Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


BOB. JISMONIY (XARAKAT) INI SIFATLAR VA ULARNI RIVOJLANTIRISh



Yüklə 453,17 Kb.
səhifə35/178
tarix26.11.2023
ölçüsü453,17 Kb.
#135727
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   178
jismoniy madaniyat

BOB. JISMONIY (XARAKAT) INI SIFATLAR VA ULARNI RIVOJLANTIRISh


Tarixan mavjud bo‘lgan jismoniy tarbiya tizimlariga insonning jismoniy (xarakat) sifatlarini tarbiyalay olishiga qarab baxo berilgan. Insonning organizmida turli darajada shakllangan kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, tana bo‘inlari xarakatchanligi va muskullar egiluvchanligini jis-moniy sifatlar deb atash qabul qilingan. Inson organiz- mining shu sifatlarini qanday namoyon qila olishiga qarab individga kuchli, chaqqon, tezkor va x.k. deb baxo berganlar. Bu sifatlar o‘lchovga ega, uning ko‘rsatkichlari jismoniy tayyorgar-lik ko‘rsatkichlari deb ataladi va ko‘rsatkichlar orqali individning ijodiy mexnatga va vatan mudofaasiga tayyorligi aniqlanadi. Masalan, individ 100 kg oirlikdagi shtangani yelkaga olib faqat 3 marotaba o‘tirib tura olsa, boshqasi shu vazn bilan 5 marotabadan ortiq o‘tirib tura olishi mumkin. Shu mashqni ikki marta ortiq bajarganligi uchun ikkinchi o‘rtoq-ning kuch sifati rivojlangan deb baxolanadi. Bu sifat organizmning suyak, muskul va boshqa aozolarining to‘qimalari, xujayralari va xokazolarning rivojlanganligigagina boliq bo‘lmay, maonaviy-ruxiy fazilatlariga xam boliq. Shuning uchun xarakat sifatlarini tarbiyalash maonaviy-ruxiy fazilat-larni tarbiyalash ishi bilan cham barchas boliq va tarbiyaning shu yo‘nalishiga vosita bo‘lib xizmat qiladi.


Xarakat sifatlarini tarbiyalashga intilish insoniyat-ning azaliy orzusi. Mexnat qurollari, xarbiy anjom va aslaxa bilan muomala qilishning samaradorligi tabiat insonga inoom etgan va uni tarbiya jarayonida rivojlantirish mumkin bo‘lgan jismoniy fazilatlarga boliq tarbiyalash lozimligi masala-sini ko‘ndalang qo‘yadi.
Jismonan barkamol, axloqan pok, estetik didli, eoti-qodli, sadoqatli, texnika ilmining zamonaviy asoslarini puxta egallagan, xar taraflama maonaviy yetuk, jismonan garmo-nik rivojlangan kishini tarbiyalash xozirgi kungacha davrimiz-ning asosiy vazifalaridan biri deb xisoblanib kelindi. Xozir xam bu dastur o‘z axamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U mamlaka-timizda amalga oshiralayotgan “solom avlod uchun” dasturining o‘zagini tashkil etadi.
Xulosa qilganda jismoniy tarbiyani, xususan, jismoniy sifatlarni rivojlantirishni moxiyatining yuqoriligi va salmoqliligi ko‘zga yaqqol tashlanib turibdi. Shuni qayd etish kerakki, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda ularning (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va xokazolarning) barchasini o‘zaro uzviy bolab olib borishni tarbiya jarayoni taqazo qiladi. Lekin sportning maolum bir turida muayyan fazilat kuchliroq shakllanadi, rivojlanadi va u yetakchi xarakat sifati tarzida nomoyon bo‘ladi. Boshqa sifatlar xam nisbatan rivojlanadi, lekin ular yordamchi, ko‘makchi xarakat sifati tarzida namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, sport o‘yinlaridan basketbolda asosan chaqqonlik sifatini rivojlantiradi deb xisoblansa, tezlik yordamchi sifati tariqasida rivojlanadi. Lekin basketbol chidamlilikni xam tarbiyalashda asosiy vosita-dir. Oir atletikachilarda kuch jismoniy sifati yetakchi fazi-lat sanaladi. “Siltab ko‘tarish (rqvok)”ni ko‘p mashq qilish esa tezkorlikni rivojlantiradi. Amaliyotda bu mashqlar orqali chidamlilik va egiluvchanlik xam ko‘makchi jismoniy sifat tarzida rivojlanishini guvoximiz. Umuman, chaqqon-likni rivojlantirish uchun ko‘proq o‘yinlardan: voleybol, basketbol, futbol, tennis, stol tennisi, gandbol, xokkey, regbi va boshqalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Aslida bu o‘yinlar uchun tezlikning axamiyati xam ikkinchi darajali emas. Chaqqonlikni rivojlantirish esa tez o‘zgaruvchan o‘yin sharoi-tiga moslasha bilishni, kuzatuvchanlikni, mo‘ljalga to‘ri olish-ni, qisqa fursat ichida turli murakkab vaziyatda aniq, to‘xtamga kelish, uni xis qilish va o‘z xarakatlarini shu vaziyatga moslay olishdek xayotiy-zaruriy amaliy xarakat malakalarni shakllan-tiradi. Velosiped, xarakatli o‘yinlar xam chaqqonlikni rivoj-lantiradi.
Xar qanday xarakat biror-bir konkrekt xarakat vazifasi deb ataladigan vazifani xal qilishga qaratiladi. Masalan, iloji boricha balandroq sakrash, to‘pni ilib olish, raqibni aldab o‘tish, shtangani ko‘tarish va xokazo. Xarakat vazifasining murakkabligi, bir vaqtda va ketma-ket bajariladigan xarakat-larning uyunligiga bo‘lgan talablar, xarakatlar koordina-siyasini tarbiyalaydi.



    1. Yüklə 453,17 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin