘quvchilarning shaxsiy tavsifi omili. Taolim jarayoni ikki tomonlama o‘quvchilar o‘qiydi, o‘qituvchi o‘qitadi. Shuning uchun jismoniy mashqlarning taosiri keng darajada kim o‘qitayotganligiga va kimlarni o‘qiyotganligiga, axloqiy sifatlariga va iqtidori (intellekti)ga, jismoniy rivojlanganligiga va tayyorgarligi darajasiga, shuningdek, birlamchi bajara olish malakasi, qiziqishi, xarakat faolligi xamda boshqalarga boliq.

  2. Ilmiy omillar – jismoniy tarbiyaning qonuniyatla-rini tomonidan anglanishi meoyorini xarakterlaydi. Jismo- niy mashqlarning pedagogik, psixologik, fiziologik xususiyat-lari qanchalik chuqur ishlab chiqilgan bo‘lsa, pedagogik vazifa-larni xal qilish uchun ulardan shunchalik samarali foydalanish mumkin.

  3. Metodik omillar – jismoniy mashqlardan foydala-nishda amal qilinadigan juda keng qamrovdagi talablar guruxini umumlashtiradi.

Jismoniy mashqni o‘qitish davomida yoki boshqa pedagogik vazifani xal qilish uchun qo‘llanayotgan usuliyat (jismoniy qabiliyatni ochsin, o‘zlashtirishni osonlashtirsin) masalan, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda quyidagilar xisob-ga olinadi, birinchidan jismoniy mashqdan kutilayotgan samara, yaoni bu mashq bilan qanday vazifalar (bilim berish, tarbiyalash, yoki solomlashtirish)ni xal qilish; ikkinchidan, jismoniy mashqni tuzilishi, statik yoki dinamik mashqmi, siklik, atsiklik xarakatmi yoki boshqasimi; uchinchidan, mumkin bo‘lgan takrorlash usuliyatlari (bo‘laklarga ajratib yoki mashqni to‘la bajarish bilan o‘rgatish maqsadga muvofiqmi, takror-lashlar oraliida aktiv dam olishni qo‘llash kerakmi yoki passiv dam olishni taominlay oladimi va xokazolar). Jismo-niy mashqlarning bunday xarakteristikasi qo‘yilgan pedagogik vazifalarni xal qilish uchun jismoniy tarbiya vositalari va metodlarini tanlash imkonini beradi.
Jismoniy mashqlarning samarasi optimal yuklamani belgilay olish orqaligina bo‘lishi mumkin. Faoliyatda yuklama-ning davomiyligi xamda uning intensivligi, takrorlash chasto-tasi (interval va dam), takrorlashlar oraliidagi dam olish-ning xarakteriga boliq. Yuklamani boshqarishda yuqorida ko‘rsatilayotgan xollarning o‘zaro munosabati xisobiga olinishi shart. Masalan, mashqning bajarilish davomiyligining ortishi uning intensivligining pasayishiga olib kelishi qonuniyati bilan belgilangan.
Jismoniy mashqning natijasi uning ijro usuliga boliq. Masalan, arqonga uch usul bilan tirmashib chiqish erkin usul bilan tirmashib chiqishdan samaraliroqdir, chunki uch usul qo‘llanganda balandroqqa chiqish imkoni bo‘ladi.
Jismoniy mashq bajargandan so‘ng organizmda maxsus funksional o‘zgarish vujudga keladi va u maolum vaqtgacha organizmda iz qoldiradi, saqlanib turadi. Vujudga kelgan o‘zgarish fonida keyingi mashqning taosir samarasi yanada boshqacharoq bo‘lishi mumkin. Dastlabki va so‘ngi mashqda mashu-lot samaradorligi ortishi yoki pasayishi mumkin. Masalan, diqqat uchun mashqlar navbatidagi qiyin koordinatsiya talab qiluvchi xarakatlarni bajarishni osonlashtirsa, dumbaloq oshish mashqlaridan so‘ng muvozanat saqlash mashqlarini o‘zlashtirish qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Taosir-ning oz yoki kuchlilik darajasi o‘zining chuqurligi va davo-miyligi,
o‘quvchi xolati uning jismoniy, aqliy tayyorgarligi va xokazolarga boliq. Mashqlar taosirining kompleksini ishlab chiqish xarakat faoliyatining asosiy taosiri samarasini xisobga olishga imkoniyat yaratadi. Jismoniy tarbiya jarayoni mashqlar taosiri tizimini xar bir yosh guruxi uchun ishlab chiqishni taqazo etadi.

  1. Yüklə 453,17 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin