Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 453,17 Kb.
səhifə8/178
tarix26.11.2023
ölçüsü453,17 Kb.
#135727
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   178
jismoniy madaniyat

Jismoniy tayyorgarlik. Jismoniy tarbiyada uchta asosiy yo‘nalish mavjud bo‘lib, inson jismoniy tarbiyasi ana o‘sha ramkalar asosida amalga oshiriladi. Ular umumiy jismoniy tayyorgarlik, kasb-xunar jismoniy tayyorgarligi, sport tayyor-garligidir.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik soliqni mustaxkamlashga, keng doirada xarakat malakalari va ko‘nikmalariga ega bo‘li-shiga, o‘zidan keyingi maxsus tayyorgarlikka zamin bo‘lishi uchun xizmat qiladigan asosiy xarakat sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik maqsadida jismoniy tarbiyaning barcha turdagi vositalaridan, xilma-xil jismoniy mashqlardan, tabiatning solomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillardan foydalaniladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiyaning barcha etaplarida ko‘proq maktab jismo-niy tarbiya tizimida, ommaviy fizkultura ishlarida va jismo-niy mashqlar bilan individual shuullanish shakllari orqali amalga oshiriladi.
Kasb-xunar jismoniy tayyorgarligi – bu jismoniy tar-biyaning mutaxassislashtirilgan, aniq mexnat turi va mudofaa faoliyatiga tayyorlashga yo‘naltirilgan jarayondir. Bunda asosan, jismoniy mashqlarning xunar yoki kasbga yaqin bo‘lgan turla-ridan foydalaniladi. Kasbga yo‘naltirilgan jismoniy tayyor-garlik vositalarining qo‘llanishi mexnat xarakat malakala-rining shakllanishini egallash jarayonini tezlashtiradi, mexnat unumdorligini oshiradi, organizmning, tashqi muxit taosirining zararli faktorlariga qashilik ko‘rsatishini yaxshilaydi.
Umumiy va kasb jismoniy tayyorgarligi deb ajratish maolum darajada shartli bo‘lib, ikkala yo‘nalishi xam bir- birini to‘ldiradi.
Sport tayyorgarligi jismoniy tarbiyada maxsus yo‘na-lishni ifoda etadi. Buning vazifasi insonni tanlab olingan biror sport turida yuqori natijalarga erishishni taomin-lashdir.
Jismoniy tarbiyada sport tayyorgarligi, organizmning funksional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan boliq bo‘lgan, yuqori sport natijasi kishilarning jismoniy tayyor-garligini baxolash kriteriyasiga aylanadi va jismoniy tarbiyaga mo‘ljal sifatida juda keng qo‘lamda qo‘llaniladi.
Jismoniy madaniyat – jamiyat aozolari jismoniy kamo-lotga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, metodlar va sharoitlarni yaratish va ulardan ratsional foydalanish bo‘yicha erishilgan yutuqlarning majmuasidir.
Jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi, uning yuksalishi jamiyat rivojlanishining sotsial, iqtisodiy o‘sishi darajasiga uzviy boliq bo‘ladi.
Jismoniy madaniyat muayyan tarixiy sharoit maxsuli. Xar bir ijtimoy-iqtisodiy formatsiya jamiyat aozolari jismining madaniyati xarakterli bo‘lib bu jamiyat taraqqiyo-tining muayyan davridagi butun bir xalq boyligi, mulki bo‘lib shaxsning xar taraflama barkamolligining mushtarak va maj-buriy sharti bo‘lib qolaveradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari ichida jismoniy madaniyat (fizkulptura) keng, jamlovchi tushuncha bo‘lib, jismoniy tarbiya «fizkulptura» tushunchasining tarkibiy qismi sifatida uch xil yo‘nalishga ega bo‘lgan pedagogik jarayonni o‘z ichiga oladi (B.A. Ashmarin).
Maktab fizkulpturasi – bolalarni jismonan tayyorlash uchun kishilik jamiyati yaratgan va foydalanayotgan moddiy, maonaviy boyliklari majmuidir.
Moddiy boyliklar xilma-xil sport inshoatlari, maxsus anjomlar, uskunalar, mablalar, jamiyat aozolarining jismo-niy kamoloti darajasi (sport yutuqlari) demakdir.
Maonaviy boylik esa tarbiya tizimi yaratgan, shakl-lantirgan oyaviy, ilmiy, tashkiliy, amaliy va maxsus ilmiy yutuqlar xisoblanadi. Jismoniy tarbiya orqali xar qanday inson o‘ziga munosib jismoniy madaniyat mazmunini o‘zlash-tiradi, shu soxa yutui uning shaxsi mulkiga (boyligiga) aylanadi.
Jismoniy madaniyat jamiyatning rivojlanishida maolum xizmatlarni bajaradi:

  • inson xarakat faoliyatini ratsional meoyori (norma-lari)ni belgilash;

  • fizkulpturaga oid madaniy axborotni to‘plash (axboriy-lik) xizmati va uni avloddan avlodga uzatish va tarqatishga vositachilik qiladi;

  • shaxslararo muloqot, o‘zaro aloqa (kommunikativlik) munosabatlarini shakllantirishi;

  • shaxsning xarakat estetikasi talabini qondirish bilan boliq (estetikaga oid) xizmati;

  • insonning doimiy xarakat qilishga bo‘lgan tabiiy talabini qondirish bilan boliq bo‘lgan va uning kundalik turmush uchun lozim darajadagi jisman-yaroqlilik xolatini taominlash (biologik) xizmati.

Jismoniy madaniyatni baza sifatidagi xizmati sport, amaliy solomlashtirish deb atalmish jismoniy madaniyat klassifikatsiyasining asosida yotadi.
Jamiyat aozosining jismoniy bilimi, jisman rivoj-langanligi, jismoniy tayyorgarligi evaziga aktiv xayotiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan jismoniy kamolotga erishishni zaminini yoki jismoniy madaniyatning poydevorini yaratadi. Shuullanuvchilarning yoshiga qarab jisman rivojlanganlik, tayyorgarlik, o‘zgaruvchan va o‘ziga xos xususiyatlarni kasb etadi.
Jismoniy madaniyatning boshlanich zamini shartli ravishda «maktabgacha va maktabning jismoniy madaniyati» orqali yaratiladi. Bu bilan maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida umumtaolim maktablari va boshqa o‘quv tarbiya muassasalarida jismoniy madaniyat o‘quv predmeti sifatida majburiy mashulot ekanligini tushunamiz. Bu o‘z navbatida umumiy jismoniy maolumot uchun asos yaratadi, jismoniy qobi-liyatlarining xar tomonlama rivojlanishi, mustaxkam solik-ning bazasining vujudga kelishiga sababchi bo‘ladi. Bu bilan xar tomonlama shaxs uchun zarur bo‘lgan jismoniy saloxiyat daraja-sining asosini yaratishga kafolat vujudga keladi.

Yüklə 453,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin