Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 453,17 Kb.
səhifə53/178
tarix26.11.2023
ölçüsü453,17 Kb.
#135727
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   178
jismoniy madaniyat

Yuk (oirlik) ko‘tarish bilan mashqlanish o‘zining universalligi bilan qulay bo‘lib, ular yordamida faqat eng kichik muskullar guruxigagina emas, xatto eng yirik muskullar guruxiga xam taosir etish mumkin. Ularni dozalash oson. Lekin bir qator salbiy xususiyatlari xam mavjud. Oirlik bilan ishlash mashqlarida dastlabki xolat muxim rolp o‘ynaydi. U albatta yukni statik xolda ushlashni talab qiladi. Agarda yukni massasi oir bo‘lsa dastlabki xolatda turish qiyinlashadi. Bu o‘z navbatida xarakatni xal qiluvchi fazasida diqqatni konsentra-siyalashda qiyinchilikni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari axamiyatli massaga ega bo‘lgan snaryadga birdaniga katta tezlik berish qiyin, xoxlaysizmi yo‘qmi xarakatning birinchi qismi (boshlanishi) sekin bajariladi. Xarakat ritmi majburiy astalik bilan ortib boruvchi bo‘ladi. Bu o‘z navbatida lozim bo‘lgan muskullar guruxiga zo‘riqish berishda qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi.
Egilib yana asli xolatga qaytadigan jixozlardagi qarshiliklarni yengish bilan mashqlanish uchun xarkatni oxiriga borib zo‘riqishni ortirilishi xarakterlidir.
O‘z tanasi oirligini yengish bilan bajariladigan mashq-lar odatda gavdaning tayanch apparatlari yordamida bajariladi. Bunda tananing muskul apparati kuch namoyon qilishda yutqazadi, yaoni bir oz tayanish (proksimal)dan yuqori bo‘lmagan kuch sarflaydi xolos. Oqibatda qandaydir xarakatda tananing shaxsiy vazni yoki uning oirligiga teng qarshilikni yengish kerak bo‘lsa bu kuch namoyon qilish nuqtai nazaridan ancha yengil kechadi. Masalan, devorga suyanib kaftga tayanib qo‘lda turishda qo‘llar tirsakda bukib to‘rilanganda o‘z vazni uchun sarflangan kuch shu vazndagi shtangani ko‘tarishdan yengilroq tuyuladi.
Jismoniy sifatlar insonni maolum yoshdan navbatdagi yosh kategoriyasiga o‘tishi bilan tabiiy ravishda o‘zgaradi. Bunday o‘zgarish yosh bilan boliq bo‘lgan rivojlanishlar yoki o‘zgarish-lar deb tushuniladi. Yosh bilan boliq jismoniy sifatlarni rivojlanishi nisbatan sekin va notekis boradi.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirishning asosida orga-nizmning ish qobiliyatini boshlanich darajasini oshirish maqsadida oshirib berilgan yuklamalarga javob bera olishi xususiyati unga javoban reaksiyasi deb tushuniladi. Organizm jismoniy yukga o‘zidagi mavjud zaxiralarini jalb qilish orqali javob beradi. Mashq bajarish davomida energiya resurs-lari sarflanadi, asta-sekinlik bilan charchoq xis qila boshla-nadi. Charchoq xosil bo‘lgan mashulotdan so‘ng ish qobiliyati pasaygan xolda qoladi, so‘ng u asta sekinlik bilan tiklana boshlaydi. Ish qobiliyatini tiklanishi ish boshlangungacha bo‘lgan xolatga yetib uni ortishi davom etaveradi (bu fiziologik qonun), shunday qilib organizm energiya resursini son jixat-dan sarflanganini tiklab ulguradi. Bunday yuqori tiklanishda ish qobiliyatini oshgan fazasi vujudga keladi. Bu faza bir oz vaqt ichida ushlanib turadi va so‘ng dastlabki xolatga pasayadi. Shunday qilib jismoniy mashqlar bilan shuullanish mashu-lotlaridan so‘ng organizmni xolatida uchta fazani kuzatish mumkin: charchash, dastlabki xolat darajasigacha tiklanish, ish qobiliyatini dastlabki darajadan yuqoriroq ortishi.
Agarda keyingi mashulot charchash fazasiga to‘ri kelib qolsa charchoqni ustma-ust to‘planishi sodir bo‘lib u tolishga aylanadi.
Shuullanish organizmning energiya resurslarini tikla-nish fazasiga to‘ri kelsa ish qobiliyati aytarli darajada oshmasligi, ish qobiliyatini yuqori darajadaligiga to‘ri kelsa organizm jismoniy yukga tayyorligi, katta xajmda mashq bajarishni uddalay olishligi amaliyotda va fanda isbotlangan. Shunga ko‘ra trenirovkalar organizmni yuqori ishchanlikka ega bo‘lgan fazalarda o‘tkazilsa shuullanganlik darajasi doim o‘sishi kuzatilmoqda. Masalan, kuch talab qiladigan mashqlar bilan shuullanish mashulotlarining chastotasi qator faktor-larga, xususan shuullanuvchilarning tayyorlanganligiga boliq. Tajribada isbotlanishicha shuullanishni endigina boshlagan-larda mashulotlarni xaftada uch marotaba o‘tkazish, 1, 2 yoki 5 marotabali mashulotlar xam yuqori samara bergan, yuqori malakali sportchilarda esa mashulotlar chastotasi ko‘proq.
Shuullanganlik faqat tizimli mashulotlardagina ortadi va uni to‘xtatish bilan shuullanganlikni keskin pasayishi kuzatiladi. Jismoniy tarbiya jarayonida tanaffuslarga yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki mashulotni ijobiy effekti yo‘qoladi. Ijobiy effekt foni (soyasi) muximdir. Zararli o‘zgarishlar tanaffusning 5-7 kunlaridayoq keskin namoyon bo‘ladi. Muskul kuchi ozayadi, xarakat tezligi susayadi, chidamlilik yomonlashadi.
Jismioniy tarbiya jarayonining jismoniy sifatlarni rivojlantirishning uzluksizligi jismoniy kamolotga erishish uchun optimal sharoit yaratadi. Nagruzkani intensivligi va xajmi, dam olish bilan shuullanishni (nagruzkani) to‘ri navbatlashuvini tizimliligi bo‘zilishi, juda xam yuqori yoki past yuklama tanlash, mashulotlardan kutilgan natijaga olib kelmasligiga sabab bo‘lishi mumkin va u amalda isbotlangan.



  1. Yüklə 453,17 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin