Malakashakllanishningasta-sekinligivanotekisligi.Xarakat malakasi asta-sekin nisbatan uzoqroq vaqt ichida, qator mayda yangilanishlar orqali vujudga keladi.
Malakaning notekis shakllanishining to‘rt turi mavjud:
Malakaning“salbiytezlik”bilanshakllanishi. Taolimning birlamchi etapida xarakat faoliyatini o‘zlashtirish ancha tez amalga oshadi, keyinchalik uning sifatini yaxshilash nisbatan sust boradi. Bu yo‘sindagi malakani shakllanishi xarakat faoliyati texnikasi egallash uchun xarakterli. O‘quv-chilarning xarakat faoliyatlarini asosi oson o‘zlashtiradi, chunki maktab jismoniy tarbiya dasturiga oson xarakatlar kiritilgan, uning detallarini o‘zlashtirish esa nisbatan uzoq davom etadi.
Malakani“ijobiyvazudlik”bilanshakllanishi. Bu shuni ifodalaydiki taolimning birinchi etaplarida malaka-ning sifatini o‘sishi axamiyatli darajada bo‘lmaydi. So‘ng u keskin o‘sadi. Malakaning shu ko‘rinishidagi shakllanishi nisbatan qiyin xarakat faoliyatini o‘qitish uchun xarakterli, maolum vaqt o‘tishi bilan tashqaridan sezilmay to‘planaetgan sifat o‘zgarishlari to‘plami, o‘zining xarakat faoliyatini yuqori darajada o‘zlashtirilganligi ko‘rinishida namayon qiladi.
Malakaningrivojlanishinisekinlashuvi. Malaka belgilangan maxorat darajasiga yetganda, ikkala ko‘rinishdagi tezlik bilan malakani shakllanishi sodir bo‘lishi mumkin. Malaka qanchalar takomillashmagan bo‘lsa, o‘z navbatida, uni yanada yaxshilash uchun shunchalar katta pedagogik maxorat va kuch talab qiladi.
Malakarivojlanishiningushlanishi(«plato»). Ushla-nish ikki sabab orqali vujudga kelishi mumkin:
vaqt o‘tishi bilan malakaning sifat o‘zgarishlariga olib keluvchi organizmdagi sezilmas darajada borayotgan moslashuv jarayonining borishi;
taolimning usuliyatini noto‘riligi yoki xarakat sifat-larini yetarli darajada rivojlanmaganligi orqali kelib chiqadigan sabablar.
Agarda malakani ushlanishining sababi to‘ri aniqlansa, uni yengish ushlanishini tezroq o‘tishi uchun birinchi sabab vaqt, ikkinchi sabab o‘qitishning vosita va metodlari bo‘lib, lozim bo‘lsa ularni keskin o‘zgartirish kerak bo‘ladi.