Malakaning xarakterli belgilari: 1. Xarakat faoliyati tarkibiga kiruvchi aloxida xarakat-larning bajarilishiga unchalar eotibor bermay bajarish.Bunga xarakatni bajarish jarayoni avtomatlashuvining boshlanish xisobiga erishiladi.
2. Xarakatni avtomatlashgan darajada bajarish o‘qitish – natijasi yoki xayotiy tajriba amaliyoti natijasidir.
3. Xarakat faoliyatining avtomatlashgan xolda bajarili-shida ongning yetakchi rolini inkor etib bo‘lmaydi.
Xarakat malakasi shakllanishida faoliyat mazmuni avtomatlashmay ayrim xarakatlarning ijrosi jarayoni, ayrim elementlar tuzilish (masalan: nerv-muskul jarayonlarini koordinatsiya qilish munosabatlari, xarakat va vegetativ komponentlarning o‘zaro aloqasi) avtomatlashadi. 4.O‘quvchining ongi asosan o‘zak komponentlarga, sharo-itning o‘zgarishi xisobiga va xarakat vazifasining ijodiy xal qilinishiga yo‘naltiriladi. Zaruriyatga qarab o‘quvchi, o‘rganuvchi xar bir xarakatning bajarilishini nazorat qilishi mumkin, shuningdek,
ijroga lozim bo‘lgan o‘zgartishlar kiritishi yoki boshqa faoliyatni bajarishga o‘tib ketishi mumkin (masalan: qo‘lda
yoki boshni yerga qo‘yib turishda muvozanatni yo‘qotsa, o‘quvchi «grupperovka» (yiishtirinish) qilib oldinga
«perekat» qilishi mumkin).
5. Xarakat malakasi yuqori turunlikka ega. Bu shuni ko‘rsatadiki, boshqa sharoitda xarakat faoliyati
bajarilishi-ning buzulishiga oz imkoniyat bo‘ladi (masalan: boshqa sport zal, boshqa jixozlar va xokazolar),
o‘quvchilarga odatlanmagan kuza-tuvlarning taosiri (tomashabinlar).
6. Xarakat malakasi uchun xarakatlardagi maolum tizim-ning mavjudligi va o‘ziga xosligi. Bu aloxida
ajratilgan xarakatlarning bir butun xarakat faoliyatiga ortiqcha xarakat-lar ushlanishini yo‘qotish bilan birlashtirishda
ifodalanadi. Xarakatlarning aniqligi ortadi, ularning ritmi takomilla-shadi, bir butun faoliyat ko‘rsatishning vaqti
qisqaradi.
7. Xarakat malakasi shakllanishi analizatorlar funksiya-sini qayta taqsimlash bilan kuzatiladi. Xarakat
analizatori-ning roli ortadi, xarakat nazoratida muskul xissiyoti yetakchi axamiyat kasb etadi. Suzuvchining suvni,
futbolchining to‘pni xis qilishi va boshqalar.