JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х
Qatoiyyan reglamentlashtirilgan mashq usuliyati xarakat shaklini, nagruzka kattaligini, uning ortishini, dam
olish bilan to‘ri navbatlashuvini va xokazolarni reglament-lashtirish orqali xarakat faoliyatini ko‘p marotabalab baja-
rish bilan xarakterlanadi. Buning natijasida aloxida xarakat-larni tanlab olib, asta-sekinlik bilan ulardan zarur bo‘lgan
xarakat faoliyatini tuzishga imkoniyat yaratiladi.
Xarakat faoliyatini o‘zlashtirishdagi bo‘laklarga (qism-larga) ajratishni to‘la o‘rgatish usuliyati bilan bir birini
to‘ldirishi va turli sharoitga muvofiq, o‘quv vazifalarini aniq belgilab o‘quvchilarning guruxli va individual
xarakteristi-kasiga, taolim etaplari, o‘quv materialining xarakteri va mazmuni, o‘quv vositalarining soni (jixozlar,
snaryadlar va boshqalar)ga qarab qo‘llanilishi kerak. Asosan, bu usuliyatdan jismoniy sifatlarni rivojlantirish
maqsadida foydalani-ladi. Mashq belgilangan vaqt ichida tanlangan xarakat suroati (tempi), ritmi, amplitudasi xarakat
fazalarini o‘zgarishsiz berilgan ketma-ketlikda oldindan tuzilgan dastur asosida bajarishni taqazo qiladi.
Qismlarga (bo‘laklarga) ajratish bilan o‘zlashtirish usuliyati boshlanishida xarakat faoliyatini aloxida
bo‘laklarga ajratib, ularni asta-sekin zarur bo‘lgan umumiylikka birlash-tirishni nazarda tutadi. Bu usuliyatni to‘laqonli
amalga oshirish ko‘p xolda xarakat faoliyatining aloxida bo‘laklarini qismlarga ajrata olish va uni ajratish lozim
emasligini bilishni xamda amalda uni bajara olishni uddalay oladimi-yo‘qmi shunga boliq. Pedagogika amaliyotidagi
qator ilmiy va amaliy izlanishlar xar qanday xarakat faoliyatini tarkib topdirgan bo‘laklarga - qismlarga ajratish
mumkinligini isbotladi. Qismlarga ajratish chegarasi va uning xarakteri taolimning vazifalariga muvofiq xolda,
mashqni bo‘laklay olishni bilishni taqazo etadi. Bir butun tarkibdagi aloxida elementlar orasida belgilangan
munosabatlar o‘rnatiladi. Bir butun bo‘lishni aniqlash faqat uni qismlarga ajratishni ang-lash, bir butun bo‘lish
qonuniyatlarini bilish orqali amalga oshiriladi.
Bo‘laklarga bo‘lish qismlarga ajratib o‘rgatish usuliya-tining xarakterli belgisi xisobdlanadi. U butun bir
xarakat faoliyatini egallashni yengllashtiruvchi boshlanich bir etap xolos, yakuni bo‘lib xarakatni to‘la o‘rganish
tushuniladi. Yakunida o‘quvchilar xarakat faoliyatini boshlanishidan oxiri-gacha bir butun deb qabul qilishlari lozim.
Bu qo‘shilishning ijrosida asosiy va ikkinchi darajali elementlar bo‘lishi mumkin emas, ularning xammasi muximdir.
Barchasi u yoki bu darajada o‘zida umumiy yutuqga poydevor quradi.
Xarakat faoliyatini qismlarga ajratish usullari turli tuman bo‘ladi, lekin ularning xar biri oxirida aniq yo‘llanma
beruvchi mashqlarning vujudga kelishiga olib keladi. O‘zining vazifasiga ko‘ra xamda tabiatiga ko‘ra to‘la bir butun
xara-katning “bo‘laklari-elementlari” bilan prinsipial farqga ega bo‘lmaydi va maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan
bo‘laklarga bo‘lish jarayonining natijasi xisoblanadi.