JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х
1.3. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining boshqa fanlar bilan boliqligi Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati qator ilmiy fanlar bilan chambarchas boliq. Xar qanday fan faqatgina
o‘zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa to‘laqonli natija bera olmaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va
usuliyati bir necha fanlar qo‘shilishi orqali maxsus pedagogik muammolarni xal qiladigan predmetga aylangan.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlarining fiziologiyasi va jismoniy tarbiya psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport pedagogikasi barcha fanlar bilan uzviy bolangan. Oldingi yagona, bo‘laklarga bo‘linmagan jismoniy tarbiya nazariyasi
va usuliyatidan aloxida pedagogik fanlari ajralib chiqdi, bular qatorida sport pedagogikasi fanlari xam, lekin ularning
so‘nggi rivojida bir-biri bilan o‘zaro uzviy boliqlik namoyon bo‘ldi, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati tomonidan
ishlab chiqilgan umumiy qoidalarga tayanishga to‘ri keldi. Olingan dalillar yangi umumlashtirishlar uchun aniq
material vazifasini o‘tadi. Bu jismoniy tarbiya jarayonidek bir butun pedagogik muxitini o‘z ichiga olgan keng ilmiy
izlanish va o‘qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport soxasi fanlari ajralib chiqa boshlaganligidir:
gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari fanlari va boshqalar. Ammo jismoniy mashqlarning aloxida turlari uchun
kerakli bo‘lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, qaysiki, xamma turlar uchun taosir ko‘rsata oladiganlarigina aloxida
fan bo‘lib ajralmadi va ajralib chiqishi xam mumkin bo‘lmasdi. Ana shuning uchun barcha sport fanlari uchun
umumiy va xususiy qonuniyatlarni ishlab chiqish xozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanining
asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Biologiya fani bilan boliqligi – jismoniy tarbiya vositalarini shuullanuvchilar organizmiga taosiri reaksiya-sini
o‘rganish, jismoniy tarbiya jarayonini samarali boshqa-rishda anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanla-
rining qonuniyatlarini xisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin.
Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanini boshqa fanlar bilan boliqligi bir
tomonlama bo‘lmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy tarbiya xaqidagi fanning rivojlanishi aralash fanlarga taosir etmay
qolishi mumkin emas. Masalan, sport nazariyasi va amaliyoti psixologlar va fiziologlarning bolalar va katta
yoshdagilar organizmining potensial imkoniyatlari degan tasavvuriga aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib keldi.