Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Laboratoriya eksperimentida



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/185
tarix05.12.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#120451
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   185
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

Laboratoriya eksperimentida shuullanuvchilar kundalik xayotiy sharoitda amaliyotida kam uchraydigan 
xolatda tajriba o‘tkazadi. Masalan, jismoniy tayyorgarligi teng ikki gurux olinib, ulardan birining mashuloti 
laboratoriyada, ikkinchi-siniki esa oddiy tabiiy sharoitda olib boriladi. Bu tajribaning qulayligi tajribaning laboratoriya 
sharoitida yangitdan takrorlay olish mumkin ekanligidadir. Usuliyatni salbiy tomoni tajriba o‘tkazuvchining tajribada 
aynan ishti-roki bo‘lib, oboektiv bo‘lmagan yakuniy xulosalarga xam olib kelishi mumkin.
5.4. Matematik xisoblash ilmiy tadqiqot uslubiyati 
Keyingi yillarda biologiya va pedagogika fanlarida tadqiqotning matematik xisoblsh usuliyatlaridan keng 
foydala-nilmoqda. 


Xamma voqyealarning, atrofimizni o‘rab olgan xar qanday jarayonlarning ikki tomoni  sifat va miqdor tomoni 
bo‘ladi. Maolumki, matematika voqyelarning abstrakt shakldagi miqdor tomonini o‘rganadi. Shuning uchun xam 
matematik usuliyatlardan foydalanishdan voz kechish tadqiqotchini masalaning faqatgina bir tomonini  sifat 
tomoninigina o‘rganishga, uni to‘la o‘rgana olmaslika maxkum etadi. Bunday yarim-yorti yondashish tadqiq etiladigan 
muammoni aniqlab tadqiqotni boshlanish etapida yo‘l qo‘yilishi mumkin xolos. Ilmiy tadqiqot xali aniqlnmagan 
taqdirdagina mumkin, lekin olib borishda voqyealarning barcha tomonlarini, jumladan miqdor tomonla-rini xam 
tadqiq etish muammosi turadi. 
«Fan matematikadan foydalanishga muyassar bo‘lgandagina takomiliga yetadi»- degan edi Polp Lafarg. 
Shunga ko‘ra jismoniy tarbiya nazariyasining tadqotlarida keyinga yillarda matematika fanlaridan foydalanilmoqda
lekin xozirgi paytda asosan matematik statistika ilmiy tadqiqot jarayoniga muxim axamiyat kasb etmoqda. 
Matematik statistikadan biologiya masalalarini xal etishda o‘ziga xos ravishda qo‘llanilib bometriya yoki 
variatsion statistika orqali amalga oshiriladi.
Tadqiqot natijasida olingan materiallar tadqiqotning son va miqdor jixatlarini mujassamlashtiradi. Raqamlar, 
ko‘rsatkichlarni aniqligi tadqiqotchiga matematik jixatdan to‘ri va aniq fikrlar, muloxazalar chiqarishga, tadqiqot 
jarayoni bo‘yicha taqqoslash, umumlashtirish, aniq xulosalar chiqarishga yordam beradi. 
Agarda suzuvchilar yoxud basketbolchilarning eksperimental va kontrol guruxlarni yiib ularni kuch talab 
qiladigan mashqlar bilan shullanish mashulotlarining samaradorligi tadqiq qilinsa, shuullanuvchilarning jinsi, yoshi, 
sport maxo-rati darajasiga qarab nazariy fikrlarni amaldagi xolati xaqida aniq maolumotlar tayyorlash mumkin. 
Shuning uchun matematika fanining matematik statistikasi jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati xamda qator sport 
fanlarining nazariyasi va usuliyatida ilmiy amaliy masalalarni ijobiy xal qilish, o‘quv tarbiya va sport trenirovkasi 
jarayoni takomil-lashtirishda muxim axamiyat kasb etmoqda.
Ilmiy tadqiqot usuliyatlari doimiy bo‘lmay ular o‘z o‘rinlarini yangi va progressiv tadqiqot uslubiyatlariga 
bo‘shatib beradi. Barcha fanlar qatori jismoniy tarbiya fanining rivoji ko‘p jixatdan ilmiy tadqiqot usuliyatla-rining 
rivojlanganligi natijalariga boliqdir. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin