Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish (progressivlashtirish) prinsipi



Yüklə 453,17 Kb.
səhifə82/178
tarix26.11.2023
ölçüsü453,17 Kb.
#135727
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   178
jismoniy madaniyat

Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish (progressivlashtirish) prinsipi


Jismoniy tarbiya jarayonining ushbu prinsipi mashu-lotlarda shuullanuvchilarga qo‘yilayotgan talablarning umumiy tendensiyasini ifodalab, yangi, qiyin vazifalarni tanlash, qo‘llash, bajarishni, asta-sekinlik bilan unga boliq bo‘lgan nagruzkalarning xajmi va intensivligini oshirishni meoyoriga eotiborni o‘z ichiga oladi.

Nagruzkalarning oshirishning umumiy tendensiyasi bilan vazifalarni yangilash zaruriyatining doyimiyligi.


Jismoniy tarbiya jarayoni, mashulotdan-mashulotga, bir etapdan-boshqa etapga uzluksiz o‘zgarib boradi.
Xarakterli belgilari: mashqlar murakkabligini, ular taosirini darajasi davomiyligining o‘zgaruvchanligidir.
Jismoniy tarbiya jarayonida xarakat faoliyatlarining bir shakldan ikkinchi shakliga aylanishi aytarli darajada qiyin bo‘lib, birinchi navbatda maolumot berish vazifalarini xal qilishdek zaruriyat bor. Tabiyki, mashqni yangilamay turib, xayot uchun axamiyati zaruriy xarakat malakalari va ko‘nikma-larini yuzaga keltirish qiyin. Bu keyinchalik takomillash-tirishning shartiga xam aylanishi mumkin, chunki mashq qancha yangilansa, xarakat malakasi va bajara bilish zaxirasi shuncha kengayadi, shu sababli xarakat faoliyatlarini yangi shaklini o‘zlashtirish, egallash, oldin egallangan malaka va ko‘nikma-larni takomillashtirish osonlashadi. Yana xam axamiyatlisi, turli xil xarakat koordinatsiyalarini o‘zlashtirish jarayoni natijasida sodir bo‘ladigan qiyinchiliklarni yengish (xarakat vazifalari)ni xal qilishda, o‘z-o‘zidan mashqlarni koordina-siyalash qobiliyati rivojlanadi va ularni takomillashtirish-ning bepoyon ufqlari ochiladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida xarakat faoliyatlarining shakllarini qiyinlashtirish jismoniy nagruzkaning barcha komponentlarini oshib borishi bilan kuzatiladi. Bu o‘z nav-batida quyidagi jismoniy sifatlar: kuch, tezkorlik, chidam- lilikni rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Jismoniy mashqlar taosiridan organizmda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar darajasi (maolum darajadagi fiziologik chegarada) nagruzka-larning xajmi va intensivligiga proporsionaldir. Lozim bo‘lgan barcha shartlarga rioya qilinsa, nagruzka meoyoridan, yangi toliqish chegarasi boshlanadigan joydan oshirib yuborilmasa uning meoyori qancha yuqori bo‘lsa, organizmdagi adaptatsiya davri shunchalar axamiyatli va pishiq bo‘ladi; nagruzka qanchalik intensiv, tiklanish va “yuqori tiklanish” jarayoni shunchalik baquvvat bo‘ladi. Bu muskullarning energiya resurslarini tiklanishi misolida tajribada isbotlangan.
Organizmning javob reaksiyasi bir xil nagruzkalarga o‘zgarmas bo‘lib qolavermaydi. Chunki nagruzkaga moslashgan sari undan organizmda sodir bo‘ladigan biologik o‘zgarishlar eski-radi, tashqi ish birligiga sarflangan energiya ozayadi, o‘pka ventilyasiyasi, yurakning minutli urish chastotasi va qon bosimi kamayadi: qon tarkibidagi bioximik va morfologik o‘zgarishlar sezilmas darajaga borib qoladi. Fiziologik nuqtai nazaridan “funksiyani tejamlashtirish” sodir bo‘ladi. Orga-nizm funksional imkoniyatining o‘zgarmas ishlariga moslashi-shining ortishi natijasida shu ishni bajarishda energiya sarflashni iqtisod qilish, qisman zo‘riqish bilan bajarishga olib keladi. Nagruzkalarga biologik moslanishning maonosi anashulardan iboratdir. Bu jismoniy tarbiya jarayonining yetakchi qonuniyatlaridan biridir.
Demak, biologik moslanish sodir bo‘lmasa, organizmdagi o‘zgarish, yaoni xarakat sifatlarning rivojlanishi, o‘sish to‘xtaydi. Bu nagruzkani tizimli o‘zgartirib, uning xajmi va intensivligini oshirib borish talabini qo‘yadi.
Amaliyot bu qonuniyatning jismoniy tarbiya jarayonida ruxiy sifatlarni xam tarbiyalashga taoluqli ekanligini ko‘rsa-tadi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishdek ruxiy sifatlar, shu sifatni talab qiluvchi faoliyatlarni bajarish orqali rivojlantiriladi. Ruxiy sifatlarni namoyon qilish darajasi psixologik qiyinchiliklarning o‘lchoviga boliq. Shunga ko‘ra, ruxiy xolatini tarbiyalash maxsus jismoniy yuklamalar va topshiriqlarni asta-sekinlik bilan oshirib borish orqali tarbiyalanadi.

Yüklə 453,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin