Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Quyidagilarni o‘yin usuliyatning xarakterli belgilari deb qarash mumkin



Yüklə 453,17 Kb.
səhifə98/178
tarix26.11.2023
ölçüsü453,17 Kb.
#135727
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   178
jismoniy madaniyat

Quyidagilarni o‘yin usuliyatning xarakterli belgilari deb qarash mumkin:


  1. O‘yin xolatida raqiblik va emotsionallik element-larini aniq ifodalash. O‘yin usuliyati insonlar orasidagi eng qiyin munosabatlarni yuzaga chiqarishi imkonini beradi. Xatto yugurish musobaqasi sharoitida qatnashuvchilar orasida shuncha-lar ko‘p qirrali xolatlar vujudga keladiki, lekin u ikki o‘yinchi o‘rtasidagi paydo bo‘lgan xolatlardan ancha oz bo‘ladi. Shu bilan boliq xolda o‘yin usuliyati o‘yinchilar orasidagi munosabatlarni katoiyan reglamentlashtirishni talab qiladi.

  2. Xarakat faoliyatini bajarish davomida sharoitning o‘zgaruvchanligi. Buning natijasida o‘yinchilar paydo bo‘ladigan vazifalarni xal qilishning turli-tuman usullariga ega bo‘li-shi, ularda shakllangan malakalar o‘zgaruvchan sharoitda mosla-nuvchanligi va egiluvchanligi bilan ajralib turishi lozim.

  3. Xarakat faoliyatidagi ijodiy tashabbuslarga yuqori talablar qo‘yish. O‘yin xolatining o‘zgaruvchanligi jismoniy mashqlarning natija beradiganlarini tanlashni va mustaqil-likni faolroq namoyon qilish talabini qo‘yadi.

  4. Xarakat faoliyati va nagruzka xarakterida qatoiy reglamentlashtirishning yo‘qligi. O‘quvchilar maxsus yoki shartli (soddalashtirilgan, murakkablashtirilgan) qoidalar chegarasida paydo bo‘lgan xarakat faoliyati vazifalarini xal qilish uchun o‘zlari samarali xisoblagan xarakat faoliyatlaridan foydala-nishlari mumkin. Bunda o‘quvchiga tushayotgan nagruzka to‘laligicha uning o‘yinda bajarayotgan funksiyasi, faolroq bajarv olishi va oldindan belgilangan sharoiti (o‘yindan foydalanish usuliyat)ning davomiyligiga, o‘yinchilar soni, o‘yin mazmuni va boshqalarga boliq. Yangi xarakat faoliyatlarini o‘rganish uchun o‘yin usuliyatidan foydalanilsa, reglamentlashtirishning dara-jasi oshadi. Masalan, o‘yin metodi bilan qanatga uch usul bilan tirmashib chiqishning biror-bir elementini o‘rganayotgan bo‘l-sak, osilib turganda oyoqlarni tizzadan bukib oldinga yiish (ko‘tarish)ni o‘rgatishni, o‘yin tarzida chuqurlik ustidan osilib turgan kanatda uchib o‘tish o‘yinini qo‘llash bilan o‘rgatish mumkin.

  5. O‘yin faoliyati vazifalari bilan muvofiq xarakat faoliyatlari va sifatlarining kompleks namoyon qilinishi. Jismoniy tarbiyada o‘yinlar qandaydir maxsus xarakatlar yiindisidan iborat emas. Qoidadagi kabi ularda o‘z shaklinig tabiiyligi bilan ajralib turadigan xarakat faoliyatlari uchraydi (yugurish, sakrash va x.k.). Aytarli ko‘pchilik o‘yinlarda o‘yinchilar alabaga erishish uchun bir necha xarakat faoliyatidan, qolaversa, turlicha aralash shakldagi faoliyatlardan foydala-nadilar. Bularing barchasi o‘yinchilar organizmiga kompleksli taosirni taominlaydi.

  6. O‘yinchilarning o‘zaro munosabalarini biror predmet (masalan, to‘p, bayroqlar va boshqalar) orqali amalga oshirish.

Mazmuni va tasnifining boyligiga ko‘ra o‘yin usuliyati xarakat malakalari va xarakat sifatlarini kompleksli rivoj-lantirish, xarakat koordinatsiyasini takomillashtirish uchun, birdaniga, yo‘l-yo‘lakay paydo bo‘lgan vazifalarni yecha olish, qisqa fursatda lozim bo‘lgan ish tempiga kira olish imko-niyatlarini vujudga keltira olishini axamiyati katta. Bu usuliyat orqali taolimning samaradorligini aniqlash va umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish uchun vosita sifatida foydalanish xam mumkin. O‘yindan to‘ri foydalanish asosida kollektivizm ruxi, faollik, tashabbuskorlik, qo‘rqmas-lik (botirlik), katoiyyatlilik va ongli intizomni tarbiyalash puxtalik bilan amalga oshiriladi va uning natijasi taolim jarayonida yaqqol namoyon bo‘lishi amaliyotda isbotlangan. O‘yin usuliyatining salbiy tomoni xam mavjud. Taolim jarayonida undan yangi, ayniqsa, qiyin xarakat texnikasiga ega bo‘lgan faoliyat malakasini shakllantirishda foydalanishning Samara-dorligi pastroq bo‘ladi.

Yüklə 453,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin