Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/185
tarix05.12.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#120451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

To‘rtinchi davr – 19 asrning oxiridan ilmiy va o‘quv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va usuliyati 
shakllana boradi. Bu davrning xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyat xayotining boshqa 
jabxa-lariga xam taosir ko‘rsata boshladi. Jismoniy tarbiya soxasi nazariyasi olimlaridan biri Petr Fransevich Lesgaft 
(1837-1909) o‘zining tarix, anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya metodikasiga oid asarlari bilan 
xozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy-amaliy isbotladi. 
Beshinchi davr – rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho‘rolar davlati olimlarining izlanishlari davri bo‘lib, 
fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan xolda o‘sha davrda progressiv xisoblangan usuliyat-
larga tayanib amalga oshirildi. 
Jismoniy tarbiya muammolarini kompleksli xal etishda butun bir olimlar jamoalari, mutaxassislashtirilgan ilmiy 
va o‘quv muassasalari samarali mexnat qildilar. Amaliy mate-riallarning mo‘lligi, yangi qonuniyatlarning ochilishi
dast-labki yagona jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining differensiyalanishiga olib keldi. Yangi maxsus fanlar 
«Jismoniy madaniyatni tashkillash va boshqarish», «Jismoniy mashqlar biomexanikasi», «Sport psixologiyasi», «Sport 
metro-logiyasi», «Sport fiziologiyasi», «Davolash fizkulpturasi», «Jismoniy mashqlar gigienasi», «Valeologiya» va 
boshqalar ajralib chiqdi. Yuqoridagi fanlarning ayrim soxalari jismoniy tarbiya jarayonida bir necha aralash fanlarning 
bilimlaridan keng foydalanish lozimligini ilmiy-amaliy isbotladi. Masalan, bolalarning sport mutaxassisligi muam-
mosi bu faqatgina sport pedagogikasi muammosigina bo‘lib qolmay, ijtimoiy, psixologik, sotsiologik va biologik 
muammolardir. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati kursi pedagogik jarayon muammolarini umumiy psixologiya
pedago-gika, fiziologiya va boshqa fanlarning dalillarsiz to‘la izoxlab, isbotlab olishni isbotladi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin