Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Malakani ko‘chishi (o‘tishi)



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/185
tarix05.12.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#120451
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   185
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

Malakani ko‘chishi (o‘tishi). Jismoniy tarbiyaning bilim berish vazifalaridan biri belgilangan xarakat 
malakalari tizimini yaratishdir. Natijada bir vaqtning o‘zida yoki birin ketin bir necha xarakat malakalari shakllanib, 
bir-biriga taosir ko‘rsatishi mumkin. Fiziologiya nuqtai nazaridan malakalarning o‘zaro taosiri aloqalari shunday 
jarayonki, bir vaqtning o‘zida yoki birin ketin koordinatsion strukturalar o‘zgarishi yuzaga kelaveradi. Bir vaqtning 
o‘zida bir necha xarakat faoliyatiga o‘qitish, masalan: darslar seriyasida yoki bitta faoliyatni o‘rgatishda boshqa 
malakalarni xam shaklla-nishi yuz berishi mumkin.
Malakalarning o‘zaro taosiri bir necha xil bo‘ladi: Malakani ijobiy salbiy ko‘chishi (o‘tishi). Ijobiy ko‘chish 
malakalarning o‘zaro shunday munosabatiki, unda oldin xosil bo‘lgan malaka keyingi, yangisini shakllanishiga 
yordam beradi. Jumladan, tennis to‘pini uloqtirish malakasi granata uloq-tirish malakasini o‘zlashtirishni 
osonlashtiradi. Yangi xosil bo‘layotgan malakalar xayotiy tajriba va o‘qitish nati-jasida va avval shakllanganlariga 
tayanadi. Bunda oldingi shakllanganla-rining tuzilishi jixatidan o‘xshash elementlari yangisini shakllantiradi. 
Malakani salbiy ko‘chishi. Oldin shakllangan malaka yangisining shakllanishi jarayonida qiyinchiliklarni 
yuzaga keltiradi. Bu taolim jarayonining cho‘zilishiga sabab bo‘ladi, jismoniy sifatlarning rivojlanishini orqaga suradi. 
Masa-lan, suvga sakrovchidan, gimnastdan sprinter tayyorlash yoki kurashchidan tennischi tayyorlashdek oir jarayonni 
aytib o‘tish mumkin. 
Jismoniy tarbiya dasturlarini ishlashda, o‘quv jarayonini rejalashtirishda, yo‘llanma beruvchi mashqlar tizimini 
tan-lashda malakalarning o‘zaro taosiri munosabatlari xarakterini o‘rganish va xisobga olish jismoniy mashqlarni 


klassifika-siyalashda qo‘l keladi. Bu bilan ijobiy ko‘chishning foydali effektidan iloji boricha samarali foydalanish va 
salbiy ko‘chish elementlaridan ogox bo‘lish malakasi shakllanishi jarayoni osonlashadi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin