Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/185
tarix05.12.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#120451
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   185
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

Musobaqa usuliyati musobaqalashish, kuch sinashishning xarakterli belgilarini, o‘zida aks ettirgan jismoniy 
mashqlar bilan shuullanishning o‘quvchilarga stimul beruvchi aloxida shakllaridan biridir. Shuning uchun xar qanday 
jismoniy mashqni musobaqa predmeti qilib, mashulotlarda keng foyda-lanish mumkin. Masalan: jismoniy tarbiya 
darsini boshlani-shidagi o‘quvchilarni saflanishidan tortib to o‘quvchilar zaldan chiqib ketgunlaricha, musobaqa 
usuliyatini qo‘llash va undan foydalanish jismoniy tarbiya taolimi amaliyotida ko‘p uchraydi.
Musobaqa metodining xarakterli belgilari:
1. U yoki bu xarakat faoliyatida faoliyatni vazifaga bo‘ysundirish oldindan belgilanganligi, o‘rnatilgan qoidalar 
bilan muvofiqligi. Bunday vazifalar o‘quvchilar ijodiy aktiv-ligini stimullovchi faktorlardan bo‘lib, ularning 
tayyorgar-ligini baxolash va taqqoslashning o‘lchovidir. 2. Yuqori sport natijasi uchun jismoniy va psixologik 
quvvatni maksimal namoyon qilish. Musobaqalashish usuliyati orqali organizmning funksional imkoniyatlarini to‘la 
ochish uchun sharoitni yarati-lishi. 3. O‘quvchilarning uchun belgilangan nagruzkalarini bosh-qarish 
imkoniyatlarining chegralanganligi. Bu usuliyat o‘quvchi-lardan xarakat faoliyatini bajarish davomida vujudga kelgan 
vazifalarni bajarishda, xal qilishda, o‘ziga xos mustaqillikni talab qiladi. 
Shuningdek, musobaqa usuliyati xarakat faoliyatini takomillashtirishda nisbatan samaralirokdir, lekin ular bir-
lamchi o‘zlashtirishda kutilgan samarani bermasligi mumkin. Musobaqa usuliyati xarakat sifatlarini deyarli yuqori 
darajada rivojlanganligini talab qiladi, ayniqsa ularni kompleksli namoyon qilishda bu usuliyatiga extiyoj o‘ta 
yuqoridir. Musobaqa usuliyati pedagogika nuqtai nazaridan o‘quvchilar alabasi va malubiyatiga turun psixologik 
tayyorgarlikni tarbiyalashga yo‘naltirilishi, shundagina taolim jarayonida u o‘zini oqlaydi, boshqa tomondan esa turli 
sharoitda xar tomonlama jismonan tayyorgarligini to‘la namoyish qilish imkonini beradi xamda uni darajasini oshirish 
vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin