Xarakatlarni uddalay olish qobiliyati va xarakat malakasi
Jismoniy tarbiyaga xos bo‘lgan ko‘p qirrali vazifa-larning barchasi xarakatni bajara olish (qila olish) va xarakat malakasining shakllanishiga boliqdir. Bu jarayonga xos qonu-niyatlarni bilish xarakat faoliyatlarini o‘qitishning barcha etaplaridagi mazmunni to‘ri va ratsional bo‘lishini, xarakat faoliyatlarini egalashdagi notekisliklarga barxam beradi va taolim variatsiyasini yo‘lga qo‘yish uchun imkoniyat yaratadi, darslar tizimini nisbatan talab darajasida tuzish, tayyorlov va yo‘llanma beruvchi mashqlardan samarali foydalanib malakaning ijobiy va salbiy ko‘chishini taominlaydi.
Taolim jarayonida xarakat faoliyatlarini rivojlanti-rish. Xarakat faoliyatlarini o‘qitish jarayonida tananing u yoki bu qismi (bo‘lagi)da xarakatni boshqarishning xarakteri o‘zgaradi, natijada xarakat faoliyatini egallashning darajasi ortadi. B.A. Ashmarin bu jarayonni quyidagicha ifodalagan:
8.1.1-jadval
Xarakat faoliyatini o‘qitish
Xarakatni qila bilishni
Xarakat malakasini
Oliy tartibda xarakat
Maxsus bilimlarga ega bo‘lish
O‘quvchi (shuullanuvchi) maxsus bilimlar bazasida va tizimli mashqlar natijasida xarakat faoliyatini bajarish uchun belgilangan imkoniyatlar chegarasiga yetadi, takomillash-tirish uchun esa chegarasiz imkoniyatlarga ega bo‘ladi (oliy tartibda xarakat qila bilish). Xarakat faoliyatini egallash-ning uch bosqichga bo‘linishi shartlidir. Bosqichlarning stabil chegaralarini mavjudligi bilim berish vazafalarini belgilash va uni xal qilish uchun qulaydir.
Eski tajribalar, bilimlarga tayanib qila bilish (qila olish)ning shakllanishi xarakat faoliyatini egallash jarayo- nidan boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: |