Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/185
tarix05.12.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#120451
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   185
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

Mashq uslubiyati juda xilma-xildir. Maktab yoshigacha bolalarda xarakatlar va jismoniy mashqlar 
birvarakayiga xamma uchun umumiy xolda ko‘rsatish va bajarish ko‘proq olinagn jismoniy mashqlar bolaning 
anatomik-fiziologik qobiliya-tiga mos kelsin. Bu yoshda ko‘proq dinamik xarakterdagi mashqlar tanlab olinishi, bir 
yo‘la ko‘plab asosiy muskul guruxlariga, organizmiga fiziologik taosir o‘tkaza oladigan, chaqqonlikni, xarakat 
koordinatsiyasini rivojlantirishga sharoit yaratadigan-lardan foydalanish lozim. Bu talablarga jismoniy mashqlarni 
velosipedda yurish, suzish, xarakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari elementlaridan olingan mashqlar javob beradi. 
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarga statik xarakterdagi jismoniy mashqlar berish tavsiya etilmaydi. Bu 
mashqlar nerv tizimi va muskullarni toldiradi, qon aylanish va nafas olishini buzadi, to‘liq muskul qisqarishini talab 
qiladigan kuch mashqlari muskul va nerv bo‘inlarini ishlarini susayti-radi. Yoshi ulaygan sari jismoniy mashqlar xam 
o‘zgartiriladi va qiyinlashtiriladi. Bolalar yaslisi va bochalarida berilla-digan mashqlar «Maktabgacha yoshdagilar 
jismoniy tarbiyasi dasturi»da (1994) berilgan. 


Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda kattalar yordamida passiv xarakatlar, aktiv xarakat elementlari 
umumjismoniy mashqlar (jixozli va jixozsiz, chalqancha yotish bilan, o‘mbaloq oshish bilan, boshni xar tomonga 
burishlar) emaklashlar, yugurishga tayyorlovchi mashqlar, balandlikka chiqish va eng sodda o‘yinlardan foydalaniladi. 
Bu yoshdagilar dasturida asosiy o‘rinni uqalash (masaj) egallaydi. Uqalashga oid material «Sestra vospitatelnitsa 
detskix yasley i mladshey grupp yasley sadov» degan kitobchada berilgan (1963 y.). 
Bir yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sal qiyinroq bo‘lgan umumjismoniy mashqlar, jismli va jismsiz 
(to‘p, yooch, gimnastika o‘rindii), asosiy xarakatlar (yurish, yugurish, muvozanat saqlash mashqlari, chuqurlikka 
sakrash), saflanish-ning eng oddiy mashqlari (aylana bo‘ylab yurish, bir kolona, sherenga bo‘lib saflanishlar), 
velosipedda yurish, suzishni o‘rganishga tayyorlov mashqlari beriladi. Dasturda bu yoshdagilar uchun kerakli xarakatli 
o‘yinlar va raqs mashqlariga kengroq joy ajratilgan. Olingan o‘yinlar bu yoshdagilar uchun qoidasini soddaligi olibni 
aniqlashni osonligi bilan farqlanadi va asosan turli obrazlar timsolida, taqlid tarzida o‘ynaladi (qushlar xayvonar va 
x.k.). 
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi mashulotlarga o‘rgatiladi, amalda esa uni bolalar faoliyatini 
tashkillashning «frontal» uslubiyati deb aytishadi. Masalan, bajarilishi kerak bo‘lgan mashqni ayrim elementlariga 
ko‘proq eotibor beriladi. Uzoqqa uloqtirishni ko‘rsatayotib oldin dastlabki xolatga, so‘ng qolgan elementlarga eotibor 
beriladi. 
bolalarda kattalarga nisbatan tez va yengil shartli aloqa vujudga keladi, lekin ularni tez-tez qaytarib turilmasa, 
bu shartli aloqa mustaxkam bo‘lmaydi. Xarakat malakasini mustax-kamlash uchun uni ko‘p takrorlayverish, tolishini 
vujudga keltiradi. Shuning uchun qaytarishni xilma-xil variantlarda takrorlash lozim. Mashqni takroriy bajarishlar 
faqat o‘zlash-tirilayotgan material texnikasi xaqida shuullanuvchi mukammal tasavvurga ega bo‘lgandan so‘ngina 
amalga oshiriladi. Xarakat malakalarini mustaxkamlash xar xil sharoitda o‘yin, muso-baqa, turli-xil topshiriqlarni 
bajarish shaklida amalga oshiriladi. «Kim shu mashqni yaxshi bajara oladi», «Kim bayroqchaga tez yugurib borib 
qaytib kela oladi», «To‘pni kim uzoqroqga ota oladi» yoki «Mo‘ljalni ura oladi» kabilar. Jismoniy mashqlarni 
o‘rgatishdagi o‘ziga xoslik o‘qitish uslubiyatlarini o‘zaro munosabatlarda namoyon bo‘ladi. 
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni o‘qitishda taqlid qilish, ko‘rib turgan narsaga, yoki o‘sha narsaga yoki 
oshqasiga, uni teskarisiga, pastga, balandga, orqaga va x.k. deb mo‘ljalga olish, o‘yin usullarini kiritish, o‘qitishni 
emotsionalligini oshiradi. 
Maxsus bilimlarni bu yoshdagilar diafilpmlardan, kino, mashqni tushuntirayoganda eshitayotib, xarakat 
texnikasini, xarakatli o‘yinlar qoidalarini o‘rganishda foydalanadilar va shu bilan bir qatorda shaxsiy va umumiy 
gigienik tushunchalarga ega bo‘lib boradilar. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin