Jismoniy tarbiya darsiga quyidagi talabalar qo‘yiladi:
jismoniy tarbiya darslari muayyan umumiy va xususiy vazifalarga ega bo‘lishi; umumiy vazifalar barcha dars yoki darslar turkumi jarayonida, xususiy vazifalar esa aloxida olingan bir dars mobaynida xal qilinishi; dars usuliy tomondan va tarbiyaviy jixatdan to‘ri tashkil qilinishi; oldingi o‘qitilgan materiallarni mashulotlarda izchil davom ettirish va ayni paytda ular yaxlit tugallangan, muayyan darajada bo‘lusi darsning vazifasi va mazmuni bilan bola- nishi; o‘quvchilarning tarkibi, ularning yoshi, jinsi, jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi xar tomonlama jis- moniy rivojlanish, solikni mustaxkamlash, qaddi qomatni shakllantirishdek tarbiyalash uchun yordam beruvchi mashqlar va o‘yinlarni to‘ri tanlash; darsni o‘quvchilar uchun qiziqarliligi ularni xarakat faoliyatga daovat ettishi; jismoniy tarbiya darsi o‘quv kuni tarkibidagi boshqa darslar bilan muvofiq, uzviy olib borilishidek talablar jismoniy tarbiya darsining asosiy talablaridir.
Jismoniy tarbiya darsining pedagogik vazifalariga ko‘ra klassifikatsiyasi
Jismoniy tarbiya darslari uni tashkillash xarakteriga ko‘ra, darsdagi tarbiya yoki taolimning yo‘nalishiga ko‘ra, darsga qo‘yilgan pedagogik vazifalariga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Biz darsning pedagogik vazifalariga ko‘ra klassifikatsiyasiga to‘xtalishni lozim topdik. Ular: «Kirish», «Yangi materialni o‘zlashtirish», «Aralash»,
«Mustaxkamlash va takomillashtirish», «Yakuniy darslar» deb xillanadi.
Kirishdarslario‘quv yilining, o‘quv choraklarining birinchi, shuningdek, o‘quv choragi uchun rejalashtirilgan dasturning yangi bo‘limi yoki mavzularini boshlanishidagi darslar. Bunday darslar o‘zining mazmuni va tuzilishiga ko‘ra, anoanaviy darslardan biroz farqlanadi. Ular maoruza, suxbat, o‘zaro muloqat tarzida tashkillanishi mumkin. O‘qituvchi o‘quv-chilarga o‘quv yili, o‘quv choraklari uchun jismoniy tarbiyadan Davlat standarti dasturi bo‘limlari bo‘yicha xal qilinadigan umumiy vazifalar, xar bir o‘quvchining individual xususiyat-larini xisobga olgan xolda vazifalar va ularning mazmuni bilan o‘quvchilarni tanishtiradi, lozim bo‘lgan talablarni qo‘yadi. Kirish darslari yangi o‘quv materialini tanishtirish vazifasini xam xal qilishi mumkin.
Kirish darslari o‘zini tuzilishiga ko‘ra xillanishidan tashqari quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: 1. O‘quvchilar diqqatini yiish. 2. Yil uchun o‘quv ishlarini vazifalari va mazmuni bilan tanishtirish. 3. Sinf fizkulptura tashkilot-chisini saylash. 4. Uyga vazifa.
Kirish darslarining qayd qilingan elementlari turli xil yoshdagi o‘quvchilar bilan turlicha tashkillanadi.