Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Rejalashtirishning texnologiyasi



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/185
tarix05.12.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#120451
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   185
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

Rejalashtirishning texnologiyasi bir necha birin-ketin amalga oshiriladigan operatsiyalar sifatida tasavvur 
qilish mumkin bo‘lgan o‘qituvchining ijodiy yo‘nalishlari oyasini paydo bo‘lishi, uslubiy savollarini yechimiga 
prinsipial yondoshishdan boshlanadi. Bu alomatlar bo‘lajak mutaxassisga talabaga talabalik davridayoq singdiriladi. 
 
14.1. Jismoniy tarbiyadan rejalashtirish xujjatlarining ishlash texnologiyasi 
 
Texnologiya – ishlab chiqarish metodlari va jarayonlarining majmui deb taoriflanadi (S.I.Ojegov, 
N.Yu.Shvedova, 1994). 
Pedagogik texnologiya – o‘quv-tarbiyaviy jarayonini oldindan loyixalashtirilib amaliyotga tizimli va asta-
sekinlik bilan qo‘llash deb tushuniladi. 
Xar qanday o‘quv tarbiyaviy jarayonni ifodalash ayrim pedagogik tizimni ifodalash tarzi deb tasavvur qilinadi. 
Shunga ko‘ra, tabiiyki, pedagogik texnologiya modelp shaklidagi amaliyotga qo‘llaniladigan pedagogik tizimni 
maolum bir loyixasidir. 
Pedagogik texnologiyaning qayta ishlanish imkoniyati va rejalashtirilgan samaradorlikning bir butunligi, uni 
tizimliligi va uni tuzilishiga boliq. Unda bilim berish jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarga 
rejalashtirilgan bilimlarni berish natijalari garantiyasi maqsad qilib qo‘yilgan va unga erishish amalga oshiriladi. 
Pedagogik texnologiya strukturasiga jismoniy tarbiyadan rejalashtirish-ning asosiy xujjatlarini ishlash kiradi, ular: 
1)jismoniy tarbiyadan umumiy ish rejasi; 2)o‘quv-tarbiya jarayonining illik reja jadvali; 3)xar bir dars uchun 
mavzularni taqsimlash reja jadvali (xar bir dars uchun yoki mavzular bo‘yicha) choraklar yoki dasturning bo‘limlari 
bo‘yicha; 4)darsning konspekti-rejasi. Qayd qilingan rejalar mantiqan va mazmunan o‘zaro bir-biri bilan boliq. Xar 
biri navbati bilan nisbatan xususiy xarakterdagi xujjat bo‘lib, oldingisiga muvofiqlashtiriladi. Shunga qaramay xar bir 
xujjatni rejalashtirish tizimida o‘zini axamiyatli o‘rin bo‘lib, aloxida funksiyani bajaradi. 
Xulosa qilganimizda, belgilangan kontigentga mo‘ljallab rejalashtirishning asosiy xujjtalari o‘quv-tarbiya 
jarayonini tashkillash, unga vositalar va o‘qitish metodikasini optimal variantlarini tanlashga xizmat qilishi kerak. 
Jismoniy tarbiya soxasi bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan ishlanadigan rejalashtirish xujjatlari maxsus, davlat 
taolim muassasalari tomonidan tavsiya qilingan.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin