Tadqiqotchi qo‘llayotgan bu usuliyatning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o‘zi tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Xayotdagi kuzatishdan farqli o‘laroq, bu usuliyat kuzatish predmetini aniq o‘rganadi, kuzatilayotgan va undan aniqlangan dalillarni tezlik bilan xisobga oladigan tizimni ishlab chiqishi va uni izlanishda qo‘llashi oson kechadi. Maxsus bayoennomalar, yozuvdagi shartli ifodalagichlar va tadqiqotni osonlashtiradi. Barcha ilmiy kuzatishlar natijasi kuzatuvchi-ning shaxsiy qobiliyatigagina boliq bo‘lmasligi lozim, chunki o‘rganilayotgan dalillar, ularni natijalari ko‘pchilikda turlicha fikr xosil bo‘lishiga olib keladi. Bu usuliyatning qulay tomoni shundaki, bir vaqtni o‘zida bir necha kuzatuvchi bir oboektni kuzatishi va natijalarni solishtiriladi. Bunda ayrim apparatlar o‘sha xarakatning bajarilishini qayta takrorlashi yoki tadqiqot o‘lchoviga qarab uni foto, kinospyomka, video, magnit tasmasi yozuvi va boshqalar) orqali kuzatish lozim bo‘lgan xulosalarni qiladi. Bunday xulosalar oboektiv bo‘ladi. Uni ijrosidagi kamchiliklar yoki yangiliklarni takroriy ko‘rish imkoni bor. Lekin qator sport turlari, xarakat faoliyati va xarakat aktini baxolashda baxslar, munozaralar qilishga to‘ri keladi. Xulosalar suboektiv bo‘lib yakuniy xulosa natijasiga salbiy taosir qilish xollari xam uchraydi.
Xozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi xarakatlarni ijrosi bajarilishidagi ayrim dalillar va ular xaqidagi xulosalarda noaniqlikga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Masalan, badiiy gimnastika, akrobatika, suvga sakrash, figurali uchish va boshqalarda xarakatni ifodalanishi bayoni faqat ko‘z bilan baxolanadi. Qator xakamlarning xar qaysisi o‘z fikrini o‘zicha bayon qiladi, umumiy xulosa shunga qarab chiqariladi. Bunday kuzatish usuliyati tadqiqotchi yoki kuzatuvchida o‘ta kuchli saloxiyatni talab qiladi.
Keng tarqalgan, aniq xisobga olish usuliyatlaridan biri xronometrlashdir. «Xrono»-vaqt, «metr» ulchov demakdir. Bunda xarakatni bajarish uchun sarflangan vaqtga qarab natija taxlil qilinadi. Masalan, 800 metrga yugurishda xar bir 100 metr uchun sarf bo‘lgan vaqt yoki darsni, trenirovka mashulotining boshidan oxirigacha zichlikni aniqlash maqsadida xronometrlash mashulotning asosiy vaqtini samarasiga baxo berish uchun foydalaniladi.