Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Jismoniy mashqlarni tarixiy klassifikatsiyasi



Yüklə 453,17 Kb.
səhifə29/178
tarix26.11.2023
ölçüsü453,17 Kb.
#135727
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   178
jismoniy madaniyat

Jismoniy mashqlarni tarixiy klassifikatsiyasi


Tarixan jismoniy mashqlar o‘yinlar tarzidagi, gimnas-tika ko‘rinishidagi, sport va turizm mashqlariga turkumlangan edi.
O‘yinlar, gimnastika, sport, turizm jismoniy tarbiya tizimining asosiy omillari sifatida tan olinib kelingan va xozirgi kunda xam mashqlar klassifikatsiyasi tarkibida o‘z axamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ko‘pchilik olimlarning fikriga qarama-qarshi ularoq, xar doim o‘zgarishda. Tarixiy qabul qilingan jismoniy mashqlar turkumi davr o‘tishi bilan o‘z o‘rnini o‘zidan progressiv bo‘lganlarga bo‘shatib bermoqda yoki o‘sha mashqlar rivojlanmoqda, takomillashtirilmoqda. Jismo-niy tarbiya jarayonida ularning asosiy omilligi tarbiya tizimlarida ilmiy asoslangan. Demak, o‘yin, gimnastika, sport, turizm tarkibiga kirgan jismoniy mashqlar turkumi deyish bizda ayrim xollarda noto‘ri fikr tudirishi mumkin. Chunki, sport turkumiga kirgan yugurish, yurish, sakrashlar jismoniy mashq sifatida o‘yinlarda, gimnastika tarkibida, turizm mashq-lari tarzida xam uchrashi mumkin. Mashqlar bir-biri bilan o‘zaro uzviy boliq xolda foydalaniladi.
O‘yin atamasi xilma-xil faoliyatni ifodalaydi. Tabiat o‘yini, kuch o‘yini va boshqalar. Madaniyat soxasi bo‘yicha esa, aktyor o‘yini, olimpiada o‘yinlari yoki sport o‘yini, bularning xammasi xilma-xil maono beradi. O‘yin tarixiy to‘plangan ijtimoiy xodisa sifatida faoliyatning ayrim turi xisob-lanadi. O‘zining xayotiy axamiyati orqaligina jamiyatda o‘ziga qiziqish uyotadi va ayrim odamlarni o‘ziga tortadi.
O‘yin faoliyatida odam o‘zini o‘rab olgan muxit bilan o‘zgacha aloqada, bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatda bo‘ladi va xam jismoniy xam aqliy qobiliyatini mashq (trenirovka) qildiradi. Mexnatdan farqli o‘laroq, o‘yin paytida moddiy neomat yaratilmaydi. O‘z xayoti uchun tabiat inoomlaridan bevosita foydalanmaydi. O‘yin sharoitida xilma- xil xarkatni tanlash imkoniyati bor. Bu esa o‘ynovchining o‘z xis-xayajonini, ijodiy qobiliyatini, faolligini xamda tashabbusini ishga solishga majbur qiladi.
Xozirgi kunda o‘yinchilar soniga qarab yakkama-yakka jamoa bo‘lib, ko‘pchilik (omma bilan) o‘ynaydigan o‘yinlar mavjud. Bu esa pedagogika va xayotda xarakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari sifatida tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Xarkatli o‘yinlar jismoniy tarbiya vositasi sifatida jamoali, jamoaga uyushmay, o‘zining maolum sport maydoniga, standart qoidasiga ega bo‘lmagan, qiyin jismoniy mashqlarning ayrim elementlarini o‘z ichiga olgan xarakatlar tarzidaUlar asta-sekinlik bilan qiyinlashtirilib bir shaklga kirgizilib, sport o‘yinlariga aylandi. Demak, sport o‘yini xam xarakatli o‘yindir.
Sport o‘yinlari jismoniy tarbiya vositasi sifatida o‘zining katoiy o‘yin qoidalari va talablariga, sport maydoni jixozlariga ega. O‘yin paytida vazifalarni bir individ xal qilmay, jamoa xal qiladi. Bu o‘yinlar bo‘yicha muntazam musobaqalar uyushtiriladi. O‘yinchilarga daraja (razryad) va unvonlar beriladi. Sport o‘yinlari muntazam o‘sishda va rivojlanishda (texnikasi va taktikasini rivojlanishi uning samaradorligini kuchaytiradi). Jamoa bo‘lib o‘ynaydigan xarakatli o‘yinlar uch turga bo‘linadi: a) o‘yinchilarni jamoa-larga ajratmay o‘ynaydigan o‘yinlar; b) jamoali o‘yinga aylanib ketadigan o‘yinlar; v) jamoalarga bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar (barcha sport o‘yinlari kiradi):
Keyinchalik esa o‘yin o‘yinchilarning o‘zaro faoliyati shakliga ko‘ra (komandali o‘ynaladigan o‘yinlar) quyidagilarga bo‘linadi:

    1. o‘yin paytida raqib komanda o‘yinchilari tanasi, uning qismlari bir-biriga tegmay o‘ynaladigan o‘yinlar - voleybol, gorodki, badminton, stol tennisi, shaxmat-shashka va x.k.

    2. raqib o‘yinchilari bir-biriga tegishi bilan o‘ynala-digan o‘yinlar: futbol, basketbol, regbi, xokkey, maysa ustidagi rus laptasi va boshqalar.

Tarixan mavjud jismoniy tarbiya tizimlari o‘yinning shu tomonlarni xisobga olib, jamiyat aozolari xar tomonlama jismonan garmonik tarbiyalashning asosiy omillaridan biri deb tan olganlar va tarbiya jarayonida undan foydalanganlar.

Yüklə 453,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin